O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
18.02.2020

KORRUPSIYA JAHOLATGA ELTUVChI ILLAT

“Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, tabir joiz bo‘lsa, halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oz oldimizga qoygan yuksak marralarga erisha olmaymiz.

Murojaatnomada xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qoyadigan adolat tuygusini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida etibor qaratildi. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yol qoymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani togrisidagi qonun talablarini amalda taminlash boyicha qatiy choralar korish zarurligi takidlanmoqda.

Mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisidagi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi Ozbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida Farmoni qabul qilingani bu boradagi izchil say-harakatlarning mantiqiy davomi bolib, bundan kozlangan asosiy maqsad esa yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajada qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi obrosini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan.

Aytish joizki, hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylandi. Bu illat keltirib chiqarayotgan oqibatlar har qanday jamiyatni ich-ichidan yemirib, uni parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Korrupsiya demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qopol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishini izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun ota xavfli bolgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.

Bugungi kunda korrupsiya muammosi dunyo miqyosida oz yechimini talab etayotgan birinchi masalalardan hisoblanadi. Shu bois ham jahon hamjamiyati bu illatga qarshi keskin kurashmoqda. Bu yonalishda bir qator xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan. Xususan, BMT homiyligida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish rezolutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxorlikka qarshi kurashish deklaratsiyasi (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000 y.), Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 y.) va boshqalar shular jumlasidandir.

Korrupsiya va poraxorlikning zararli illatlari muqaddas Islom dinida ham qattiq qoralanadi.

Birovning haqqini nohaq yeyish hamda pora beruvchi va pora oluvchi ham ogir gunohkor bolishi aytib otiladi.

Pora arab tilida rishva deb ataladi, shariy istilohda esa, Poraxaqni yoqqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsadir.

Misol uchun birovning bir narsada haqqi bor, osha haqni olish uchun hokimning hukmiga qarab turibdi. Ikkinchi bir odam kelib ozi haqdor bolmasa ham hokimga pul berib, oz foydasiga osha narsani berishni soraydi. Hokim osha ishni qilsa, haqdorning haqqi poymol bolib, nohaqdan birov foydasiga hukm qilgan boladi. Korinib turibdiki, bu holatda pora beruvchi ham, pora oluvchi ham nohaq ish qilmoqda, birovning haqqiga xiyonat qilib, oz foydasini koz¬lamoqda.

Abdulloh ibn Amr roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi Rasulullox sallollohu alayhi vassallam: Pora beruvchiga va pora oluvchiga Allohning lanati bolsin, – dedilar. Rasululloh sallollohu alayhi vassallam ikkovlarini ham ushbu harom ishni qilganlari uchun lanatlamoqdalar. Rasululloh sallollohu alayhi vassallamning lanatlari juda ogir jazodir. Chunki lanat birovni Allohning rahmatidan uzoq bolishini sorashdir.

Yana bir hadisda Paygambarimiz sallollohu alayhi vassallam: Pora beruvchi ham, oluvchi ham, ortada turuvchi ham jahannamga tashlanadi dedilar.

Odatda pora oluvchini qoralash manosida kop gapiramiz-u, pora beruvchi togrisida gapirmaymiz. Holbuki, ushbu hadisi sharifda pora beruvchi oldin zikr qilinmoqda. Chunki pora deb nomlangan iqtisodiy, axloqiy, ijtimoiy jinoyatni boshlovchi pora beruvchidir. Oluvchi va vositachilik qiluvchining ham gunohi birxil.

Bu boradagi asoslar Ozbekiston Respublikasi qonunlarida ham oz aksini topgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 210-212-moddalarida poraxorlik va pora olish-berishda vositachilik qilish jamiyat uchun ijtimoiy xavfi yuqori va ogir oqibatlarga olib keluvchi jinoyatlar toifasiga kiradi. Ushbu jinoyatlar jamiyatning manaviy-axloqiy negiziga putur yetkazibgina qolmay, yangi jinoiy qilmishlar sodir etilishiga ham yol ochib beradi. Shu bois, pora berganlik va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun jinoiy jazolarning kuchaytirilgani salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tarixga nazar tashlasak, sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida jinoyat va jazo masalalarini hal etishda Temur tuzuklari alohida orin egallagan. Tuzuklarda mulkni, xususan, davlat mulkini ozlashtirganlik uchun javobgarlikni belgilashda oziga xos yondashuv mavjud bolgan.

Osha davrda amaldorlar ishini tartibga solish maqsadida vaqti-vaqti bilan soroq, tekshirish, taftish, tergov otkazib turilgan. Oz amalini suiistemol qilish, poraxorlik, doimiy ravishda ichkilik ichish, maishiy buzuqlik kabi qilmishlar ogir jinoyat hisoblangan va qattiq jazolangan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Amir Temurning ogli Mironshoh, nevaralari Pirmuhammad va Halil Sultonlar yuqorida zikr etilgan meyorlarni buzganlik uchun xalq oldida jazoga tortilgan.

Korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashishda qonuniy qollaniladigan har qanday chora-tadbir foydalidir. Jumladan, huquqiy jihatdan korrupsiya turkimiga kiruvchi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish, ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning sud jarayonlarini xalq orasida oshkora otkazilishi, OAVda keng yoritilishi oz samarasini beradi, deb oylaymiz. Jinoyat sodir etilishiga sababchi bolgan shart-sharoitlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish, tegishli chora-tadbirlarni korish, bunda jamoatchilikni xabardor qilish muhim ahamiyatga ega. Korrupsiya turkumiga kiruvchi jinoyatchilikni aniqlashda nafaqat vositachilik qilgan, balki tashkilotchi, yordamchi, homiylik qilgan va yol qoyib bergan shaxslar ham aniqlanib, barchalari javobgarlikka tortilishini taminlash lozim deb xisoblaymiz. Shuni ham aytib otish kerakki, amaliyotda aksariyat hollarda pora oluvchi uni qollab quvvatlab turuvchi, yuqorida turuvchi mansabdor shaxslar manfaatini kozlab ham muntazam pora olish-berish bilan shugullanib kelgan boladi, ayrimlari qolga olinib, asosiy jinoyatchilar etibordan tashqarida qolib, yana osha qingir ishlarini davom ettirishaveradi. Ana shu sabablarga kora, korrupsiyaviy qilmishlar davom etaveradi. Bunday holatlarga chek qoyish uchun har bir jinoyatning ildizigacha aniqlash va tegishli jazoga tortish talab etiladi.

Butun dunyo hamjamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini qollayotgan bugungi kunda, respublikamiz xalqini ham bu millatdan bir necha takliflarni bildirmoqchimiz: Har bir davlat organi idoralari, korxona, tashkilot, muassasa, fuqarolarning ozini ozi boshqarish jamiyatida korrupsiyaga moyilligi bor shaxslarni aniqlash borasida jamoatchilik kengashlari tashkil etib, qonuniy yollar bilan ularni aniqlab, jamiyatni bunday unsurlardan tozalash: Korrupsiya yoli orqali noqonuniy daromad bilan yashayotgan shaxslarni aniqlab, tegishli idoralarga xabar berish talim-tarbiya berishda nopok yollar bilan yashash yomon illat ekanligini ular ongiga singdirib borish lozim boladi.

Zafariddin TURDIYeV,

Umar MELIYeV,

A.Avloniy nomidagi Xalq talimi Tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta oqituvchilari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: