O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
11.02.2020

RAQAMLI IQTISODIYoT NIMA?

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020 yil – “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodni rivojlantirish” yili deb elon qilindi. Mazkur tarixiy hujjatda taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi alohida takidlandi.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi biz uchun nisbatan yangi tushuncha bolib, avvalo uning asosiy mazmun va mohiyatini chuqurroq anglab olishimiz muhimdir.

Jahon hamjamiyati postindustrial taraqqiyot bosqichiga otmoqda. Bu bosqich iqtisodda xizmatlar korsatish sohasining ustuvorligi va komputer, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bilan tavsiflanadi. Raqamli iqtisodiyot bu birinchi navbatda raqamli korinishdagi axborotlarning xojalik yuritish sohasida asosiy omilga ega bolishi, katta hajmdagi bu axborotlarning qayta ishlanishi va tahlili asosida xojalik yuritish samaradorligini oshirishdir. Boshqacha aytganda, raqamli iqtisodiyot raqamli komputer texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bolib, elektron tijorat, onlayn xizmatlar korsatish, elektron tolov tizimini joriy etish, internet savdoni yolga qoyish va boshqa bir qator ishlarni oz ichiga oladi. Umuman, raqamli iqtisodiyotni iqtisodiyotning mutlaqo yangi modeli sifatida ham qarash mumkin. Mana shuning uchun bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishda, iqtisodiy-ijtimoiy tizimimizni ozgartirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.

Xosh, bu bizga nima beradi? Eng avvalo, xizmat korsatish sohasida qator qulayliklar yaratiladi, yani tezroq, sifatliroq va arzonroq xizmat korsatish imkoniyati yaratiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va amalga oshirish sohasida ham bir qator qulayliklar paydo boladi.

Bular nimada oz ifodasini topadi? Ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi osadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligi oshadi, ishlab chiqarish xarajatlarini keskin qisqartirish imkoniyati paydo boladi, ishlab chiqarishda yuqori malaka talab qilinmaydigan vazifalardagi ishchilar soni qisqarib, avtomatik boshqarish tizimida komputerlarda jarayonlarni boshqaruvchi xodimlar soni oshadi, yani mehnat oddiy mehnatdan intellektual mehnatga aylanib boradi. Bularning hammasi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Pirovardida yuqori iqtisodiy osish suratlariga erishiladi. Xizmat korsatish va iqtisodiy munosabatlarda inson omilining tasiri keskin kamayadi. Bu esa byurokratiya, sansalorlik, turli mamuriy tosiqlar kabi hayotimizda uchrab turgan kamchiliklarning barham topishiga olib keladi. Eng asosiysi, Prezidentimiz sozlari bilan aytganda meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogir illat korrupsiya balosini yoqotishda ham raqamli texnologiyalar samarali vositadir.

Respublikamizda raqamli texnologiyalarga otish boyicha hozirgacha birmuncha ishlar amalga oshirildi. Xususan, tolovlarni amalga oshirishning plastik kartalar orqali onlayn tizimi joriy qilindi. Sohada protsessing markazlari kopayib, raqobat muhiti shakllanmoqda. Avia va temiryol chiptalarini xarid qilishning elektron tizimi joriy qilindi. Lekin bu tizim takomillashtirilishi kerak. Xususan, hozir temiryol chiptalarini tayyor holda hamma poyezdlarga elektron tarzda olish imkoniyati yoq. Malumotlar bazasi ham toliq emas, bronda turgan joylar haqida ham malumotlar berilsa yaxshi boladi. Elektr istemolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ASKUE) joriy qilish boyicha qaror qabul qilinganiga 10 yildan oshgan bolsa-da, tizimni joriy qilish juda sekin ketayapti. Oxirgi ikki yildagina ish joyidan siljidi. Tajriba tariqasida Samarqand viloyatining ayrim mahalla hududlarida bu tizimning joriy qilinishi elektr energiya istemolini qariyb ikki barobar kamayganligini korsatdi. Bu tizimni tabiiy gaz taminotiga ham joriy qilish boyicha ishlar boshlangan. Yaqin istiqbolda fuqarolarimiz pensiyaga chiqishi uchun faqat pasporti bilan borib, murojaat qilishi kifoya boladigan tizimning yaratilishini olib qaraylik. Bu odamlarimizga qanday yengilliklarni yaratib berishini tasavvur qilish qiyin emas. Bu ishlar raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishi boyicha qoyilgan dastlabki qadamlardir. Lekin, shuning oziyoq uning qanday afzalliklarga ega ekanligini yaqqol korsatib turipti.

Prezidentimiz Murojaaatnomada raqamli iqtisodiyotni joriy qilish boyicha birinchi navbatda bajarilishi lozim bolgan vazifalarni ham belgilab berdi. Qurilish, energetika, qishloq va suv xojaligi, transport, geologiya, kadastr, sogliqni saqlash, talim, arxiv sohalarini toliq raqamlashtirish, Elektron hukumat tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta korib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish vazifalari topshirildi. Toshkent shahridan tashqari Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham IT-parklar tashkil etilishi belgilandi. Buni ham juda katta ahamiyatga ega yechim deb qarashimiz togridir. Bu muassasalarda ishlaydigan kadrlarni tayyorlash bugungi kunda eng muhim masalalardan biridir. Umuman, raqamli iqtisodiyotga otishda yuqori malakali komputer dasturchilari, axborot texnologiyalarini puxta egallagan xodimlarga ehtiyoj keskin oshadi. Bu borada Prezidentimiz aytgan xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi loyihasini amalga oshirish loyihasi beqiyos ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, hozir-da axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlayotgan oliy oquv yurtlari faoliyatini ham keskin jonlantirish talab etiladi. Hozir respublikamizning bir qator oliy oquv yurtlari va xorijiy universitetlarning filiallarida axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Samarqand davlat universitetida ham bu borada katta tajriba toplangan. Amaliy matematika va informatika fakultetining moddiy-texnik bazasi keyingi 2-3 yil ichida mustahkamlandi, zamonaviy yuqori quvvatli komputerlar xarid qilindi, talabalar soni kopaydi. Hukumatimizning universitet faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yonalishda yosh oqituvchilarimiz qator chet el nufuzli universitetlarida, jumladan, Angliya, Koreya, Hindiston davlatlaridagi universitetlarda malaka oshirib kelishdi. Prezidentimizning Murojaatnomasidan song biz ozimizga yangi vazifalarni belgilab oldik. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qanday kadrlar tayyorlashimiz kerakligi, ularning munosib ish orinlarini topishi, xususan, Prezidentimiz qoygan 1 million dasturchi loyihasida ularning ishtirok etishi, tashkil etilayotgan IT-parklarda tolaqonli faoliyat yurita olishi uchun bajarishimiz lozim bolgan aniq rejalarni tuzib oldik. Bolayotgan ishlarning yana bir yaxshi tarafi shuki, axborot texnologiyalari yonalishida kadrlar chiqarayotgan oliy talim muassasalari soni oshib bormoqda. Bu kadrlar tayyorlash borasida raqobat muhitini yaratadi, bu esa shubhasiz ularni tayyorlash sifatini oshiradi.

Albatta, raqamli iqtisodiyotga otishni yuqori tezlikda ishlaydigan internet tarmogisiz tasavvur qilish mumkin emas. Bu borada respublikada oxirgi uch yilda katta ishlar qilindi, yaxshi qarorlar qabul qilindi. Lekin, qilinishi lozim bolgan ishlar kolami nihoyatda katta. Shuning uchun Prezidentimiz tomonidan yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor Internet bilan taminlash, jumladan, yana 12 mingta muassasani tezkor Internetga ulash boyicha qoygan vazifalari soha rivoji uchun muhimdir. Bu nafaqat shaharlarimizda, balki qishloqlarimizda ham raqamli xizmat korsatish tizimini yolga qoyish imkonini beradi. Bu vazifalarni ijro etish maqsadida Raqamli Ozbekiston 2030 dasturi ishlab chiqiladigan boldi.

Bank tizimida raqamli texnologiyalarni qollash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy taminotlarni tubdan yangilash moliyaviy munosabatlar, pul-tolov tizimida xizmatlar darajasini zamon talablari darajasiga kotarish imkonini beradi. Tadbirkor raqamli texnologiya yordamida bosh yer maydonlari, bino va inshootlar, ularning qiymati va shartlari haqidagi toliq xaritani istalgan vaqt va hududda onlayn tartibida olish imkoniyatiga ega boladi. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning eng samarali yoli ham sohani raqamlashtirishdir.

Matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yonalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirish maqsadida olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga alohida etibor qaratilmoqda. Dunyo allaqachon konlar xaritalarining raqamli modellarini tuzishga, konlarning 3D modellarini yaratishga, geoaxborot tizimlarini keng ishlatishga otib bolgan. Geologiya sohasida tadqiqotlarning rivojlanishi, yangi tadqiqot usullarining qollanilishi sohaning jadallik bilan rivojlanishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 4 ta ilmiy tadqiqot institutlari negizida yaxlit majmua zamonaviy universitet tashkil etilishi ham bu borada juda muhim tashkiliy yechim boldi.

Bugungi kunda yurtimizga kelayotgan xorijiy sayyohlarga zamonaviy xizmatlar korsatishda muayyan muammolar bor. Bu sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish juda dolzarb va kechiktirmasdan hal qilinishi lozim bolgan vazifadir. Xorijiy sayyohlarga yurtimizga kelmasdan turiboq turli transport vositalariga chiptalarni erkin elektron xarid qilish, mehmonxonalarga joylashish uchun oldindan tolov qilish, umuman, barcha turdagi kattayu-kichik xizmatlar uchun oldindan elektron talabnoma berish imkoniyatini yaratish lozim. Oz-ozidan tushunarliki, bu sohani raqamlashtirish bilan bevosita bogliq.

Xulosa qilib aytganda, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash barobarida aholi farovonligini oshiradi, odamlarimizning bugungi hayotdan rozi bolib yashashlari uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Baxtiyor XOJAYoROV,

Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi mudiri, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: