O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
03.03.2020

RAQAMLI IQTISODIYoT

Ulug‘bek AZIZOV, Toshkent moliya instituti rektori, professor:

– Jahondagi koplab moliyaviy muassasalar tahlilchilari qayd etishicha, barcha mamlakatlar 2019-2020 yillarda ogir iqtisodiy inqiroz ta’sirini boshlaridan kechiradi. Buni iqtisodiyot siklik (malum davrda takrorlanib turadigan holatda) rivojlanishi, fond va xomashyo bozorlaridagi vaziyat korsatib turibdi. Davom etayotgan siyosiy beqarorlik ham salbiy rol oynamoqda. Jahon ommaviy axborot vositalarida dunyo iqtisodiyoti retsessiyasi haqidagi taxminlar qonuniy izchillik bilan korsatib borilmoqda.

Jahon iqtisodiyoti retsessiyasi togrisida turli taxminlar bildirilmoqda. Bu xavotirli alomatlar jahon iqtisodiyoti yetakchilari bolgan Xitoy, AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya davlatlari iqtisodiy korsatkichlari tahlili asosida aniqlangan. Xususan, Germaniya va Xitoyda ichki yalpi mahsulot tushib ketishi kuzatildi, AQSh va Buyuk Britaniyada davlat aksiyalari daromadliligi pasaydi. Xalqaro valyuta fondi rahbari fikricha, jahon iqtisodiyoti Ulug turgunlik (depressiya) davriga qaytishi mumkin. Ulug depressiya 1929 yildan 1933 yilgacha davom etgan. Osha payt retsessiyasi belgisi sifatida fond bozorida narxlar tushib ketganligi qayd etilmoqda.

Retsessiya jarayoni ozi ketidan muayyan salbiy moliyaviy va iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ulug depressiya vaqtidagi retsessiya natijasida ulkan falokat kelib, aholi zimmasiga ogir yuk bolib tushgan bolsa, uning hozirgi zamonda roy berishi jahon iqtisodiyotida korinib turganidek, boshqacharoq, ancha murakkab tabiatga ega.

Iqtisodiyotning hozirgi bosqichida ham retsessiya sabablariga nisbatan noaniqliklar mavjud. Iqtisodiyot nazariyasida, xususan, retsessiya jarayoni va uning boshqa iqtisodiy haqiqatlari bilan (ushbu holatda fond bozori), pandemiya (Xitoy koronavirusi) korrelatsiya (ozaro bogliqlik) qilishda hal qilinmagan masalalar, yetishmovchiliklar bolib, ular vujudga kelgan hodisalarga aniq javob bermaydi. Hattoki Xalqaro valyuta fondi jahon iqtisodiyoti korsatkichlari pasayishini baholashda aniqlashtirilmagan «retsessiya» atamasi bilan cheklanmoqda. Bunda mavjud iqtisodiy va iqtisodiy bolmagan risklar (xavf-xatarlar, tavakkalchiliklar) hisobga olinmaydi.

Shu bilan birga, SP 500 ga kiruvchi AQShning eng yirik kompaniyalari oz daromadlarini kopaytirmoqda. Buni barqaror rivojlanish korsatkichi deb hisoblash mumkin. Bu holatni tasdiqlovchi boshqa qator dalillar ham mavjud.

Bundan xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyot tushib ketishi jarayonining ozi bu hali retsessiya emas, balki ancha murakkabroq hodisadir. Ozbekiston olimlari va iqtisodchilarida retsessiya jarayoni va unga yaqin, lekin autentik (asl nusxasiga mos) bolmagan hodisalarni batafsil organish, tadqiq etish imkoniyati bor. Bu hodisalar vaqt-vaqti bilan nafaqat milliy, balki jahon iqtisodiyotida ham roy beradi. Tabiiy savol tugiladi: taxmin etilayotgan retsessiya jarayonlari bolishi mumkin bolgan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun nima qilinmoqda yoki bu dolzarb muammoni hal etish, oldini olish uchun (preventiv) qanday choralari korilmoqda?

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlar davrida oliy davlat darajasida iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy soha rivojlanishiga qaratilgan hujjatlar qabul qilinmoqda. Bu hujjatlarning biri Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasidir. Unda strategik maqsadlar va yaqin orta muddat istiqbolga moljallangan vazifalar belgilangan.

Dasturiy maruzada ijtimoiy rivojlanish va mamlakatimiz iqtisodiyoti osishi asosiy tamoyillari aks etgan. Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash masalalariga, xususan uy-joy bilan taminlashga katta etibor berilgan. Har bir odam va oila uchun uy olish bu kichik vatanga ega bolish, ozini ham, oilasini ham ijtimoiy himoyalanganliklaridir. Muhtojlarni uy bilan taminlash bu nafaqat muammoni davlat nuqtai nazaridan korish, balki mamlakatimiz rahbarining shaxsiy munosabatidir. Buni Prezidentimizning quyidagi sozlari tasdiqlaydi: mening eng katta istagim, mamlakatimizda har bir oila oz uyi, oz xonadoniga ega bolsin. Bu sozlar nihoyatda katta kreyser tezligida hayotga joriy etilmoqda. Qisqa muddatda 2,5 mingga yaqin ijtimoiy infratuzilma obyektlari ishga tushirildi.

Shuni qayd etish kerakki, Murojaatda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar, ular inflatsiyadan avval oshirilishi haqida gap boradi. Ijtimoiy tolovlar taminlanishida sansalorlik kam boladi. Mutasaddi tashkilotlar belgilangan yuridik muolajalarni amalga oshirishda eng kam hujjatlar sonini talab qilishadi.

Prezident Murojaatnomasida yana bir asosiy jihat bor. Bu nazarimda, davlatimiz rahbari ilm-fan masalasida mutlaqo yangi siyosatni shakllantirmoqda va bu olimlarimiz intellektual aqliy salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi.

Evolutsiyaviy ozgarishlar yangi bosqichida ilm-fan butun iqtisodiyot rivoji drayveriga aylanishi kerak. Ilm-fan zamin bolib, millat kelajagini qurishga asos boladi. Ilmiy natijalar jamiyat asosiy yutuqlarini belgilaydi. Yaqin paytgacha milliy fan stagnatsiyasi va hatto retsessiyasi haqida gapirish mumkin emas edi, bu esa fundamental tadqiqotlarga salbiy tasir etdi. Hozirgi paytda davlat olimlarni jiddiy qollab-quvvatlash va ilmiy tadqiqiy ishlarni olib borishi uchun yaxshi sharoit yaratishga barcha choralarni kormoqda. Ilm-fanni rivojlantirish boyicha davlat siyosati shuni korsatmoqdaki, davlat Ozbekiston ilm-fanini xalqaro darajasiga olib chiqmoqchi, uni raqobatbardosh qilmoqchi.

Yetakchi xorijiy ilmiy markazlar bilan albatta hamkorlikni yolga qoyish shartligiga alohida ahamiyat etibor berilmoqda. 2020 yilda kopsonli olim va oqituvchilar El-yurt umidi fondi tomonidan ilmiy tadqiqot va malaka oshirish uchun chet elga yuboriladi. Bu bilan ozbek funksional faniga mustahkam asos solinadi.

Faqat talim millat kelajagini belgilaydi qoidasi Murojaatnomaning orta talim muassasalarini bitirib, oliy malumot olishga intilayotgan bitiruvchilarni qamrab olish masalasida oz aksini topgan. Bu yilning ozida bitiruvchilarni oliy talim bilan qamrab olish 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga oshadi. Bu 2016 yilga nisbatan oliy malumotli kadrlarni tayyorlash 5 marta kopayadi, degani. Buning natijasida, shubhasiz, jamiyatimiz aqliy, iqtisodiy va madaniy salohiyati oshadi.

Bundan tashqari, Murojaatnomada malaka milliy tizimini ishlab chiqish zarurati qayd etilgan. Bu xalqaro mehnat bozori talablariga javob beruvchi kadrlarni ixtisoslik boyicha tayyorlash imkoniyatini beradi. Bularning hammasi kasbiy omilkorlikni (kompetensiyani) barcha sohalarda taminlaydi, shu jumladan iqtisodiyotda ham. Natijada jamiyatimiz kelajagi professionallarning ishonchli qolida boladi.

Talimda elektron formatni joriy etish mazkur strategik hujjatning yana bir asosiy qoidasidir. Hozirgi paytda oliy talim tizimida raqamli texnologiyalarni yanada kop joriy etishga tayyorgarlik ketmoqda. Raqamlashtirish talimiy, ilmiy kontent tez va sifatli rivojlanishiga imkoniyat beradi. Bu innovatsiyaviy texnologiyalar bilan bogliq. Birinchi navbatda raqamli elektron darsliklar, oquv qollanmalari va boshqa oquv adabiyotlar yaratish, shuningdek butun monitoring oquv tizimini raqamli shaklga otkazish lozim. Ikkinchidan, onlayn-oqitishni raqamlashtirish oqitish jarayoni subyektlariga ham, obyektlariga ham kutilgan natijalarni beradi. Shunga toliq ishonch borki, raqamli texnologiyalar asosida tayyorlanadigan kadrlar jahon raqobat muhitida iqtisodiyotimiz professional yol korsatuvchilari (lotsmanlari) boladilar.

Raqamli kompetensiya oliy talim muassasalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda qoyiladigan asosiy talabdir. Bu iqtisodiyotni raqamlashtirish tamal toshidir. Raqamlashtirish sohasida malakali kadrlarning yetishmasligi sir emas. Raqam maktabi tizimi va uning keyingi bosqichi Raqam oliy maktabi ishlashi talab etiladi. Aynan talimning shu ikki bosqichida jamiyat, xususan iqtisodiyotning butun raqamli infratuzilmasi quriladi.

Shuni qayd etish kerakki, raqamlashtirish bu yangilik emas, zamondoshlarimiz tafakkuri bilan oylab topilgan narsa emas. Yani, bugungi raqamlashtirish asoslari dastlab ulug bobomiz Al Xorazmiy tomonidan qoyilgan. Blokcheyn texnologiyasi asosida raqamlashtirish bu ming yil avval ulug olim yaratgan osha algoritmdir. U faqat yangilangan, boyitilgan va hayotga joriy etilayotgan korinishidir.

Raqamlashtirish asosida texnologik evolutsiya iqtisodiyot rivojlanishining toxtatib bolmas jarayonidir. Prezident Murojaatnomasida Raqamli Ozbekiston 2030 davlat dasturini ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan. 2020 yilda biz Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda tub burilish yaratishimiz lozimligi alohida uqtirilgan. Eng asosiysi, biz uni qancha tezroq ozlashtirsak, shunchalik amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatli va muvaffaqiyatli boladi. Birinchi navbatda, bu iqtisodiy munosabatlar yangi sifat darajasidir. Ular tovarlar, xizmatlar, biznes va tijorat jadal harakatiga tayanadi. Bu hozirgi zamon qonuniy evolutsiyaviy spiral shaklidagi rivojlanishning navbatdagi bosqichidir. Bugun mamlakatimizda raqamli texnologiyalar rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu shubhasiz davlat, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati va axborot-texnologiyalarning muvaffaqiyatli hamkorligi natijasidir. Murojaatda takidlanishicha, hozirgi sharoitda mamlakatimiz raqamlashtirish tufayli nafaqat iqtisodiy yutuqlar ramzi, balki butun jamiyat rivoji ramzi bolgan ilgor davlatlar qatoridan orin oladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: