O'zb  
 
11.02.2020

ULUGBEK INOYATOV HUDUDLARDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

2020 yil yoshlarga munosabat butunlay o‘zgaryapti. Prezidentimiz parlamentga yollagan Murojaatnomasida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga imkoniyat va sharoit yaratish masalalarida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi tashabbusi bilan Guliston davlat universiteti majlislar zalida “Yangi Ozbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” mavzusida ochiq muloqot otkazildi.

Tadbirda partiya fraksiyasi a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, hududiy partiya kengashlari raislari, faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari, Spiker orinbosari Ulugbek Inoyatov yoshlarning oz qobiliyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, Murojaatnomada ilgari surilgan yangi tashabbus va goyalar haqida atroflicha tushuncha berdi.

Takidlanganidek, yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega vatanparvar bolib kamolga yetsa, yangi Ozbekistonni qurishga shu qadar kamarbasta boladi.

Sozga chiqqanlar yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash boyicha yagona korsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish, Ozbekiston yoshlari – 2025 konsepsiyasini tayyorlash dolzarb ahamiyatga ega ekanini takidlashdi.

Ayniqsa, 2020 yilga Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berilishi ham yangi goyalar, zamonaviy ilgor texnologiyalar haqida oylaydigan yoshlarga katta ragbat bolgani qayd etildi.

Xalq demokratik partiyasi yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, yoshlar huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida etibor qaratib kelmoqda. Guliston shahrida otkazilgan uchrashuvda ham yoshlarni oylantirayotgan muammolar organildi, ulardan fikr va takliflar olindi.

Muloqotda yurtimizda yosh umidli kadrlarni saralaydigan, ularga mos vazifalarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligi aytib otildi.

Yoshlarni kasb-hunarga orgatish, qayta tayyorlash va bandligini taminlash jarayonlarini zamon talablari asosida tashkil etish muhim masala ekani takidlandi. Bu boradagi muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, yoshlarning jamoat uyushmalari va tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlash maqsadida Yoshlar davlat-jamoat ijtimoiy xizmatini tashkil etish boyicha takliflar bildirildi. Mehnat va oquv jamoalarida yoshlarning huquqini himoya qilish, voyaga yetmagan huquqbuzarlarga maxsus tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam korsatish masalasida ham taklif va mulohazalar aytildi.

Deputatlar yoshlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tashabbuslar ahamiyatiga oid savollariga javob berdi.

Mazkur uchrashuvda ayrim yoshlardan quyidagi takliflar olindi:

Murod HAKIMOV, talaba:

Men tortinchi bosqich talabasiman. Universitetda tort yil talim olamiz. Fanlarni ozlashtirishda bazi bir qiyinchiliklar ham bor. Keraksiz fanlar juda ham kop. Masalan, men aniq fanlar yonalishida tahsil olaman. Lekin yonalishimga oid bolmagan darslar ham otiladi. Sohamizga oid fanlarni ozlashtirish uchun vaqt yetishmayapti. Taklifim, rivojlangan davlatlarning ilgor tajribalarini ham talimda qollash payti keldi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur davlatlarining talim tizimida ixtisoslashuv mavjud. Masalan, talaba fizika yonalishida tahsil olayotggan bolsa, bashqa fanlar bilan chalgimaydi. Shu boisdan ular oz sohasining kuchli mutaxassisi boladi...

Erboy MAMARASULOV, talaba:

Men ishlab chiqarish texnologiyasi fakultetinning talabasiman. Bizga tort yil mobaynida faqat sohamizga tegishli bolgan va bolmagan fanlar oqitiladi. Nazariya bilan amaliyot uygunligida dars otilsa, foydadan xoli bolmas edi, deb oylayman. Tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirokida treninglar, ochiq muloqotlar muntazam otkazib turilsa, fanlarni, sohamizni ozlashtirishimiz ikki karra samarali boladi.

Sitora HAKIMOVA, talaba:

Qishloq xojaligi ekinlarining hosili va sifatini oshirish — yerlarning meliorativ holatiga bevosita bogliq. Viloyatimizning Shirin, Xavos, Oqoltin va boshqa tumanlarida yerlarning meliorativ holati yaxshi emas, shorlanish yuqori darajada. Shu bois, qishloq xojaligi ekinlari hosildorligi juda ham past. Taklifim, har bir mahallada qishloq xojaligi kurslarini tashkil etish kerak. Ushbu kurslarga mutaxassislarni jalb qilib, ushbu hududlarda amaliy mashgulotlar olib borish kerek. Shundagina talabalar oz sohalarining malakali mutaxassisi boladi.

Matluba USMONOVA, oqituvchi:

Maktablarda talim sifatini oshirish kerak. Bugungi kunda oquvchilarga berilayotgan talim sifati juda ham pastligining asosiy sabablaridan biri, menimcha, turgunlikdir. Ogzaki aytilayotgan gap kopligiga qaramay, amalda osish yoq. Masalan, oqitish jarayonini takomillashtirish boyicha kop takliflar aytilmoqda, lekin kopchilik oqituvchilar osha eski qolipda ishlashni davom ettirmoqda. Togri, hamma ham bir xil emas. Bazi yosh oqituvchilarning harakatlarini korib, havasingiz keladi. Ammo bunaqalar kam. Yana bir sabab sinflarda bolalar sonining haddan ziyod kopligi. Men sinfdagi oquvchilar sonini 20 tadan oshirmaslikni taklif qilaman. Shundagina har bir oquvchiga yetarli darajada etibor berish va ular bilan ishlash ancha samarali boladi. Bundan tashqari, maktablardagi qogozbozlik kamaymayapti. Oqituvchi buning uchun kop vaqt sarflashga majbur. U oquvchilaridan hujjatlarga vaqtini koproq ajratmoqda.

Xuddi shunday tadbir Chirchiq davlat pedagogika institutida ham otkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi azolari, viloyat partiya kengashi masul xodimlari, deputatlar, partiyaning tuman va shahar kengashlari raislari, faol yoshlar ishtirok etdi.

Unda dastlab mamlakat kelajagi bolgan yoshlarning oz imkoniyatlari, istedod va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar togrisida fikr almashildi. Takidlanganidek, bugungi yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega vatanparvar bolib kamolga yetsa, yangi Ozbekistonni qurishga shu qadar kamarbasta boladi.

Ochiq muloqot songgida,partiya masullari bildirilgan barcha fikr-mulohazalar,tavsiyalarni jamlab, Ozbekiston yoshlar 25 konsepsiyasiga taklif sifatida tavsiya qilinadigan boldi.

Tadbir songgida faol ishtirok etgan yoshlarga Ozbekiston XDP Toshkent viloyati kengashining faxriy yorliqlari, sovgalar va badiiy kitoblar taqdim etildi. Shuningdek, 6 nafar Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari Xalq demokratik partiyasi azoligiga qabul qilindi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: