O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
10.03.2020

YeR AJRATIShDAGI KOZBOYaMAChILIKLAR

Tadbirkor Rustam Ikromov muqaddam Namangan shahar soliq inspeksiyasida jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo‘limi inspektori bolib ishlagan. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Respublika soliq-bojxona akademiyasida tahsil olgan. 2014-2019 yillarda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati sifatida faoliyat korsatgan.

Prezidentning past rentabelli ekin maydonlarini poliz va bogdorchilik mahsulotlari yetishtirishga otkazish, qoshimcha ish orinlari yaratish borasida 2017 yil 10 oktabrda qabul qilingan “Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boyicha tashkiliy chora-tadbirlar togrisida”gi qaroridan ruhlangan Rustam Ikromov ham bogdorchilik xojaligi tashkil etishni niyat qildi.

Ana shu maqsadda u 2019 yilning aprel oyida Namangan tuman hokimiga past rentabelli ekin maydonlaridan 2 gektar yer ajratib berishni soradi. Uning arizasi Namangan viloyat Yer tuzish va kochmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman hududiy bolimi yer olchovchisi Bahodir Nabiyevga yonaltirildi. Yer olchovchi tumandagi gallachilikka ixtisoslashgan Namangan zamini fermer xojaligi hududidagi past rentabelli yer maydonini hukumat qaroriga asosan poliz va bogdorchilik mahsulotlari yetishtirish uchun tadbirkorlarga ajratilishi rejalashtirilayotganini bildirdi.

Namangan zamini fermer xojaligi rahbari Fazliddin Jorayev tasarrufida osha paytda 8 gektar past rentabelli yer maydoni mavjud bolgan. U 2019 yil 23 aprelda tuman hokimi Shuhrat Davronov nomiga Fermer xojaligidagi 8 gektar yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga olishingizni sorayman, deb ariza yozadi. Belgilangan tartibga kora, Fazliddin Jorayevning tasarrufidagi yer maydoni 2019 yil 23 aprelda zaxiraga topshirilganidan keyin 10 kun muddat ichida, ya’ni, may oyining boshlarida fermer xojaligi tugatilib, uning qolidagi muhr va shtamp Yer tuzish va kochmas mulk kadastri davlat korxonasining Namangan tumani hududiy bolimiga topshirilishi kerak edi.

Rustam Ikromov 2019 yilning aprel oyi oxirlarida Namangan zamini fermer xojaligi rahbari Fazliddin Jorayevdan past rentabelli yer maydonini Namangan tuman hokimligi zaxirasiga topshirish togrisida rozilik xati oladi va ariza bilan qaytadan tuman hokimligiga murojaat qiladi. Namangan tuman hokimi tomonidan Ijodkor MMTP hududidagi Namangan zamini fermer xojaligi joylashgan, yer tuzish ichki kartasining 69-konturidan osha 8 gektar yerning 2 gektarini Rustam Ikromovga ajratish haqida 2019 yilning 29 mayida 2078-qaror hamda 2019 yil 4 iyunda osha konturdan tadbirkor Anasxon Ibragimov nomiga 2 gektar yer ajratib berish togrisidagi 2219-sonli qaror qabul qilinadi. Ushbu qarorlar qonuniy hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, tuman sessiyasida tasdiqlanadi.

Ilgari tuman yer olchovchisi bolib ishlagan Avaz Tojimirzayev hokim nomiga fermerlikni topshirishga ariza bergan, lekin muhr va shtamp hali qolida bolgan Fazliddin Jorayevga hokim tomonidan Rustam Ikromov hamda Anasxon Ibragimovga yer ajratish togrisidagi qaror bekor qilinganini aytib, osha joy uchun bolgan Tolib Nuriddinovga rozilik xati berishga kondiradi. Uning gapiga laqqa ishongan Fazliddin Jorayev 2019 yil 1 iyunda Namangan zamini fermer xojaligi hisobidagi osha 8 gektar yerni qaytadan tuman zaxirasiga topshirish haqida hokim nomiga ariza yozadi va Tolib Nuriddinov degan shaxsga rozilik xati beradi.

Malum bolishicha, ana shu zaxiraga olingan yer maydonining 4 gektari hokim qarori bilan bogdorchilik tashkil etish uchun aholi ortasida Odil rais nomi bilan tanilgan kishiga ajratilgan. U esa bu yerda bog yaratish orniga odamlarga uy joy qurish uchun sotib yuborgan.

2019 yilning avgust-sentabr oylarida Rustam Ikromov va Anasxon Ibragimov yerni kelgusi yil bahorda eksportbop olma hamda nok kochatlari ekishga tayyorlashga kirishadi. Osha paytda Shuhrat Davronov orniga Sadriddin Mominov Namangan tuman hokimi etib tayinlanadi. Yer tuzish va kochmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman hududiy bolimi yer olchovchisi Bahodir Nabiyev ham ishdan boshatilib, uning ornini ilgari qilgan qingirliklari uchun ishdan haydalgan Avaz Tojimirzayev egallaydi. U Rustam Ikromovga Sizlarga yer ajratish togrisidagi qaror bekor qilingan, bu yer maydoni Tolib Nuriddinovga berilgan, kattalarning topshirigi shunday, deydi.

Bu paytda Rustam Ikromov mazkur yer maydoniga ariq kovlatish uchun 4-5 million som miqdorida mablag xarajat qilib, chet eldan meva kochatlari olib kelish uchun xorijiy hamkorlar bilan 150 million somlik shartonoma tuzib qoygan edi. Shundan keyin u tuman hokimiga kirib, oldingi hokim tomonidan chiqarilgan qarorni korsatadi. Sadriddin Mominov Rustam Ikromovga Bu yerda anglashilmovchilik bolgan, Tolib Nuriddinovga notogri qaror chiqarilgan, deb, unga xotirjam bolishni, bu masalani hal qilib berishini aytadi. Rustam Ikromov osha kuni ishning natijasini bilish uchun tushdan keyin yana hokim qabulxonasiga kirib, tuman yer olchovchisi Avaz Tojimirzayevni uchratadi. U bu masalada tuman hokimi Sadriddin Mominovga kirish befoyda ekanini, ish yuqoridan hal qilinganini aytib, xohlagan joyga shikoyat qilishi mumkinligini bildirdi.

Rustam Ikromov bu masalaga oydinlik kiritish uchun Yer tuzish va kochmas mulk kadastri davlat korxonasining Namangan tumani hududiy bolimiga boradi. Yangi bolim boshligi unga: Sizga hokim qarori asosida yer ajratish uchun tayyorlanayotgan kadastr hujjatlarini tasdiqlatish toxtatib qoyilgan, shuning uchun bu ishni qilish qolimdan kelmaydi, deydi.

Rustam Ikromov asabi buzilib, yana hokim qabulxonasiga boradi. Kechqurun hokim bilan uchrashadi. Sadriddin Mominov: Bu qaror viloyat hokimi tasdigidan otmagan ekan, men bu yerda yangiman, shuning uchun hech narsa qilolmayman. Yaxshisi, boshqa yerdan joy ajratishni sorab murojaat qiling, deydi...

Keyinchalik malum boladiki, 2019 yil iyun oyida Namangan tumani hokimi Shuhrat Davronov orniga Sadriddin Mominov kelganidan keyin Namangan zamini fermer xojaligi joylashgan, yer tuzish ichki kartasining 69-konturidan Rustam Ikromov va Anasxon Ibragimovga berilgan 4 gektarlik yer maydoni 2019 yil 26 iyul sanasi bilan 5 gektar hisobida Tolib Nuriddinovga ajratilib, yangi hokim tomonidan 2592-sonli qaror chiqarilgan ekan...

Namanganda Odil rais nomi bilan tanilgan 60-65 yoshlardagi bu kimsa ilgari yer oldi-sotdi ishlari bilan noqonuniy shugullanib kelgani uchun javobgarlikka tortilgan. Namangan zamini fermer xojaligi joylashgan, yer tuzish ichki kartasining 69-konturidan Rustam Ikromov va Anasxon Ibragimovga ajratilgan yer maydonini qingir yollar bilan ozining tanishi bolgan Tolib Nuriddinovga hokim qarorini chiqartirgan...

2019 yil noyabr oyida Odil rais Rustam Ikromovga tegishli yer maydoni chetiga betondan poydevor quydiradi. U Odil rais bilan uchrashib, yer maydoni hokim qarori bilan ozining nomiga chiqarilganini aytadi. Sizga chiqarilgan qaror viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmagan, deydi Odil rais. Shunga qaramay Rustam Ikromov ertasi kuni traktor olib kelib, yerni haydata boshlaydi. Yarmini haydatganidan keyin oz ishi boyicha ketadi. Osha paytda Odil rais, Tolib Nuriddinov va yana 3-4 kishi kelib, traktorchini qorqitib, haydab yuborishadi. Bundan xabar topgan Rustam Ikromov Odil raisga qongiroq qilib, nima gapligini surishtiradi. U: Er meniki, ashulasini (yani, ularning shevasida pul berish) berib qoyganman. Bu ishga aralashma, qilgan xarajatingga kuyib qolasan, deydi.

Rustam Ikromov 2019 yilning 7 noyabrida mavjud ikki gektar yer maydonida xorijdan olib kelinadigan eksportbop olma va nok kochatlari otqazib bog yaratish uchun Muruvvat baraka servis MChJ bilan 150 million somga shartnoma tuzgan. Bu mablagning 50 foizi 15 noyabrda Muruvvat baraka servis MChJ hisob raqamiga otkazilgan. Qolgan 50 foizi MChJning maxsus hisob raqamida turibdi. 2020 yilning 31 martigacha kochatlar keltirilib, ekilishi kerak. Rustam Ikromov shu masala boyicha 2019 yilning dekabrida Namangan tuman prokuraturasiga murojaat qiladi. Prokuror orinbosari uning gaplarini diqqat bilan tinglab, bu nizoli joyni borib korganini, ajratilgan yer maydoni haqidagi tuman hokimining qarori viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanmagani uchun protest kiritib, bekor qilishini bildiradi. Shundan keyin Rustam Ikromov bu haqda yuqori tashkilotlarga murojaat qiladi. Lekin yozgan arizalari qayta korib chiqish uchun Namangan tuman hokimligi va prokuraturasiga yuboriladi. Sobiq deputat esa adolat istab sarson-sargardon bolib yuribdi...

Prezident tomonidan 2019 yil 14 avgustda qabul qilingan Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qollab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish togrisidagi farmonga kora, mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bu borada huquqbuzarliklarga yol qoygan masul shaxslarning javobgarligini oshirish belgilangan.

Rustam Ikromovga past rentabelli yerda bogdorchilik xojaligini tashkil qilish haqida osha paytdagi tuman hokimi Shuhrat Davronov chiqargan. Uning orniga Sadriddin Mominov hokimlikka tayinlangach, sobiq hokim qarori bekor qilinib, osha yer maydoni Odil raisning odami bolgan Tolib Nuriddinovga tortiq etilgan. Buni qanday tushunish mumkin? Yangi kelgan har bitta hokim sobiq hokimning qarorini bekor qilib, oz bilganicha ish tutaversa, qonun buzilmaydimi? Bunday adolatsizliklar aholi ortasida koplab noroziliklar paydo bolishiga olib kelmaydimi?

2020 yildan boshlab hokimlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda qishloq xojaligiga moljallangan yer uchastkalarini olib qoyish va bir fermer xojaligidan boshqasiga otkazish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bolgan, ular foydalanadigan va mulki bolgan yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoyish boyicha vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashlariga berildi. Bu masala xolis va adolatli korib chiqishlishi lozimligi belgilandi. Mulk daxlsizligi prezumpsiyasi paydo boldi.

Yerdan noqonuniy foydalanilishi holatlari tahlilidan malum bolishicha, songgi yillarda birorta ham hokim bunday qonunbuzarlik uchun javobgarlikka tortilmagan. Lekin endi davr ozgardi, zamon ozgardi. Har bir rahbar – u qaysi lavozimda bolishidan qati nazar, oz qilmishi uchun qonun oldida javob berishi kerak. Rustam Ikromov ana shu qonunlar amalda hayotga tatbiq etilishiga ishonadi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: