O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.03.2020

UMUMMILLIY BOYLIGIMIZ ONA YeRNI ASRAShGA

barcha birday burchlidir

Keyingi uch yil mobaynida fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, ularning yashash sharoitini yaxshilash borasida keng kolamli ishlar olib borilayotgani, xususan, ming-minglab uy-joylar barpo etilib, imtiyozli narx va shartlar asosida muhtoj fuqarolarga berilayotgani barchaga ayon.

Shuningdek, 2018 yilda davlatchiligimiz tarixida ilk marotaba Prezidentimiz tomonidan fuqarolar manfaatini oylab bir martalik aksiya e’lon qilinib, qishloq xojaligida foydalanilmaydigan yer maydonida ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga ham fuqarolarning egalik huquqi belgilab berilganligidan ham hamma xabardor. Ayni paytda qayd etish joizki, yillar mobaynida ayrim fuqarolarimiz tomonidan qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlar ham ozboshimchalik bilan, hujjatsiz egallab olinib, uy-joy va boshqa noturar joylar: molxona va boshqa turli yordamchi binolar barpo etish orqali qishloq xojaligida foydalaniladigan-hosildor yerlar talon-tarojligiga yol qoyilgan.

Buni sudlar tomonidan korilayotgan yerni asl holatiga keltirish, ozboshimchalik bilan qurilgan bino-imoratlarni buzish va egallab olingan yer maydonlarini qaytarish haqidagi ishlar misolida, xususan, birgina shu yilning yanvar va fevral oylarida 830 ta ana shu toifadagi korilgan ishlarning 720 tasi qanoatlantirilganida korish mumkin.

Ozboshimchalik bilan imorat qurib olgan aksariyat fuqarolar qonun talabini bilmaganligini vaj qilib, suddan qurgan imoratini buzmaslikni, aksincha qonuniylashtirib olishda yordam berishni sorab murojaat qilayotgan holatlar koplab uchraydi.

Vaholanki, amaldagi qonunchilik talabini bilmaslik - qonunni buzgan fuqaroga biron-bir imtiyoz keltirib chiqarmaydi. Imorat qurishdan oldin albatta tegishli tartibda ruxsat olish, shu yer maydonida imorat qurish huquqini qolga kiritish lozim (Er uchastkasini olish, imorat barpo etish tartib-tamoyillari Ozbekiston Respublikasining amaldagi Yer kodeksida oz aksini topgan). Shuni, alohida qayd etish lozimki, qishloq xojaligida foydalaniladigan yer maydonida noqonuniy ravishda qurilgan imoratlarga mulk huquqini belgilashga qonunchilik yol qoymaydi.

Qishloq xojaligida foydalaniladigan hosildor yerlarning talon taroj qilinishiga ayrim fermerlar, yoki ayrim mahalliy mutasaddilar sabab bolgan holatlar ham mavjud bolib, bu amaldagi yer qonunchiligi talabini kor-korona buzish va nafs balosiga uchrashdan iborat achinarli holatdir.

Sudga davo ariza kiritgan hokimlik yoki prokuraturadan, qaror chiqargan suddan ham norozi bolib, «adolatsizlik boldi» deb, turli yollar bilan jamoatchilik etiborini jalb qilish orqali ozboshimcha qurgan imoratini saqlab qolishga urinayotganlar ham bor. Ayrim holatlarda oilaviy ahvolini hisobga olgan holda joydagi mutasaddilar tomonidan boshqa joydan uy yoki yer maydoni taklif etilayotgan holatlarda ham ular tomonidan rad etilayotgani ota nomaqul harakatdir. Buni oz manfaatini amaldagi qonunlar va boshqalar manfaatidan ustun qoyish deb tushunish mumkin. Ana shu fuqarolarimiz tarozining bir pallasida ozining noqonuniy harakati va shaxsiy manfaati, tarozining ikkinchi pallasida esa butun elning manfaati turganligini tushunishlari lozim.

Shu orinda, yurtdoshlarimizga eslatish joizki, Asosiy Qonunimiz — Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga kora, yer, yer osti boyliklari, suv, osimliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlarning ozboshimchalik bilan egallanishi – jamiyatimiz azolari, yoshu-qari barchaning manfaatiga zid noqonuniy harakat ekanligini;

barchamizning rizqi-nasibamiz, shu yer orqasidan ekanligini;

shuningdek, ekin ekib hosil olish mumkin bolgan yerlarda kelajak avlodning ham haqqi borligini;

uni avaylab asrashga barchamiz birday burchli ekanligimizni unutmasligimiz lozim.

Xolmomin YoDGOROV,

Oliy sud raisining orinbosari.

TAHRIRIYaTDAN:

Bugun noqonuniy qurilgan uylar va ularni buzish masalasi atrofidagi bahs-munozaralar kuchaygandan-kuchayib bormoqda, turli xil fikrlar, takliflar bildirilmoqda.

Togri, maqolada aytilganidek, yer avlodlardan-avlodlarga qoladigan milliy boyligimiz. Uni talon-taroj qilishga, qonun-qoidani buzishga hech kimning haqi yoq. Afsuski, otgan yillar davomida kop qishloq joylarida ruxsatsiz imorat yoki molxona qurib olganlar boldi. Hatto sugoriladigan yoki fermerlarga tegishli yerlarda ham ozboshimchalik bilan uy-joylar qurildi.

Xosh, bugungi muammo yoki noroziliklar sababi nimada?

Birinchidan, ayrimlar qonunni, javobgarlikni bilib-bilmay imoratlar qurgan. Lekin qonunni bilmaslik maqolada aytilganidek, javobgarlikdan ozod qilolmaydi. Biroq boshqa savol kondalang boladi: mahalla fuqarolar yigini, huquq-tartibot idoralari, hokimlik masullari nega tomoshabin bolib turishgan? Yoki ular kabinetdan chiqmay otirishadimi?

Ikkinchidan, fermer xojaliklari yerlarida odamlar qanday qilib uy-joy qurib olishdi? Fermer kormay qolganmi, bilmay qolganmi? Uylar bir kechada qurilmaydiku.

Yoq, fermerlar yerlarni sotishgan. Otgan yili Qashqadaryoda bir necha kishiga yer sotgan fermer togrisida maqola elon qilgan edik. Jinoyat ishi qogatilib, fermer javobgarlikka tortildi, odamlardan olgan pullarini qaytarib berdi. Ammo odamlar fermer gapiga ishonib, moddiy zarar korishdi. Chunki qurilgan uylar buzib tashlandi, peshona teri bilan topgan pullari havoga sovurildi.

Bu kabi holatlarda uy-joylarga sarflangan xarajatni ham fermer hisobidan qoplansa, adolatli bolmasmidi?

Shuningdek, yer hokim qarori bilan berilgan bolsa yoki hokimiyat vakillaridan kimdir quravering, hujjatlarini togirlab beramiz, deb vada qilgani isbotlansa, odamlarning buzilgan uyi xarajatlarini hokim yoki uning vakili hisobidan undirilsa, togri boladi va bunday yechim korrupsiyaning oldini ham olgan bolardi. Bu nafaqat uy-joy, balki har qanday qurilishga tegishli. Hokim, arxitektor va boshqa masullar xatosi uchun odamlar jabrlanmasligi kerak. Odamlar esa qonunni hurmat qilishi, belgilangan tartib-qoidaga amal qilishlari shart, deb oylaymiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: