O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
25.02.2020

KIMYo SANOATIDAGI ASOSIY VAZIFALAR BELGILAB BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish boyicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bagishlangan yigilish otkazdi.

Songgi yillarda sohani modernizatsiya qilish, moliyaviy-iqtisodiy soglomlashtirish va yuqori qoshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish boyicha koplab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini kotarish maqsadida bozor mexanizmlari joriy etilib, narxni shakllantirish tartibi butunlay qayta korib chiqildi. Natijada kimyo tarmogi otgan yilni 2018 yilga nisbatan 2,3 barobar kop foyda bilan yakunladi.

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Shortan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilgi, Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodlari qurilmoqda.

Davlatimiz rahbari shu yil yanvar oyida parlamentga yollagan Murojaatnomasida va Oliy Majlis palatalari qoshma majlisida kimyo sohasiga alohida e’tibor qaratib, hukumat oldiga uni modernizatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish boyicha qator vazifalar qoygan edi.

Bu bejiz emas. Chunki mazkur tarmoqda muammolar, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar kop. Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bolgan, murakkab tarkibga ega bolmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda. Eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral ogitlar ulushi juda katta. Ishlatilayotgan uskunalar 60 foiz eskirgan, energiya sarfi meyordan 2-3 baravar ortiq.

Tanqidiy-tahliliy ruhda otgan yigilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish boyicha vazifalar belgilandi.

Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hisobiga tannarxni pasaytirish boyicha topshiriqlar berildi. Raqamli texnologiyalarni qollash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatlashtirish darajasini kotarish muhimligi qayd etildi.

Kimyo sohasida yangi yonalishlarni rivojlantirish, xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligi takidlandi.

Toqimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, istemol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid ishlab chiqarishni tez muddatda loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bosqichini loyihalashtirish boyicha korsatmalar berildi.

Fargonaazot aksiyadorlik jamiyati, Qongirot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodida davlat ulushini investorlarga sotish masalalariga ham toxtalib otildi.

Kichik tonnajli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida bosh turgan maydonlar negizida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Malumki, joriy yil mamlakatimizda Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb elon qilinib, har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yonalishini rivojlantirish belgilab olindi. Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichidagi muhim yonalishlardan biri esa kimyo sohasidir.

Shu bois yigilishda ushbu tarmoqda talim va ilm-fanni takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash juda muhimligi takidlandi. Ilm-fan va ishlab chiqarish ortasidagi aloqani mustahkamlash, buning uchun tadqiqotlarning soha korxonalari ehtiyojiga hamohangligini taminlash zarurligi korsatib otildi.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish, Toshkent kimyo texnologiya institutida mutaxassisliklar va oquv dasturlarini takomillashtirish boyicha korsatmalar berildi.

Mutasaddilar yigilishda muhokama qilingan masalalar va sohadagi istiqbolli rejalar yuzasidan axborot berdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: