O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.03.2020

FRAKSIYA AZOLARI

qonun loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi bir qator muhim qonun loyihalarini muhokama qildi.

Dastlab, «Ozbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi korildi. Uning zarurati nimada? Avvalo, otgan yilning 14 yanvarida qabul qilingan Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish togrisidagi Qonunda nazarda tutilgan mahkumning hayoti, sogligiga tajovuz tahdidi paydo bolganda xavfsizlik choralari Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilmagan. Bu inson huquqlari va xavfsizligi ustuvorligi tamoyiliga togri kelmaydi. Undan keyin jazoni ijro etish tizimida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash nuqtai nazaridan Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan. Uchinchidan, voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning ornini bosuvchi shaxslar bilan uchrashishga bolgan huquqiga nisbatan cheklovlarni bekor qilish masalasi hal etilishi kerak.

Fraksiya azolari yuqoridagi jihatlarni hisobga olib, qonun loyihasini atroflicha muhokama qildi.

— Loyihada mahkumlarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qollanilishiga yol qoymaslik, mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taminlash boyicha prinsipial ozgartish va qoshimchalar kiritilayotgani muhim ahamiyatga ega, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Sherbek Boronov. Bu boradagi yangi meyorlar mahkumlarning huquqiy va ishonchli ijtimoiy himoyasini taminlashda muhim orin tutadi.

Deputatlar Jinoyat-ijroiya kodeksining inson huquqlari ustuvorligi tamoyili asosida takomillashtirilayotganini qollab-quvvatladi. Shu bilan birga, tizimga joriy etiladigan yangiliklarning royobga chiqishi, kodeksda belgilangan qoidalar amalda togridan-togri ishlashi boyicha tegishli tartibda deputatlik va parlament nazoratini samarali yolga qoyish zarurligi takidlandi.

Fraksiya yigilishida Auditorlik faoliyati togrisidagi qonun (yangi tahriri) loyihasi muhokamasi ham qizgin bahs-munozaralar bilan otdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga, moliyaviy faoliyatiga bozor iqtisodiyoti shaffof qonun-qoidalari faol joriy etilayotgani bu sohani ham tubdan isloh qilishni taqozo etyapti.

Malumotlarga kora, otgan yilning 1 aprel holatiga Ozbekistonda 98 auditorlik tashkiloti faoliyat yurityapti, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Dilorom Imomova. Auditorlar soni 600 nafarga yaqin. 17 ta mahalliy auditorlik tashkiloti yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalarning yazolari hisoblanadi. Respublikamizda katta tortlik xalqaro auditorlik kompaniyalarining shoba jamiyatlari faoliyat olib boryapti.

Lekin sohaga oid amaldagi qonun va boshqa meyoriy hujjatlar hozirgi talablarga javob bermay qolgan. Xususan, eskirgan va havola meyorlarni qayta korib chiqish, ularning orniga togridan-togri amal qiladigan yangi normalarni joriy qilish zarurati yuzaga kelgan. Qonun loyihasi avvalo ana shu jihatdan ahamiyatlidir.

Joriy yilning 1 yanvaridan etiboran auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirishi, majburiy auditorlik tekshiruvlarini otkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari Moliya vazirligining veb-saytida elon qilinishi, aktivlarning balans qiymati, tushumlar hajmi va xodimlar soniga qarab tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan otishi lozim.

Asoslovchi hujjatlarga kora, qonun loyihasi qabul qilinishi davlat organlarining auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan ozaro munosabatlari va hamkorligini kengaytirishga, auditning xalqaro standartlari asosida mustaqil audit otkazish amaliyotini tatbiq etishga, auditorlik tashkilotlarining xizmatlari sifati va raqobatbordoshligini oshirishga, sohada qonunosti hujjatlarning qisqarishiga sharoit yaratadi.

Fraksiya azolari oz fikr-mulohazalarini bildirgan holda qonun loyihasini qollab-quvvatladi.

Deputatlar Ozbekiston Respublikasining mamuriy-hududiy tuzilishi togrisidagi qonuni loyihasini ham korib chiqdi.

Takidlanishicha, amaldagi Ozbekiston Respublikasining mamuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi togrisidagi qonun 1996 yilda qabul qilingan bolib, dolzarb masalalar tizimli hal etilishiga asos bola olmaydi. Respublikamizda shu vaqtgacha mamuriy-hududiy tuzilish masalalari boyicha bosqichma-bosqich qaror kabul qilish tartibi mavjud emas.

Fraksiya azolari qonun loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vazifalarini aniq belgilab berish, togridan-togri amal qiluvchi meyorlarga alohida etibor qaratish boyicha tanqidiy fikrlar bildirib, takliflarini berdi. Shu bilan birga, parlamentga mamuriy-hududiy tuzilish masalalariga oid hujjatlar tarkibini takomillashtirish zarurligi takidlandi.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yigilishida boshqa qonun loyihalari ham tanqidiy-tahliliy korib chiqilib, qarorlar qabul qilindi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: