O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
11.02.2020

SHODMONQUL SALOM: BIZDA VATANPARVARLIK YETISHMAYDI

Prezidentimizning parlamentga Murojaatini barchamiz eshitdik. Qanchalik katta maqsadlar, muddaolar ko‘zda tutilgan, tobora ozgarayotgan Ozbekiston uchun qimmatli bu dasturdan har birimiz ozimizcha xulosalar qildik. 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”deb atalishi ham bejiz emas. Otgan uch yil davomida bu bosqichga keraklicha tajriba va zamin hozirlandi. Ilmga, marifatga etiborning qay darajada ozgarganini barchamiz korib, bilib turibmiz.

Shu orinda bir fikr aytish zarur. Bu zahmatkash kasb egalari bolgan muallimning nufuzi, oqituvchilarning qayta tiklangan obrosidir. Yurakdan otkarib, tan olib aytish lozimki, bu katta yutuq. Negaki, bashariyatni hamisha ilmu marifat qutqargan, jaholat dengizidan ilmu marifatgina kelajak sohilga olib chiqqan. Dunyoda ilmdan boshqa najot yoq va bolmagay degan olmas hikmatni aytgan, muallimning, ilmning qadrini saqlamoq uchun quvginga uchragan Imom al-Buxoriy ham avvalo ustozdir.

Shunday ekan, ilm, marifat, manaviyat chinakamiga yuksalgan zaminda taraqqiyot, taraqqiyotki favqulodda yuksalishni ozida mujassam qilgan jarayon yuz bermay qolmaydi.

Prezidentning Ozbekistonda korrupsiyani yoqotishga qarshi aytgan keskin sozlari ham serhosil dalani chirmovuqdan tozalashga mengzab ketadi. Axir qancha dori-darmon, parvarish bolmasin, yovvoyi otlar yulinmasa, daladan kutilgan hosil olinmaydi-da! Shunday bolgach, koplab mamlakatlar allaqachon yetishib bolgan raqamli hisob-kitobga ham qachondir otish kerak edi-ku. Muhimi, bunday inqilobiy ozgarishlarni amalga oshirish uchun aholisi 34 millionga yetgan Ozbekistonda barcha imkoniyat, manbalar mavjud.

Murojaatda alohida takidlangan halollik vaksinasi iborasi bir qalamkash sifatida meni oylantirib qoydi: bu ibora zamirida bizning ogriqlarimiz bor. Demak, biz aynan shunday vaksinaga, shifo vositasiga muhtoj bolib qolibmiz-da. Bu dunyoga halol non ulashgan ozbek uchun xijolatli. Ammo bor gap. Dardni oshkora aytmoq uyat emas.

Yaqinda Yaponiyada safarda bolib qaytgan dostim bilan Toshkent yollarida joriy qilingan bir tartib xususida suhbatlashib qoldim. Yani, kimdir mashinasini qoyish mumkin bolmagan joyga qoldirsa, buni korgan kishi rasmga tushirib Yol-patrul xizmati idorasining tegishli manziliga jonatsa, osha kishining hisobiga on ming som pul tushadi. Bu osha haydovchi uchun jarima degani. Men bu ishni oqlamadim. Axir, on ming som pul uchun birovning qargishiga qolish yaxshimi, degan mazmunda gapirdim. Dostim esa meni ajablantirib gapimga qoshilmadi. Oz navbatida Yaponiyada korgan bir hodisani aytib berdi:

– Tokioning tirband yollarida mashinalar ancha vaqt toxtab qolisharkan. Ertalab edi, men vaqtni tejash, qolaversa, nonushta qilmaganim sababli paketdagi yegulikni ochdim va yengilgina ovqatlanib oldim. Songra, odatlanib qolganmiz-ku, chiqindini derazadan irgitdim. Haydovchi bekor qildingiz-da, dedi. U yigirma yildan beri Tokioda yashaydigan ozbek. Uning norozi bosh irgagani sababini bir kundan keyin bildim. Uning uyiga qanchadir jarima korsatilgan qogoz kelibdi. Osha mening ishim tufayli shunday bolibdi. Men atrof-muhitni ifloslantirganim uchun uning mashinasi raqamini ortimizda turgan mashina egasimi, yolovchilardan birimi xabar qilgan.

Shuning uchun ham 130 milliondan ziyod aholisi bor Yaponiyaning har bir qarich yeri toza-ozoda. Bunga nima deysiz? Siz aytgan haydovchining noorin turgan mashinasi sabab kattagina falokat roy berishi mumkin emasmi? Bunday holatda haydovchining qargishi kimga yetadi?

Kozga ilmaydigan, pisand qilmasa ham bolaveradigan kichik hodisa-voqea zamirida qanday kop gaplar bor-a!

Nima uchun bularni aytayapman. Bizda vatanparvarlik yetishmaydi. Biz umum manfaatini oz manfaatimizdan ustun qoyolmayapmiz hali ham. Bunga hatto loqayd qaraymiz...

Muxtasar aytganda, Prezidentning parlamentga Murojaati barchamiz uchun oziga xos dastur bolishi kerak. Aytganimiz, yozganimiz bilan bajaradiganimiz bir-biriga muvofiq bolishi shart! Shundagina murod hosil bolur!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: