O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
11.02.2020

NAVOIY MEROSI EZGULIK MASHALIDIR

bayramona kayfiyatda mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Davru zamon bunyodkorlari, obodlik, ilmu ma’rifat va farzandlar kamoli haqida Alisher Navoiy asarlaridan juda kop misollar keltirish mumkin:

Davronda kamol ichra quyoshdin biyik oldi,

Har zarraki, bir komili davronga yoluqti.

Komil va kamol sozlaridan yuksak badiiy sanat yaratilgan ushbu baytda davronning bir ulug komilidan saboq olgan har zarra, yani har tolib kamolotda quyoshdan ham buyuk boladi, degan hikmatli fikr ifodalangan.

Prezidentimiz rahnamoligida jamiyatimiz taraqqiyoti uchun milliy yuksalish sari dadil qadam bosayotganimiz, har sohada yuksak marralarni egallayotganimiz komili davronga yoliqqanimizning isboti emasmi!.

Alisher Navoiy «Badoyi ul-bidoya» nomli ilk devonining debochasida jamiyat taraqqiyotining asoslari togrisida shunday sozlarni yozadi: Va garaz bu fihrastdinkim, bu zebo uzoriga yozildi, va maqsad bu debochadinkim, bu rano ruxsoriga bitildi, ul erdikim, chun salotindin qay birikim binoye qoyubdururlar mani va ayvone chekibtururlar rafi, ul bino ravoqida va ul ayvon toqida oz ismlarin tahrir va oz alqoblarin tanqir qilibdurlarkim, to ul ayvon toqi bolgay, ul ism anda boqiy bolgay...

Garaz ul erdikim, bu qasri oliy,

Ki hargiz bolmagay, yo rab, zavoli

Binoyedurki, shah bunyod qilmish,

Zamona qasridek obod qilmish.

Buyuk mutafakkir bobomiz oz ijtimoiy faoliyati davomida ilm-fan egallash, badiiy ijod va adabiyotni rivojlantirish, masjid-madrasalar qurish, aholini suv bilan taminlash, soliqlarni yengillashtirish, muhtojlarga moddiy yordam berish kabi ishlarni shaxsan amalga oshirgan.

Ul zotning tashabbusi bilan binolar qurilgan, boglar barpo etilgan, hovuz va ariqlar qazilgan. Alisher Navoiy qurdirgan Xalosiya xonaqohida muhtoj kishilarga oziq-ovqat va kiyim-kechak ulashilgan.

Hazrat Navoiyning davlat va jamoat arbobi sifatidagi ibratli faoliyatini Vatanimizning bugungi olamshumul ozgarishlari bilan muqoyasa qilganimizda, Prezidentimiz tashabbusi bilan Alisher Navoiy orzu qilgan ezgu va olijanob insoniy goyalarning amaldagi royobini koramiz. Birgina Adiblar xiyobonidagi yangi qurilishlarni olaylik. Adiblar xiyoboni endilikda Alisher Navoiy haykali bilan uygun bolib, yaxlit memoriy majmua hosil qilishi uchun ishlab chiqilgan yangi loyiha asosida sakkiz gektardan ziyod hudud qayta tamirlanib, yanada korkam va mutanosib qiyofa kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari yaqinda ushbu Adabiyot bogiga tashrif buyurib, bu yerdagi ulug adiblarimizning haykallari yonida lavhlar ornatib hamda audioyozuvlar orqali har bir adib haqida qisqacha malumot berish, ularning hayoti va ijodiga bagishlangan tadbirlar otkazish uchun qoshimcha sharoit yaratish zarurligini takidladi. Alisher Navoiy haykali gumbazini bezatish, hududni obodonlashtirish yuzasidan korsatmalar berdi.

Adiblar xiyoboni va Alisher Navoiy haykali joylashgan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida chuqur mazmun bor. Navoiy bobomiz qibla tomonga qarab turgan Adiblar xiyobonining bir tomonida Toshkent sitining osmonopar binolari, shahar ichra yangi zamonaviy shahar, ikkinchi yonda Ozbekiston Milliy bogi hududidagi 9 gektar maydonda okeanarium, 10 ming kishiga xizmat qiladigan zamonaviy istirohat bogi bunyod etilib, barchani hayratga soladigan memoriy va manaviy mojizalar bunyod etilmoqda.

Yangi davr islohotlari yurtimiz hayotining barcha jabhalarida bolgani kabi milliy adabiyotimiz rivoji va jahon miqyosidagi targibotiga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli iqtisodiyot va yangi texnologiyalar zamonida mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namunalari nufuzli xalqaro kitob korgazmalarida namoyish etilmoqda, internet tarmoqlari orqali olam ahliga uzatilmoqda.

Oz davridayoq jahonshumul dovruq qozongan Navoiy bobomiz asarlari bugun ham kop tillarga tarjima qilinmoqda, xorijiy davlatlarda nashr etilmoqda. Jumladan, Ummondan durlar. Gazallar, hikmatlar va ruboiylardan namunalar Yoldosh Parda, L. Kmetyuk va Q.Mamurov tomonidan ingliz va nemis tillarida Germaniyada, Gazallar kitobi Murodxon Ergashev, Jan Jak Gate tarjimasida Fransiyada, Farhod va Shirin dostoni Ukrainada, Mezo-ul avzon asari, gazal va ruboiylardan tartib berilgan kitobi Vengriyada, Lison-ut tayr dostoni Yanuj Kjijovskiy tarjimasida Polshada, Farhod va Shirin dostonining Turkiyada chop etilgan nashrini esa istedodli ijodkor Azam Obid ingliz tiliga tarjima qilgan. Biroq bu tarjimalar ummon tomchisidan ham kam. Asosiy qilinadigan ulugvor ishlar hali oldinda. Alisher Navoiy ijodini jahon miqyosida organish davom etadi.

Navoiy senga har bir tun kerak bolgay,

Agar shodsan va yo mahzun – kerak bolgay.

Agar oshiq erursan lolazoringdir,

Agar Laylosanu Majnun kerak bolgay.

Agar ummon bilan suhbat quray dersan,

Agar ozni desang Jayhun kerak bolgay.

Bilay dersan nadir kongil binosi ham

Nadir odam, nadir ochun kerak bolgay.

Navoiy osmondir, osmoniydir,

U gardun ichradir gardun kerak bolgay.

Sening bu olaming fisqu fasod birlan,

U bir olamdurur gulgun kerak bolgay.

Navoiyning Vatan yanglig qiyosi yoq,

Vatan yanglig senga har kun kerak bolgay.

Sirojiddin SAYYID,

Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Ozbekiston xalq shoiri.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: