O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.03.2020

OZBEKISTON PREZIDENTI TURKIYaNING RENESSANS XOLDING KOMPANIYaSI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Turkiyaning yetakchi injiniring va qurilish kompaniyasi – "Renessans Xolding" prezidenti Erman Ilijak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ushbu uchrashuv otgan oy Anqarada otkazilgan oliy darajadagi Ozbekiston Turkiya muzokaralarining mantiqiy davomi boldi.

Bugungi kunda "Renessans Xolding" kompaniyasi mamlakatimizda umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod bolgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining yetakchi metallurgiya korxonalari negizida zamonaviy obyektlar loyihaviy quvvati yiliga 60 million tonna bolgan mis boyitish fabrikasi va quvvati 1 million tonnagacha bolgan metall prokati ishlab chiqarish majmuasini barpo etish loyihalari tayyorlanmoqda.

Uchrashuvda ushbu loyihalar doirasidagi amaliy ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiya kompaniyasining dastlabki bosqichda Toshkent shahrida, keyingi bosqichlarda Samarqand va Fargona shaharlarida ilgor xalqaro tajriba hamda texnologiyalarni jalb qilgan holda kop tarmoqli shifoxonalar tashkil etish borasidagi loyihaviy takliflari taqdimoti otkazildi.

Mazkur loyihalar davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshiriladi, shuningdek, turkiyalik hamkorlar shifoxonalarni boshqarish va yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, muhim ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilishda, injiniring, loyihalashtirish va qurilish sohalarida hamkorlik imkoniyatlari korib chiqildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: