O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
11.02.2020

IXTIROChI AYoLLAR

100 eng yaxshi innovatsion loyiha

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublika tanlovining yakuniy bosqichi otkazildi. Tanlov doirasida Ixtirochi ayollar — 2020 forumi va iqtidorli xotin-qizlarning ishlanmalari, maket va innovatsion mahsulotlari boyicha korgazma ham tashkil qilindi.

Tanlov doirasida otkazilgan tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari, Xotin-qizlar qomitasi raisi E.Basitxanova, Ozbekiston ixtirochi ayollari markazi ekspertlari va Ekspert kengashi a’zolari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin – qizlar ishtirok etdi.

Tanlovning birinchi bosqichida 4000 dan ortiq olima ayollar, tadqiqotchilar, iqtidorli talaba va oquvchi qizlar, tadbirkor hamda mutaxassislar qatnashgan bolib, respublika yakuniy bosqichiga ularning 300 tasi saralab olindi.

Ular Eng yaxshi ixtiro, Eng yaxshi foydali model, Eng yaxshi sanoat namunasi, Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi, Eng samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yonalishlari boyicha), Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va malumotlar bazasi kabi yonalishlarni qamrab olgan.

Prezidentimiz tomonidan 2020 yil Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb elon qilinganligi munosabati bilan aynan tanlovning respublika yakuniy bosqichida Ixtirochi ayollar 2020 forumi tashkil etildi. Shuningdek, Xotin-qizlar qomitasi hamkor tashkilotlar, yani Ozbekiston ixtirochi ayollari markazi ekspertlari bilan birgalikda ilm-marifat va texnologiyalarni rivojlantirishga hamda yangi avlod olima va dasturchi qizlarni tayyorlashga hizmat qiladigan loyihalar tanlab olinib, ularning har biri adolatli va oqilona baholab borildi.

Gulnoza JIYaNOVA,

Samarqand shahar Ipak yoli turizm xalqaro universiteti talabasi:

Loyiham SHOCK GALLERY deb nomlanadi. U uch qismdan iborat bolib, EBRU yani suv ustida ajoyib naqshlarni aks ettirish va ularni kundalik hayotimizda ishlatiladigan buyumlarga tushirish hamda qum sanatining noananaviy korinishidan tayyorlangan rasmlar korgazmasini tashkil qilishdan iborat. Ushbu loyiha nafaqat sayyohlar, mahalliy havaskorlar uchun, balki imkoniyati cheklangan aholi, yosh bolalar yoki davlat qaramogida bolgan nuroniylarning bosh vaqtini maroqli otkazish uchun ham qiziqarli.

Ogiloy QURBONOVA,

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti elektronika va avtomatika fakulteti «raqamli elektironika va mikroelektronika» kafedra oqituvchisi, fizika-matematika fanlari nomzodi.

Yaratgan loyiham fotoelement yordamida qattiq jismlarning yoruglik yutilishi hodisasini namoyish etuvchi laboratoriya qurilmasi hisoblanadi. Bu loyihani umumiy orta talim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qollash mumkin. Laboratoriya uskunasi yengilligi, ixchamligi, dizayni chiroyli korinishga egaligi bilan birga, uskunaning generatoriga yetkazib beradigan tokni foydali elektr energiyasiga aylantirib berish bilan ham ahamiyatlidir.

Gulmera KELDIYoROVA,

Samarqand davlat universiteti doktoranti:

Loyiham toldiruvchi materiallar yordamida chang, gazlarni tozalash uskunasi bilan bogliq. Uning ekologik tozalikni saqlashda orni katta. Bu uskuna ishlab chiqarish korxonalariga yordamchi qurilma sifatida ornatiladi. Hozirgi paytda korxonalarda faqat gazni tozalab beradigan uskunalar mavjud. Uskuna suvli forsunkalardan iborat bolib, chang va gazga toyingan keramzitni muntazam ravishda tozalab turadi. Loyiham ustida ikki yil tinimsiz ishladim. Hozirgi kunda loyiha Samarqand viloyati asfalt-beton ishlab chiqarish korxonasiga ornatildi va sinovdan otkazildi. Korxonaning oldingi gaz va changni tozalash foiz korsatkichi 85 foiz bolsa, uskuna ornatilgach, 98 foizga kotarildi.

Qizim Munirabonu bu tanlovda Iqtidorli qizning istiqbolli innovatsion goyasi nominatsiyasi boyicha qatnashmoqda, deydi tanlovda eng yosh ishtirokchi sifatida qatnashayotgan Toshkent shahridagi 90-maktab, 5-sinf oquvchisi Gafurova Munirabonuning onasi Sayyora Jorayeva. Oddiy keraksiz buyumlardan noananaviy narsalar yasash, pokaklarga shakl berish, bisser va munchoqlardan chiroyli gullar, idishlar, ramzlar, ajoyib mozaikali buyumlar yasaydi. Yaqinda Indoneziyada bolib otgan milliy qol mehnati bilan yasalgan buyumlar korgazmasida ikkinchi orinni oldi. Uch yildan buyon shu faoliyat bilan shugullanadi. Otkazilayotgan ushbu tadbirlar qizim, qolaversa yurtimizdagi xotin-qizlarning iqtidor va imkoniyatlarini namoyon qilishda yaxshi tajriba maydoni boladi, deb oylayman.

Sharq donishmandlari aytganidek, eng katta boylik bu aql-zakovat, eng katta meros bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu bilimsizlikdir. Hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni ozlashtirish, chinakam marifat va yuksak madaniyat egasi bolish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

Cholponoy AXMEDOVA,

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universtiteti talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: