O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
17.03.2020

AFSONAVIY BOKSChI RUFAT RISQIYeV XONADONIDA...

Boks bo‘yicha jahon chempioni, Olimpiya oyinlarining kumush medali sovrindori, afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev xonadoni otgan shanba kuni mehmonlar bilan gavjum boldi. Odatda mazkur uyga mahalla faollari, bokschilar, murabbiylar tez-tez kelib turishadi. Bu gal Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Toshkent shahar kengashi rahbar xodimlari, partiya faollari, yoshlar Rufat Risqiyev bilan dildan suhbatlashishdi.

Ma’lumot ornida. Rufat Risqiyev AQSh, Kuba, Avstriya, Ispaniya kabi mamlakatlarda otkazilgan qator xalqaro turnirlarda raqiblari ustidan olamshumul galabalar qozongan qahramon. Rufat Risqiyevni «Toshkent yolbarsi» deb tariflashardi.

Erta tongdanoq Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova xayriya tadbirini boshlab yubordi. Kop otmay, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari va boshqalar yetib kelishdi. Avval hovli atrofi obodonlashtirilib, mevali va manzarali daraxt kochatlari ekildi. Yoshlar yerni gul kochatlari otkazishga tayyorladi. Uy ichida supirish, pardozlash ishlari amalga oshirildi. Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehroj Darxonov ochoqda hasharchilar uchun taomimiz — osh tayyorladi. Shundan song bir piyola choy ustida suhbat qurildi. Unda mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, mehnatsevarlik haqida soz bordi. Faxriy bokschimiz oz hayot yolini hikoya qilib berdi.

Suhbat asnosida 1974 yilning 30 avgustida vatandoshimiz Rufat Risqiyev boks boyicha jahon chempioni bolgani. U Ozbekiston boks tarixidagi birinchi jahon chempioni ekanligi faxr bilan takidlandi. 1976 yilgi Monreal Olimpiadasi kumush medali sohibi Rufat Risqiyevning nomi munosib ravishda jahon sporti tarixida Muhammad Ali, Teofil Stivenson, Jo Frezer, Boris Lagutin kabi atoqli qolqop ustalari qatorida tilga olinadi, deyishdi deputatlar.

Ozbekistonlik taniqli bokschi, 75 kilogramm vazn toifasida 1974 yilgi Jahon chempioni, 1976 yilgi Monreal Olimpiada oyinlari kumush medali sovrindori, Kuba Ochiq chempionatining ikki karra chempioni Rufat Risqiyev 1949 yilning 2 oktabrida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Asosiy murabbiyi Boris Granatkin bolgan.

Yigit-qizlar bokschining kurash taktikasi, chempion bolganida konglidan otgan hayajon va hissiyotlari bilan qiziqdi. Suhbat songgida chempionga partiyaning esdalik sovgalari topshirildi.

Rufat Risqiyev etibor va ezoz uchun partiya xodimlariga, yigit-qizlarga minnatdorlik bildirdi.

Malumki, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz boylab “Obod yurt umumxalq obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish xayriya hashari bolib otdi. Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan ushbu xayriya hasharida munosib ishtirok etish maqsadida hududlarni obodonlashtirish, kokalamzorlashtirish, shuningdek, hayriya tadbirlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Hamjihatlik, saxovat va mehr-muruvvat kabi yuksak fazilatlar yanada yaqqol namoyon boladigan hasharda keksa va nogironlar, yolgiz qariyalar, boquvchisini yoqotgan oilalarga moddiy yordam korsatilib, ularning uy-joy sharoitini yaxshilashga komaklashildi.

Bunday xayriya aksiyalar barcha partiya tashkilotlari tomonidan kotarinki ruhda otkazilmoqda.

Ozbekiston Xalq

demokratik partiyasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: