O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.02.2013

UMUMIY OVQATLANISH: SIFAT, NARX VA HAJM

yoki tamaddixonalardagi xizmat sifati va ularga qo‘yiladigan talablar xususida

Inson hayoti ovqatlanish bilan bevosita bogliq. Shuning uchun har bir kishi qanday ovqatlanish kerakligi, eng asosiysi, ozi iste’mol qilayotgan ovqatlarning sifati qanaqaligi va meyoriga etibor berishi zarur.

Bugun biri biridan korkam, muhtasham tamaddixonalar aholiga xizmat korsatib kelmoqda. Ulardagi taomnomalar ham rang-barang. Yevropa taomlaridan tortib, milliy taomlarimizning tur-turigacha muhayyo. Biroq ularning narxi, sifati va hajmida anchagina farq borligi istemolchilarning haqli savol va etiroziga sabab bolmoqda.

Ovqatingiz pulingizga yarashami?

Ozbekiston Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining bergan malumotiga kora, otgan yili Federatsiya va uning hududiy tuzilmalariga kelib tushgan 9523 ta shikoyat va arizalarning 2000 dan ortigi umumiy ovqatlanish va savdo-sotiq sohasiga tegishli bolgan. Ushbu murojaatlarning aksariyatida istemolchilar bazi oshxona, kafe, bar va restoranlarning sanitariya-gigiena qoidalari talablariga tola javob bermasligi, xodimlarning muomala madaniyati pastligi, nazorat-kassa cheklarining berilmasligi, xizmatlar royxati va ularni korsatish shartlariga rioya etilmasligi, tavsiya etiladigan tayyor taomlari porsiyalari va narxlarning aniq korsatilmaganligi yoki ularning mavjud emasligi hamda ovqatlarning hajmiga nisbatan ham etirozlar bildirilgan. Shu bilan birga, ularda xorandalarga oz vaqtida sifatli xizmat korsatish tartib-qoidalariga amal qilinmayotganligi, taomlarning yarim yoki butun porsiyalarida qancha grammdan mahsulot bolishi kerakligi togrisidagi malumotlar yoqligi malum qilingan.

Fargona shahar markazida joylashgan «Tojmahal» restoranida bayram tadbirini hamkasblari bilan nishonlayotgan Adhamjon Umaraliev ofitsiantga qoshimcha ravishda nonga buyurtma beradi. U non assortisi uchun oldindan 3 ming som tolashni talab qiladi. Nonning turli xillaridan kesib tayyorlangan assortining narxi taomnomada 2500 som qilib korsatilgan edi. Lekin etiroz tan olinmadi, buyurtma olib kelinmadi. Istemolchi Fargona shahar Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qongiroq qiladi.

— Tushgan murojaatni organganimizda istemolchining shikoyati orinli ekanligiga guvoh boldik, deydi jamiyat raisi Baxtiyor Eraliev. Bundan tashqari, narxi 2500 somlik non assortisida oq va qora nonlarning har biri 6 ta bolak, yopgan non va baton nonning har biri 5 ta bolak, jami 22 ta non bolagini tashkil qilishi kerak bolsa-da, ular orasida baton noni umuman yoqligi ham aniqlandi. Sababi surishtirilganda, izohlandiki, uni hali pishirib ulgurmagan emish. Shundan song, restoran oshxonasidan keltirilgan namuna sifatidagi non assortisi bilan mehmonlar dasturxoniga qoyilgan non bolaklari solishtirildi. Istemolchilarga berilgan assortidagi nonlar namunadagidan ikki barobar kichik, nihoyatda yupqa kesilganini korib, nima deyishga ham lol qoldik. Ushbu holat yuzasidan malumot mutasaddi idoraga taqdim etildi. Afsuski, hamma fuqaro ham A.Umaralievga oxshab istemolchilik haq-huquqi uchun kurashmaydi. Eng yomoni, kopchilik umumiy ovqatlanish joylaridagi taomlarning hajmiga oid tartib-qoidalarni bilmaydi. Bu esa ularning chontagiga ortiqcha sarf-xarajat bolib tushaveradi. Birgina non assortisining ham narxi, ham soni, ham hajmidan urib qolayotgan muassasa xodimlari boshqa taomlardagi mahsulotlardan ham shu yosinda tejamkorlik qilmayotganiga kim kafolat beradi? Bunday muassasalar kam deysizmi?

Tushlik qilish maqsadida poytaxtimizdagi Fayz kafesiga bordim, deydi Yunusobod tumani 6-mavze, 21-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Mavluda Sotivoldieva. U yerdan porsiyasi 6500 som turadigan palovdan yarim porsiyaga buyurtma berdim. Taom ancha kech keltirilgani yetmaganidek, uning hajmi ham ozligi korinib turardi. Eng yomoni, goshtning noxush hidi dimogimga urildi. Shunday bolsa-da, undan tatib kordim, umuman istemolga yaroqsiz ekani malum boldi. Bu haqda menga xizmat korsatayotgan ofitsiantga aytgandim, u etirozimni tinglagisi ham kelmadi. Shundan song Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qildim.

Ushbu ariza joyida organilganda, haqiqatdan ham istemolchining haqligi va unga korsatilgan xizmatlar sifatsizligi malum boldi. Kafe xodimlariga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi Ozbekiston Respublikasida Chakana savdo qoidalarini hamda Ozbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash togrisidagi qarori talablari tushuntirildi. Shu bilan birga malumot mutasaddi idoralarga taqdim etildi.

Shu orinda Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga muvofiq, inson hayoti va sogligiga ziyon keltiruvchi taomlar, kulinariya mahsulotlari sotish, narxlarni asossiz ravishda oshirish, mahsulotlarni notogri tortish yoki xizmatlar korsatilmasligi, xorandaga kassa cheki, kvitansiya, schyotlar berishdan bosh tortish, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyatini yaratishdan va ularni sifatlisiga almashtirib berish yoki pulini qaytarib berishdan bosh tortish holatlarida savdo-sotiq qoidalari buzilgan hisoblanadi va buning uchun masul shaxslarga javobgarlik belgilab qoyilganini takidlab otmoqchi edik.

Taomlar hajmi va ustama narxi

Xosh, umumiy ovqatlanish muassasalarida taomlarning narxi va hajmiga qoyiladigan talablar mavjudmi? Ulardagi narx-navo qanday shakllantiriladi? Ushbu savollarga aniqlik kiritish maqsadida Ozbekiston Oshpazlar uyushmasiga murojaat etdik.

Umumiy ovqatlanish korxonalari turli kategoriyalarga, yani restoran, kafe, oshxona, choyxona, mehmonxona, toyxona va boshqa shu kabi muassasalarga bolinadi, deydi uyushma raisi Akbar Umarov. Har bir muassasa kategoriyasiga qarab, nomi belgilanadi va shunga qarab istemolchilarga oz xizmatlarini taklif etadi. Qoida boyicha tamaddixonalarga olib kelingan tayyor mahsulotlarning ustiga 50 foizdan 100 foizgacha ustamalar qoyilib, istemolchiga sotilishi mumkin. Undan ortiq narx qoyilmaydi. Bazi bir restoranlar 100 foizdan ortiq ustama qoyishi mumkin, agarki xizmatlari ham eng yuqori darajada bolsagina, bunga ruxsat etiladi.

Oshxonalarda taomlarga sotib olingan masalliqlar narxidan 50 foizgacha ustama narx qoyilishi lozim. Chunki, oshxonalarda taomlar oldindan tayyorlanib qoyiladi, buyurtma asosida ovqat pishirilmaydi. Kafelarda esa yarim tayyor taomlar bolib, buyurtma qilingandan song tayyorlanishi hamda unda ofitsiantlar xizmati hisobga olingan holda narxi oshxonaning narxiga nisbatan qimmatroq boladi. Kafe mamuriyati ushbu masalliqlar narxiga nisbatan 100 foizgacha ustama narx qoyishlari joiz. Nikoh va boshqa marosimlar otkaziladigan toyxona egasi buyurtmachi bilan kelishgan holda 50 foizdan 100 foizgacha ustama haq olishi mumkin. Restoranlarda 200 foizdan 300 foizgacha ustama qoyilishi nazarda tutilgan. Boisi, unda mahsulotlar buyurtma qilingandan song tezda sifatli qilib tayyorlanishida bir nechta oshpazlarning ishtirok etishi hamda bir necha nafar ofitsiant xizmat korsatishi inobatga olinadi.

Endi xorandalarni qiziqtirayotgan taomlarning hajmi boyicha toxtalamiz. Masalan, shorvada, qoidagi kora, butun porsiya 300 gramm bolishi kerak. Ammo bu tamaddixonalarning kategoriyasiga qarab belgilanadi. Yani, oshxonalarda, qoida boyicha, porsiyasi 300 gramm (190 grammi gosht va sabzovotlar, 110 gramm qaynatma) bolishi lozim. Kafeda esa, oshxonadan farqli olaroq, porsiya 280 grammni (200 gramm gosht va sabzavotlar, 80 gramm qaynatma) tashkil etadi. Restoranlarda sovuq va issiq gazaklarning avval dasturxonga tortilishi evaziga porsiya 250 grammni (gosht va sabzavotlar 180 gramm, qaynatmasi 70 gramm) boladi. (Bu hajm, tamaddixonalarda faqatgina shorva yoki suyuq taomning ozi istemol qilinmasdan unga qoshimcha ravishda turli xil salatlarga ham buyurtma berilishi hisobga olinib, 300 gramm bolishi belgilangan).

Bir soz bilan aytganda, barcha ovqatlanish muassasalarida tayyorlanayotgan suyuq taomlarning qaynatmasi (suvi) 60 foizni, ichidagi masalligi 40 foizni tashkil etishi kerak. Har bir tamaddixonada taomlarga qancha grammdan masalliq ishlatilgani togrisida malumotnoma xorandalarga korinadigan joyda bolishi shart.

Restoranmi, toyxonami?

Kezi kelganda, bir mulohazani aytib otmoqchi edik. Jahon tajribasidan malumki, restoranlar ertalabdan kechgacha ishlashi talab etiladi. Hozirda viloyatlarda ham tepasiga Restoran nomi yozilgan binolar kopayib bormoqda. Lekin ular faqatgina toy va boshqa marosimlarga xizmat qiladi. Qolgan vaqt ishlamaydi. Buyurtmachidan esa restoran narxida pul olinadi. Nazarimizda, ularni oz nomi bilan Toyxona deb nomlash kerak. Chunki ular restoranga qoyiladigan talablarga javob bermaydi. Agarda haqiqiy restoran nomi bilan oz faoliyatini boshlasa, malum nafar odamni doimiy ish bilan taminlaydi, shu bilan birga tushgan foydadan davlatimizga soliq ham tolaydi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: