O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.02.2020

HAR ChIROQ OChGANDA...

aholi bizni «eng chiroyli» gaplari bilan qanday eslashlarini yaxshi bilamiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati tomonidan Otgan yilda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar mavzuida matbuot anjumani otkazildi. Unda jamiyat rahbariyati va mutasaddilari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

— Bugun sohadagi tub ozgarishlarga Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar muhim dasturilamal bolib xizmat qilmoqda, deydi Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulugbek Mustafoyev. Xususan, Prezidentimizning 2019 yil 27 martdagi Ozbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi togrisidagi qaroriga muvofiq, elektr energiyani yakuniy istemolchilarga taqsimlovchi hamda sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Mazkur jamiyatimiz tarkibiga 16 ta korxona kiritilgan bolib, shundan 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, shuningdek, ushbu obyektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, modernizatsiya, kapital va joriy tamirlash ishlarini amalga oshiruvchi 14 ta hududiy elektr tarmogidan iborat. Bundan tashqari, bugungi kunda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Davlat dasturlari asosida mamlakatimiz boylab elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarini tamirlash va rekonstruksiya qilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Jumladan, Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi ?017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurish dasturi togrisidagi qarori asosida otgan yilda 7289,1 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari hamda 2701 ta transformator punkti modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi. Birgina, 2015 yil bilan taqqoslaganda, 840,67 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari hamda 619 ta transformator punkti modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan edi.

Shu bilan birga, qishloq hududlari infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Obod qishloq dasturi doirasida 2560 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 808 ta transformator punkti yangidan qurildi. Qolaversa, 2865 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda 1567 ta transformator punkti mukammal tamirlandi.

Bu boradagi ishlar Obod mahalla dasturi doirasida ham izchil davom ettirilmoqda. Ushbu dastur ijrosini taminlash borasida 227 kilometr uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 108 ta transformator punkti yangilandi. 188 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 272 ta transformator punkti esa mukammal tamirdan chiqarildi.

Elektr uskuna va tarmoqlarni yangilashda zamonaviy texnologiyalarni qollash eng muhim masalalardan biridir. Shu bois, tayanchda ornatilgan germetik transformatorlar, izolatsiyalangan SIP simlardan foydalanish natijasida elektr energiyasini uzatishda tarmoqdagi yoqotishlar va inson hayotiga xavf soluvchi omillarning oldi olinmoqda. Natijada, istemolchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.

Ushbu ishlarni amalga oshirish tufayli respublikamiz hududlaridagi 1,6 mingdan ortiq mahalla va qishloqdagi 1,7 million nafardan ortiq aholi xonadoni, shu jumladan, Obod qishloq dasturi doirasida mukammal tamirlash ishlari olib borilishi natijasida 481 ta qishloqdagi 102 mingdan ortiq, shuningdek, Obod mahalla dasturi doirasidagi ishlar esa 115 ta mahalladagi 23 mingdan ortiq aholi xonadonida elektr energiyasi taminoti tubdan yaxshilandi.

Sir emas, islohotlarning yangi bosqichida aholi, ularning murojaatlari bilan ishlashning mutlaqo yangicha tizimi ishga tushirildi. Buning uchun barcha davlat va jamoat tashkilotlari fuqarolardan ozlariga taalluqli masalalarni qabul qilish va organish maqsadida Ishonch telefonlari tashkil etildi. Ayni paytda ushbu tizim orqali fuqarolarning murojaatlari, ular ortida turgan muammolari organilib, qanoatlantirilayotgani oz samarasini bermoqda. Xususan, Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga oz vaqtida va sifatli javob qaytarish maqsadida ?154 qisqa raqamli Call-centr ishga tushirildi. Hozirgi kunda Toshkent shahri boyicha test rejimida faoliyat boshlagan ushbu Call-centr qisqa fursatlarda butun respublika boylab tatbiq etilishi kozda tutilgan.

Matbuot anjumanida sohada otgan yili amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, joriy yildagi asosiy vazifalar haqida ham malumot berildi. Xususan, joriy yilda 9304,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 3364 ta transformator punktlarida modernizatsiya va yangilash ishlari ishlari bajarilishi rejalashtirilgani, mahalliylashtirish dasturiga kora, otgan yilda elektr tarmoqlari korxonalari tarkibida 4 ta temir-beton tayanch ishlab chiqarish zavodlari tashkil etilib, bu yil ushbu ishlarni davom ettirish maqsadida qoshimcha ravishda soha uchun zarur uskunalar ishlab chiqaruvchi yana 8 ta korxona ishga tushirilishi natijasida joylarda eskirgan simyogochlarni temir-beton tayanchlarga almashtirish ishlarini jadallashtirish imkoni yaratilishi takidlandi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan tushgan aksariyat savollar elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlarining borishi haqida boldi.

Boshqaruv raisi ushbu mavzuga ham alohida toxtalib otib, ayni paytga qadar mamlakatimizning 68 ta tuman va shaharlarida 3 milliondan ziyod istemolchilar xonadonlariga zamonaviy elektr hisoblagichlar ornatilgani, 2020 yil yakunigacha bu korsatkichni yanada oshirish, yani 7 million nafar istemolchi ushbu tizimga toliq ulanishi taminlanishini takidladi. Shuningdek, ushbu tizimning sinov loyihasini amalga oshirish davomida istemolchilardan foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq tolash darajasi 99 foizgacha osgan. Bu esa kelajakda istemolchi va yetkazib beruvchi ortasidagi hisob-kitob tizimi ortiqcha muammolardan xoli bolishini taminlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.

Jurnalistlar tomonidan aholi orasida takror-takror chiroq ochishi bilan bogliq etirozlar kopayib borayotgani, oxir-oqibat qachon xalqimiz uzluksiz eletr energiya balan taminlanishi mumkinligi haqida berishgan savollarga jamiyat boshqaruvi raisi Ulugbek Mustafoyev qoydagicha javob qaytardi:

Aholimiz kopincha, yani oddiy xalqchil tilda aytganda, nega saylov kunlari yoki bayram kunlari chiroq ochmaydi, keyin yana ocha boshlaydi? deb etiroz bildiradi, bu haqli savol. Men ozim ham qishloqda yashaganman, ahvoldan boxabarman, qaysiki mahalla va qishloqda har chiroq ochganda aholi bizni qanday eslashlarini juda yaxshi bilamiz.

Aynan saylov va bayram kunlari bizda bir kilovatt elektr energiyasining tannarxi 9-10 sentga chiqib ketadi. Chunki osha kunlari tigiz tartibda ishlaymiz va vaziyatdan chiqish uchun mazut yoqamiz. Ammo biz har doim ham mazut yoqa olmaymiz, mazut ham tanqis mahsulot, ham juda qimmatga tushadi. Oshanday kunlari, tannarx 9-10 sentga chiqqanda ham aholi uchun narx ozgarmaydi – 295 som, bu 3 sent atrofida degani. Bir soz bilan aytganda yaqin yillarda, yani aniq yilini ayta olmayman. Ammo qilayotgan barcha harakatlarimiz aholimizni uzluksiz elekt energiya bilan taminlashga qaratilgandir. Buni yaqin yillar davomida barchamiz birdek guvohi bolamiz.

Anjuman songida jamiyat tomonidan otgan yilda sohani isloh etish borasida amalga oshirilgan ishlar joriy yilda ham davom etishi, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlash ishlarini yangi bosqichga olib chiqishi takidlandi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: