O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
18.02.2020

IKKI HIMOYa TIZIMLI DISSERTATSIYA YO'LAShNI TAShKIL ETISh

va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti joriy etilmoqda

Kuni kecha Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan otkazilgan brifingda izlanuvchilik, tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy ishni himoya qilishda qulayliklar yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Binar (ikki himoya) tizimi asosida tayyorlangan dissertatsiya – ornatilgan tartibda mavzusi tasdiqlanib, nazariy tadqiqotlar va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish jarayoni ikki nafar izlanuvchi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan, tadqiqotning mazmun-mohiyati belgilangan talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida nazariy ilmiy yangiliklari tizimli ravishda asoslangan (fan doktori (DSc) uchun) va innovatsion ilmiy yangiliklari amaliyotga maqsadli joriy etilgan (falsafa doktori (PhD) uchun) qolyozma huquqiga ega bolgan ilmiy asar hisoblanadi.

Bu tizim asosida dissertatsiya tayyorlash, uni himoya qilish va talabgorlarni tegishli ravishda fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlash oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan otkazishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda binar himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil qilish muayyan fan tarmogi boyicha bitta dissertatsiya ikki nafar, jumladan, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor va ilmiy darajaga ega bolmagan shaxs tomonidan tayyorlanishi mumkin.

Shuni takidlash lozimki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun talabgor oz ilmiy faoliyatini mustaqil izlanuvchilik instituti asosida olib boradi. Ilmiy kengash esa ilmiy darajalarni berish (bermaslik) togrisida yagona qaror qabul qiladi va bu qaror har ikki talabgorga nisbatan teng qollanadi.

Bir soz bilan aytganda, binar (ikkitalik) himoya tizimi innovatsion xususiyatga ega tadqiqotlarni rivojlantirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tezkor joriy etishning samarali mexanizmlarini yolga qoyishda muhim ahamiyatga egadir.

Shuningdek, brifingda, ilmiy darajalarni berish vakolatini bosqichma-bosqich ravishda ilmiy kengashlarga otkazishning fundamental asosini yaratish, iqtidorli yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirish, qolaversa, jamiyatda ilmiy faoliyat nufuzini yanada kotarishga xizmat qilishi takidlandi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: