O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.03.2020

KASALLIK POLIGONI

YoKI AYaNChLI OQIBATLARGA OLIB KELIShI MUMKIN BO‘LGAN KATTA XAVF-XATAR OChOGI HAQIDA

Otgan chorshanba kuni Bosh muharrir topshiriq berdi: – Hamma ishlarni toxtatib, ertagayoq Toshkent tumani, Koksaroy qishloq fuqarolar yiginiga qarashli Qushqondi mahallasiga borasiz, dedi. Ushbu mahalla yaqinida joylashgan 10 gektarlik chiqindixonada sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilinmayotgani sababli aholi aziyat chekmoqda, ekologiyaga jiddiy ta’sir korsatmoqda ekan.

...Otgan yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga Xalq demokratik partiyasidan korsatilgan nomzodlar joylarda aholi vakillari bilan tizimli uchrashuvlar, suhbatlar otkazib, ular tomonidan ortaga tashlangan muammolarni organgan edi. Jumladan, Toshkent viloyati 91-saylov okrugidan nomzod, OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Maqsuda Vorisovaning Toshkent tumani, Koksaroy qishloq fuqarolar yiginiga qarashli Qushqondi mahallasida otkazilgan saylovoldi uchrashuvida fuqarolar ushbu masalani kotarishgan ekan. Malum bolishicha, hududda 5-6 yil burun qattiq maishiy chiqindilarni komish xizmatlari bilan shugullanadigan «Zangiota obodon» (sobiq Garant Aziya) MChJ tashkil etilgan. Shundan buyon bu yerda chiqindixona togi paydo bolgan, ekologik ahvol yomonlashib, aholi ortasida turli kasalliklar tarqalmoqda. Saylovchilar chiqindixonani aholi turar joy manzilidan uzoqroqqa kochirish haqida murojaat qilgan edi.

Deputatlikka nomzod albatta bu masalani organib, yechimini topishga vada bergan. 2020 yilning fevral oyi ortalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogligini saqlash masalalari qomitasi raisi orinbosari Maqsuda Vorisova vadaga binoan Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakili bilan birgalikda bu yerga kelib, ayanchli manzarani kordi, mahalla ahlining figonini eshitdi.

Bizning hududimiz ilgari viloyatimizning eng bahavo joylaridan biri hisoblanardi, deydi mehnat faxriysi, 74 yoshli Abduqahhor Usmonov. Bu yerdan madanli shifobaxsh suv chiqqanligi sababli, sanatoriylar qurildi. Hududimiz qoshni Qozogiston bilan chegaradosh, u tomonda ham ikkita ana shunday 350-400 orinli sanatoriy bor. Ana shu chiqindixona paydo boldi-yu, oromimiz buzildi.

Tasavvur qiling, 5-6 yil burun 10 gektarlik chiqindixona biz yashab turgan Koksaroy qishloq fuqarolar yiginiga qarashli Qushqondi mahallasi va osha yerda joylashgan 30-orta umumtalim maktabidan 1-1,5 kilometr narida qurilgan. Ob-havoning issiq kunlarida togdek uyulib yotgan chiqindi tarkibida yengil yonuvchi tashlandiq ikkilamchi xomashyo bolgani uchun olov 3-4 metr balandlikka kotariladi, undan chiqqan qolansa tutun osmonni qoplaydi. Keyin shamol yonalishi bilan 11,5 ming aholi istiqomat qiladigan uchta mahallaga, 1800 oquvchi talim oladigan maktabga yopiriladi. Hidiga chidab bolmaydi.

Bu yerdan chiqindixona qurishga kim ruxsat bergan, sanitariya-gigiyenik holatlar hisobga olinganmi, hozir kalavaning uchini topib bolmaydi. Hamma ozini javobgarlikdan olib qochadi. Bu haqda Prezident qabulxonasiga 4 marotaba murojaat qildik. Shikoyatimiz Toshkent tuman DSENMga yonaltirildi. U yerdan uch nafar vakil kelib, vaziyatni organdi, hamma joyni korib chiqishdi. Suratga olishdi, qandaydir bayonnomalar tuzishdi. Keyin qollaridan hech narsa kelmasligini aytishdi. Bolmasa nega keldilaringiz, desam, yuqoridan organib kelinglar, degan topshiriq boldi, biz shu topshiriqni bajarayapmiz xolos, deyishdi...

Mening uyim shu yerda, havo isishi bilan hamma yoqni pashsha bosib ketadi, koz ochirmaydi, deydi shu mahallada yashovchi tadbirkor Habibullo Shermatov. Yozda hovlida turib bolmaydi, mehmon kelib qolsa, tezroq ketishga harakat qiladi. Chiqindixonadan har kuni tarqaladigan tutun tufayli ekin bolmayapti, bir oydan keyin xashakka aylanib qolayapti. Qariyalarimiz nafas qisma bolishayapti...

Bu joylar ilgari bahavo, kurort zonasi edi, ob-havosi toza deb tanilgan, deydi gulchilik bilan shugullanadigan Murod Mirzayev. Hozir har kuni kechqurun 2-3 soat chiqindixonadan taralgan qolansa, achchiq hid tomoqni qichitib, kongilni behuzur qiladi. Bu qolansa hid oraliq masofasi 5 kilometrni tashkil etadigan Tutzor mahallasigacha yetib boradi. Bundan 10 kun avval Qushqondi mahallasida otkazilgan yigilishda shu masalani kotardim. Ogaynilar, bu masalani tezroq hal qilaylik, dedim. Xudo korsatmasin, biror-bir yuqumli kasallik tarqalsa, keyin kech boladi, dedim. Birortasidan joyali gap chiqmadi, yozgan shikoyatlarimiz aylanib-orgilib tuman DSENMga keladi, shu bilan ish tugaydi...

Toshkent shahrining bir qancha tumanidan qattiq maishiy chiqindilar shu yerga olib kelinadi. Yozda chiqindi tashiydigan mashinalardan oqqan suyuqlik yol-yolakay tokilib, hamma yoqni chidab bolmas darajada qolansa hid tutib ketadi. Bir kun ertalab atay turib, kunning yarmigacha kochadan otgan 470 chiqindi tashiydigan mashinalarni sanadim. Endi oylab koring, taxminan ortacha 500 chiqindi tashiydigan mashina u yoqdan-bu yoqqa otib tursa, unga sanatoriyga kelgan mehmonlarning, mahalliy aholining avtomobillari qoshilsa, buyogini ozingiz tasavvur qilavering. Bolalarimizni, nevaralarimizni kochaga chiqarishga qorqamiz. Ana shunday azobda qoldik...

Chiqindixona atrofida 40-50 nafar odam metall parchalari, organik mahsulotlar va shunga oxshash narsalarni yigib yuradi, deydi Birlashuv kochasi, 2-uyda yashovchi Ziyovuddin Nazarov. Qarovsiz it, mushuklarning-ku son-sanogi yoq. Yaqinda yana bir muammo paydo boldi. Oqtom mahallasida kam taminlangan, ehtiyojmand oilalar uchun 4 ta 4 qavatli uy, 20 ta kottej qurildi. Osha yerning kanalizatsiyasi yangi qurilgan uylardan 50 metr narida oqava suv (sbros) uchun qazilgan hovuzga yonaltirildi. Bundan norozi aholi janjal kotarganidan keyin uni 480 metr nariga olib boradigan bolishdi. Lekin u yer ham aholi yashaydigan manzil bolgani uchun janjal hali tingani yoq.

Yomgir yogsa, kochalarda mashinalardan tokilgan chiqindi qoldiqlarining badboy hididan nafas olib bolmaydi. Bir oy oldin uchta nevaram tinimsiz qusib, tobi bolmay qoldi. Shifokorga olib borsam, bu ekologiyadan, havo toza emasligidan zaharlangan deyishdi. Bu balo daf qilinishini sorab, kop joylarga murojaat qildik, foydasi bolmayapti.

Men bu yerga havosi tozaligi, suvi shirinligi uchun 1982 yilda kochib kelganman, deydi Dildora Egamberdiyeva. Olti yildan buyon uyqum ham, halovatim ham yoq. Ikki yil burun yurak ogrigi bilan shifoxonaga olib borishdi, klinik olimni boshimdan kechirdim. Hozir nafas qisma bolib qolganman, har uch oyda davolanib chiqaman. Bitta qizim birdaniga uchta chaqaloqladi, uchchovi ham chillasi chiqmasdan, hali godakligida shifoxonaga tushdi. Shifokorlar buni ham ekologik ahvolning yomonlashuvi tufayli, deyishdi.

Bu yerda yashayotgan katta yoshli aholining taxminan 60 foizida turli xil allergiya kasalliklari uchrayapti, yoshlarda badan qichishi, ogiz-burniga yara toshish, tomogi yalliglanib, shishib ketish holatlari kuzatilayapti. Qoshnimiz Rustam akaning nevarasi ikki oy ichida 7 marta shifoxonada yotib chiqdi.

Maishiy chiqindixonalarni aholi yashash manzillari yaqinida tashkil etish ekologik va resurslardan oqilona foydalanish mezonlariga zid bolib, yer osti suvlari va atmosferaning ifloslanishi, badboy hid tarqalishi, yongin kelib chiqish xavfi, turli infeksiyalar tarqalishi kabi ekologik xavf-xatar tugilishiga sabab boladi, deydi xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi, Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi aholi soglom turmush tarzini qollab-quvvatlash va jismoniy faoliyatini oshirish markazi boshligi Habibulla Rasulov. Respublikamizda maishiy chiqindilarni boshqarishning keng tarqalgan yoli ularni maxsus chiqindi poligonlariga chiqarib tashlashdir. Bu chiqindi poligonlari ekologiya va inson salomatligiga katta zarar yetkazadi. Chiqindilarni utilizatsiya qilishning ekologik xavfsiz tizimini yaratish respublikamiz uchun muhim masalalardan biri. Buni amalga oshirish uchun chiqindi tashlash joyi, uning tarkibi va hajmi, shuningdek, chiqindilar ekologiya va inson salomatligi uchun qanday xavf tugdirishi kabi masalalar atroflicha organib chiqilishi kerak.

Aslida bunday chiqindixona uchun togri joy tanlanganmi, yoqmi, degan savolga mutaxassislar joyali gap aytmayapti. Biroq chiqindi saqlash talablari buzilayotgani haqida hech qanday izohga hojat yoq. Shamolda uchib tozgiyotgan polietilen qop va yengil chiqindi qoldiqlari keng maydon, qolaversa, ekinzorlarni ham egallab olmoqda.

Bu yerda voyaga yetmagan bolalarning ham chiqindi titib yurganini uchratish mumkin. Bu hol kishini yanada tashvishga soladi. Men bu masalani tuman deputatlari muhokamasiga olib chiqdim, Shu bilan birga Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilganimizda, 2020 yilning 3 yanvarida 01/05-8 raqami bilan quyidagi javobni oldik (qisqartirib berilayapti):

Toshkent tumani hududida aholi xonadonlaridan hosil boladigan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bilan shugullanuvchi sobiq Garant Aziya MChJ hozirgi kunda Zangiota obodon MChJ ...balansida (10 gektarli) chiqindilarni komish poligoni (chiqindixona) mavjud bolib, ushbu chiqindixona yon-atrofida joylashgan aholi xonadonlariga tabiiy fizik ichki qizish natijasida yongin hosil bolishi va tevarak-atrofni badboy hidli tutun bilan qoplanishi holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan (Zangiota obodon MChJ) bir necha marotaba ogohlantirish xatlari berilib, Ozbekiston Respublikasining Chiqindilar togrisidagi qonunining 13-moddasi va Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi Kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan qonunbuzarlarga nisbatan choralar korilishiga qaramasdan, ushbu holatlar qaytarilmoqda(!?).

Shu munosabat bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ?019-2028 yillar davrida Ozbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash togrisidagi 2019 yil 17 apreldagi PQ-4291-sonli qarori (1,11-ilovasiga) asosan Yangiyol tumani, Yangiyol shahar, Zangiota tumani, Toshkent tumanlaridagi mavjud chiqindixonalar Yangiyol tumaniga kochirilishi rejaga kiritilganligini malum qilamiz.

Ushbu chiqindixona (poligon)ni kochirish yoki boshqa hududlardan yer maydoni ajratish Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakolat doirasiga kirmasligini eslatib otib, ushbu masala yuzasidan tuman hokimligiga murojaat xati yuborilganligini malum qilamiz...

Odamlar tashvishlanib murojaat qilayapti, idoralar bir-biriga xat yozishayapti. Ammo amaliy ish qilinmayapti, masullar negadir jim.

Ozbekiston Respublikasining Chiqindilar togrisidagi qonunida yuridik shaxslarning chiqindi bilan bogliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyati fuqarolar hayoti va sogligining hamda atrof-muhitning xavfsizligini taminlamogi kerakligi qatiy belgilangan.

Mazkur masala bilan koplab tashkilotlar, jamgarmalar, davlat organlari va talim muassasalari shugullanmoqda, albatta. Bu borada bir qator natijalarga erishilgan. Biroq qonun ijrosi boyicha hali kop ishlar qilinishi kerakka oxshaydi.

— Bizning Ozbekiston Prezidenti xalq qabulxonasiga yozgan shikoyatimizni yopish uchun ozini Zangiota obodon MChJ rahbari orinbosari Sadulla Mutalshayxov deb tanishtirgan yigit keldi, deydi pensioner Dildora Egamberdiyeva. Opajon, hamma etirozlaringizni qabul qilamiz, bartaraf etamiz, deb vada berdi. Telefon raqamlarini qoldirib, qanaqa muammoingiz bolsa, qongiroq qiling, hal qilamiz, deb, yalinib-yolvorib qol qoydirib oldi. Shundan buyon soyasini solmaydi. Qani, hozir qongiroq qilib koray-chi, deya uning telefon raqamini terdi:

Opajon, eshitaman, ovoz keldi telefonning narigi tomonidan.

Nega qongiroq qilsam, telefoningizni kotarmaysiz?

Telefonni qoldirib, boshqa joyga chiqqan bolsam kerak-da, mana olayapman-ku.

Bergan vadalaringizni bajarmayapsiz-ku!

Yoq, nega, keyingi oydan chiqindini qayta ishlaydigan, sortirovka qiladigan uskunalar keladi, ularni ornatamiz. Umuman chiqindi toplanib qolmaydigan qilamiz.

Nega, chiqindixonani kochirmayapsizlarmi?

Qayerga kochiramiz opa, juda katta kredit olganmiz, har kuniga 500 ming som ijara puli tolayapmiz. Lekin aholining bizga qoygan talablarini bajaramiz...

Mana shunaqa, dedi Dildora Egamberdiyeva qol telefonini ochirib. Bular chiqindixonani hali-beri boshqa joyga kochirmoqchi emas, bu holat shunday davom etsa, ozimiz mayli, farzandlarimiz turli kasalliklarga chalinishi mumkinligi bizni qattiq tashvishga solayapti.

Chiqindixonaga kirish va chiqish yollari nosozligi va asfaltlanmaganligi uchun hammayoq axlatga tolgan, dezinfeksiya qilinmaydi. Avtoulovlar kompost qilinmaydi, mayda kemiruvchilar va hasharotlarga qarshi zararsizlantirish ishlari bajarilmaydi. Chiqindi saqlash, komish ishlari talab darajasida emas, soat sayin chiqindi toglari osib borayapti. Bu chiqindixonaga kim masul? Nega Ozbekiston Respublikasining Chiqindilar togrisidagi qonun talablari buzilayapti? Bu hududning egasi bormi ozi?

Bu kabi savollarga tegishli idoralar va tashkilotlar javob topadi, deb oylaymiz.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: