O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
17.03.2020

YuRTIMIZDA KORONAVIRUS QAYD ETILGANI RASMAN MALUM QILINDI

Ammo vahimaga tushishga o‘rin yoq. Mamlakatimizda aholi salomatligini himoya etish uchun barcha chora-tadbirlar korilmoqda.

Kuni kecha Ozbekistonda ilk koronavirusga chalingan bemor aniqlandi. Bosh sanitar shifokorning ma’lumot berishicha, ushbu bemor bilan aloqada bolgan shaxslar alohida nazoratga olindi.

Shifokorlar fuqarolardan vahimaga tushmasdan, doimiy ravishda gigiyena qoidalariga rioya etishni sorashmoqda.

Koronavirus sabab Ozbekistondagi barcha oliy talim muassasalari talabalari, maktab oquvchilari va maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16 martdan tatil berildi. Shu munosabat bilan mamlakatimizdagi barcha maktabgacha talim muassasalari, maktablar va oliy talim muassasalari profilaktika maqsadida yopildi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus mavzusiga bagishlangan brifing chogida malum qildi. Malumotlarga kora, talim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi kozda tutilgan, vaziyatga qarab muddat uzayishi ham mumkin.

Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning videobayonotiga kora koronavirus aniqlangan fuqaro bilan kontaktda bolganlar izolatsiyaga olinishi malum qilingan.

Respublikamizga 14 mart kuni xalqaro aeroportlar orqali 38 ta reysda 4800 nafar, temir yol orqali 1860 nafar, qolgan chegara bojxona postlari orqali 38 000 nafar kishi kirib kelgan. Yolovchilarning aksar qismi kasallik qayd etilgan Rossiya, Qozogiston va Yevropa davlatlarida bolib, chegaradan otish jarayonida birlamchi tibbiy korikdan otkazilib, tana harorati olchangan.

Epidemik vaziyat noxush bolgan davlatlarda bolib qaytgan 7 781 nafar fuqaro uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan. Ulardan 5,6 ming nafarida kasallikning yashirin davri yakunlangani uchun tibbiy kuzatuvdan chiqarilgan. Bugungi kunda 2 100 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Mavjud vaziyat boyicha xavotirga orin yoq. Kasallik alomati aniqlangan dastlabki bemor bilan muloqotda bolgan shaxslar, u bilan birga Fransiyadan uchib kelgan yolovchilarning toliq royxati tuzilgan, ularning yashash joylarini aniqlash va ular ustidan tibbiy kuzatuv ornatish ishlari davom etmoqda, epidemiyaga qarshi barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Korinib turibdiki, aholi ortasida vahima uygonishga asos yoq. Statistik malumotlar tahlili shuni korsatmoqdaki, 80 foiz holatda kasallik yengil otmoqda, 15 foizida orta darajada, faqat 5 foiz holatdagina vaziyat ogir otishi mumkin.

— Kasallikning ogir otishi holatlari surunkali kasalligi bor, yoshi katta odamlarda kuzatilmoqda. Koryapmizki, kasallanganlarning 50 foizdan ortigi butunlay sogayib, normal holatga qaytgan. Shuning uchun, xalqimizdan vahimaga tushmasdan shaxsiy gigiyena qoidalariga jiddiy rioya etishlarini, xonadonlarini ozoda saqlab, jamoat transportidan foydalangandan keyin doim qollarini sovunlab yuvish, zararsizlantiruvchi vositalarni qollashlarini sorardik, dedi respondentimiz biz bilan suhbatda.

Ozida kasallik alomatlarini sezgan fuqarolardan shifoxonaga bormaslik, 1003 RAQAMIGA qongiroq qilib, tez tibbiy yordam chaqirish soralmoqda.

Shuningdek, 16 martdan Ozbekistonning chet davlatlar bilan avia va avtomobil qatnovlari toxtatilgan.

Bu haqda Ozbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov maxsus brifing chogida malum qildi. Shu bilan birgalikda, temir yol orqali yolovchi tashishga uch kun davomida ruxsat beriladi. Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boshqa davlatlarda bolib turgan Ozbekiston poyezdlarining qaytib kelishi bilan bogliq ekani takidlandi.

Endilikda Ozbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining Ozbekistonga kirishi vaqtincha taqiqlanadi. Vaziyatga qarab, chet davlatlarda qolgan ozbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi tibbiy nazorat ostida boladi. Shuningdek, jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi.

Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Ozbekistonda quyidagi choralar belgilandi:

OMMAVIY TADBIRLAR

Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navroz bayrami doirasidagi umumxalq sayllari bekor qilindi. Futbol boyicha Ozbekiston chempionati toxtatildi.

Hukumat mamlakatdagi barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni otkazishni vaqtincha cheklash boyicha murojaat bilan chiqqan, juma namozlarining jamoat bilan oqilishi toxtatildi.

Shuningdek, mamlakatdagi barcha kinoteatrlar faoliyati vaqtincha toxtatib turiladi, konsertlar qoldiriladi.

Oz navbatida xorijdagi Ozbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan otish taqiqlanmaydi, Ozbekistondagi xorijliklar uchun ham oz vatanlariga qaytishlariga ruxsat beriladi.

SOGLIQNI SAQLASh SOHASI

Xorijdan olib kelinadigan fuqarolar Toshkent viloyatidagi sanatoriylarda karantinga joylashtiriladi.

16 martdan Ozbekistonda koronavirus boyicha malumot beruvchi maxsus koll-markaz ishga tushdi.

Tibbiy niqoblar eksporti toxtatildi va barcha mahsulotlar ichki bozorga yonaltirildi.

Maktabgacha talim vazirligi MTTlar yopilgan davr uchun bolalarning MTTga kelmagan davri tolovi qayta hisob-kitob qilinishini nazorat qilishi haqida xabar berdi.

Xalq talimi vazirligi tatil vaqtida oquvchilar uchun televideniye orqali videodarslar namoyish etilishi rejalashtirilganini malum qilgan. Maktablarda oqituvchilar ishlashda davom etishadi, ularga ish haqi tolanadi.

Oliy va orta maxsus talim vazirligi koronavirus tufayli oquvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) tatilga chiqarilishini malum qilgan. Ayni vaqtda talabalar Toshkent shahridagi yotoqxonalarni tark etishmoqda.

Talab keskin ortgani tufayli Toshkentdan viloyatlarga qoshimcha reyslar qoyilmoqda samolyot va temir yol chiptalari uchun talabalarga 50 foizlik chegirmalar joriy etilgan.

Narx-navo:

Hukumat rahbari karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar korilishini malum qildi.

Karantin davrida osoyishtalikni taminlash maqsadida Davlat soliq qomitasi oziq-ovqat va birlamchi istemol mahsulotlari narxlarini qatiy nazoratga oladi.

Davlat soliq qomitasi raisi Behzod Musayev savdo tarmoqlarida mahsulot yetmay qolishi haqidagi gap-sozlar asossizligini malum qilgan.

Tartib:

Abdulla Aripov jamoatchilikni koronavirus boyicha asossiz malumot tarqatganlarga qatiy chora korilishi haqida ogohlantirdi.

Ozbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin qoidalarini mensimaslik yoki uni buzganlik uchun koriladigan choralar qatiylashtirildi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qollash nazarda tutilganini takidlab otish joiz.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati boyicha fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bolishi korsatilganini ham eslatib otmoq zarur, deb hisoblaymiz.

Toshtemir XUDOYQULOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.

TAHRIRIYaTDAN:

Darhaqiqat, vahimaga tushishga orin yoq va asossiz gaplar hamda mish-mishlar tarqatishdan ehtiyot bolmoq zarur.

Eng muhimi, shu kunlarda shifokorlar berayotgan tavsiyalarga va belgilangan qonun-qoidalarga amal qilish kerak boladi. Afsuski, bazan ogohlantirishlarga loqayd qaraydigan, tartib-qoidani mensimaydiganlar ham uchrab turadi. Bundaylar avvalo ozlariga, qolaversa, boshqalarga zarar yetkazishadi. Ozini asraganni Yaratgan ham asraydi, degan hikmat bor. Demak, hushyor, ogoh va masuliyatli bolishimiz talab etiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: