O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
17.03.2020

TIBBIYoT SOHASIDAGI ILMIY IZLANIShLAR

natijalari amaliyotga joriy qilinmoqda

Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan «Tibbiyot fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari» mavzuida brifing o‘tkazildi. Unda tibbiyot sohasining yetakchi olimlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Brifingda songgi yillarda tibbiyot fanlari sohasida himoya qilingan dissertatsiya va tadqiqotlar natijalari togrisida soz yuritildi. Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, soglom turmush tarzini shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish boyicha qilinayotgan ishlar xususida malumotlar berildi.

— Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida sogliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish borasida belgilab berilgan vazifalari reproduktiv yoshdagi, homiladorlik va tugruqdan keyingi davrdagi ayollar, yangi tugilgan chaqaloqlar, bolalar orasida uchraydigan kasalliklarni erta tashxislash, skrining qilish, davolash va profilaktik choralarini korishga bagishlangan ilmiy izlanishlar kolamini yanada kengaytirish masalaga alohida etibor qaratilgan, deydi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti prorektori Qahramon Haitov. Xususan, oxirgi uch yilda ayollarning reproduktiv salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish muammolarining yechimiga qaratilgan akusherlik va ginekologiya, pediatriya, dermatovenerologiya mutaxassisliklari boyicha 39 ta tibbiyot fanlari boyicha falsafa doktori hamda 27 fan doktori tayyorlangan.

Bundan tashqari, tibbiyotning reproduktiv salomatlik, onalar va bolalar sogligini muhofaza qilish borasida fan doktori va falsafa doktori talabgorlari ilmiy izlanishlari hamda ularning natijalari amaliyotga joriy qilinmoqda. Jumladan, bu izlanishlar muddatiga yetmay tugilgan chaqaloqlarda ovqat hazm qilish tizimi ozgarishlarini tashxislash va davolashni yangi usullarini ishlab chiqish, aniqlangan buzilishlarni oz vaqtida davolash, ichak kasalliklari rivojlanishini bashoratlash, shu bilan birga bolalarning opka kasalliklarida jismoniy va jinsiy rivojlanishdan ortda qolishning xususiyatlarini aniqlash va bosqichli ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarini qollash, remissiya muddatini uzaytirish, asoratlarini kamaytirish hamda davolash muddatlarini qisqartirish kabi imkoniyatlarni yaratmoqda.

Bugungi kunda profilaktik tibbiyot yonalishida himoya qilingan dissertatsiyalar sohada belgilangan vazifalarga monand amalga oshirilmoqda, deydi Toshkent tibbiyot akademiyasining kafedra mudiri Nizom Ermatov. Jumladan, dissertatsiyalar soglom turmush tarzini tashkil qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish, aholini xavfli yuqumli kasalliklardan samarali muhofaza qilish, mahalliy mahsulotlarning ozuqaviy va biologik qiymatini baholash, shuningdek, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taminlash, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam korsatishni sifat jihatdan rivojlantirish kabi muhim yonalishlarda amalga oshirilmoqda.

Yanada aniqroq aytadigan bolsak, ilmiy-izlanishlar natijasida aholining turli qatlamlari orasida temir va yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish va kamaytirishda muhim ahamiyatga ega bolgan temir va yod moddalari bilan non hamda qandolat mahsulotlarining ozuqaviy, fizik-kimyoviy va biologik qiymatini boyitish boyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular organizmning biologik temir va yod zaxirasini yanada boyitishga, kasallikni muayyan darajada kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Brifingda attestatsiya komissiyasi tomonidan otgan yilda amalga oshirilgan ishlar joriy yilda ham davom ettirilishi, aholi salomatligini saqlash borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqilishi takidlandi.

Iroda GOFUROVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: