O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
11.02.2020

DUBAY ORZUSI SAROBGA AYLANDI

Ko‘r-korona havoyi havasga berilib, sabr va qanoatni unutib, osongina boylik orttirish ilinjida odamlar bugungi kunda turli nayranglarning, qolaversa, odam savdosi, deb atalgan jirkanch illatning qurboniga aylanmoqda.

Sadoqat Nazarova ham ozining or-nomusini, qadr-qimmatini oyoqosti qilmasdan, qiz bola nomiga isnod keltiruvchi odatlardan yiroqlashganida, balki kimningdir suyukli yori, bolarmidi? Taassufki, u ozining yosh umrini kocha-kuyda otkazib, otasining boshini egdi, qaddini bukdi.

Uyidan haydalgan qiz oziga oxshagan tanish-bilishlari bilan guldek yoshligini kongilochar maskanlarda otkazib, aysh-ishratga mukkasidan ketdi.

Shu tarzda, maqsadsiz daydib yurgan kunlarining birida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Zulayho Boronova (ism-familiyalari ozgartirilgan) uning boshini silab, oz uyidan joy beradi. Zulayho Boronova kongil xushlashni ixtiyor etgan yigitchalarning “iltimosi”ni yerda qoldirmay, ularga ozining tanish qizlarini tortiq qilaverib, hojatbarorligi bilan «Zuli» nomi bilan tanilgan. Sadoqat Nazarovaning kongilxushlikka moyilligini ilgagan ayol qisqa vaqt ichida u bilan opa-singil tutinib, ozining doimiy mijozlari bilan tanishtiradi, yangi oyimchani benomuslik bozorida pullay boshlaydi.

...Dubay. Dunyoning eng azim va gozal shaharlaridan biri. Ozining bahavo va shinam joylari, osmonopar imoratlari bilan jahon ahlini lol qoldirgan jannatmonand shahar. Lekin hozir-da bu shahar nomini eshitgan aksariyat kishilar u yerni mutlaqo boshqacha talqin qilishi sir emas. Sababi shundaki, osha yerda ham nomi qurgur pul va boylik deya har qanday razillikka qol urayotgan, qiz va juvonlarni aldab, ularni fahsh yoliga boshlayotgan, ozoda shahar nomini turli tuban qilmishlari bilan bulgayotgan dallollar uchrab turibdi.

Oynisa Hakimova bir necha yillardan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga borib kelib, anchagina tanish-bilish orttirgan ayollardan. Chunonchi, u bir necha yillar muqaddam BAA davlatidan badarga qilingan bolsa-da, Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan chet elga chiqish yoki Ozbekiston Respublikasiga kirish uchun belgilangan tartibni qopol ravishda buzdi. Dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirmasdan Ozbekiston Respublikasidan Qirgiziston Respublikasiga otib, Manas shahridan havo yollari orqali Ummon Sultonligiga noqonuniy ravishda chiqib, u yerdan Turkiyaning Istambul shahriga, undan song Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga noqonuniy yollar orqali chiqadi. 3 marotaba sudlangan bu ayol qilmishlaridan tegishli xulosa chiqarmadi.

U pul desa ozini turli balolarga giriftor qilishga tayyor bolgan Sadoqat Nazarovani ozi yashayotgan Dubay shahriga chaqirtirib, u yerda turli shaxslar bilan ozaro jinsiy yaqinlikda bolish evaziga katta miqdorda pul ishlab topishi mumkinligiga shama qiladi.

Oynisa Hakimova ozining jinoiy sherigi Shamsiya Qurbonova bilan birga Zulayho Boronovaning telefon apparatiga ornatilgan ijtimoiy tarmoqlar orqali qisqa vaqt ichida Sadoqat Nazarovani avrab oladi. Sadoqat hech ikkilanishsiz ularning bu taklifiga rozilik bildiradi.

Zulayho Boronova Sadoqat uchun Dubaydan jonatilgan pullar evaziga uning chet elga chiqishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirilishiga komaklashadi. Bundan tashqari, Sadoqat Nazarovaning nomiga Toshkent-Dubay aviachiptasini sotib oladi.

Ammo, sergak va hushyor holda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro Zulayho Boronova jabrlanuvchi Sadoqat Nazarovani Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jonatish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga harakatlanib ketayotgan vaqtida qolga olinadi.

Xodimlarimizning olib borgan navbatdagi tadbirlari davomida odam savdosi bilan bogliq bolgan jinoyatning, qolaversa, fuqaro Sadoqat Nazarovaning odam savdosi qurboniga aylanib qolishining oldi olindi.

Albatta sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik, jinoyat uchun esa jazo muqarrar.

Baxtiyor RAHMATOV,

mayor, Probatsiya xizmati matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: