O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
04.02.2020

ASAKA BANKI

jurnalistlar uchun media-tur tashkil etdi

Mamlakatimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga asossiz aralashmaslik borasida jiddiy chora-tadbirlar belgilangan. Shuningdek, sohaga mas’ul idora va tashkilotlar ularning faoliyatini yanada kengaytirishga jalb etilmoqda. Bu borada respublikamizda faoliyat korsatayotgan moliya muassasalari ham ularning ishonchli hamkoriga aylanmoqda. Shu bois, endilikda tadbirkorlarimiz ozlarining ishonchini qozongan, zarur bolganda moliyaviy jihatdan doimo qollab-quvvatlashga tayyor banklar xizmatidan qiyinchiliksiz foydalanib kelmoqda.

Mamlakatimizdagi salohiyatli moliya muassasalaridan biri — «Asaka» banki oz mijozlari bilan ana shu tamoyillar asosida hamkorlik qiladi.

Yaqinda bank tomonidan Samarqand shahriga uyushtirilgan media-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Asaka bankining mijozi bolgan va ishonchli hamkorga aylangan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

SAG GILAMLARINI BUGUN NAFAQAT MAMLAKATIMIZ AHOLISI, BALKI DUNYo MAMLAKATLARI HAM
ETIROF ETMOQDA

Dastlabki manzil SAM ANTEP GILAM masuliyati cheklangan jamiyati boldi.

Korxonamiz tomonidan mahsulot turi va hajmini kopaytirish maqsadida ayni paytda Asaka banki yordamida ikkita loyiha amalga oshirilib, buning uchun 4,5 million yevro miqdorida kredit ajratilgan, deydi jamiyatning moliyaviy masalalar boyicha menejeri Bekzod Begmatov. Bundan yigirma yil avval faoliyat boshlagan mazkur korxonamiz gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish bilan shugullanadi. Dastlab xorijdan keltirilgan sanoqligina gilam toqish uskunasi bilan ish boshlagan korxonada ayni paytda Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Avstriya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Ispaniya, Turkiya va Xitoydan keltirilgan eng songgi rusumdagi zamonaviy dastgohlar, asbob-uskunalardan foydalanilmoqda. Ular yordamida polipropilen ip-kalavasi va 200 dan ziyod dizayndagi 50 turdan ortiq gilam mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, ayni paytda bu yerda yilliga 8,5 million kvadrat metr yoki 240 milliard somlik gilam tayyorlanyapti. Yurtimizning barcha hududlarida oz savdo nuqtalariga ega jamiyatning Rossiya, Qozogiston, Ozarbayjonda ham savdo uylari mavjud. SAG gilamlari Rossiya, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina, Armaniston, Afgoniston, Xitoy va AQSh davlatlarida oz xaridorlariga ega. Shu bois har yili 14 million AQSh dollari yoki 3,1 million kvadrat metr mahsulot xorijga eksport qilinmoqda.

Aslini olganda, SAM ANTEP GILAM masuliyati cheklangan jamiyatida bugungi kunda ming nafardan ortiq mahalliy aholi doimiy ish bilan taminlangan. Ish uch navbatda tashkil etilgan korxonada xodimlarning qulay va xavfsiz mehnat sharoitida ishlashi uchun zamon talablariga mos sharoit yaratilgan. Ishchilar uchun maxsus transport, issiq ovqat, tibbiy va ijtimoiy xizmat korsatish yolga qoyilgan.

MAHSULOTLARIMIZNING ASOSIY QISMI IChKI BOZORDA SOTILAYoTGAN BOLSA-DA, XORIJDAN HAM BUYuRTMALAR TUShMOQDA.

Ikkinchi manzil TUFT AND GRASS masuliyat cheklangan jamiyat shaklidagi qoshma korxonada boldik.

Samarqand shahridagi TUFT AND GRASS masuliyat cheklangan jamiyat shaklidagi qoshma korxona ham Asaka bankining ishonchli va istiqbolli mijozlaridan biri hisoblanadi. Hozirda korxonada 400 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayapti. Yaqin kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish hisobiga yangi ish orinlari yaratish va ishlab chiqarish hajmini kopaytirish kozda tutilgan. Buning uchun Asaka banki tomonidan 1,9 million yevro miqdorida kredit ajratilgan.

2017 yil fevral oyida faoliyat boshlagan korxonamiz suniy chim va kovrolan mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugullanadi, – deydi jamiyat savdo bolimi masul xodimi Hayotxon Hasanxonov. Qisqa vaqt ichida ichki bozorda oz ornimizni topib, hozirda 15 turdan ziyod suniy chim va kovrolin, poliestr ip kalavasi, birlamchi sintetik asos va notoqma mato (ikkilamchi kovrolin va suniy chim asosi) ishlab chiqarayapmiz. Korxonamizning yillik quvvati 2,5 million kvadrat metr yoki 26 milliard somlik suniy chim va kovrolin mahsulotlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarishda Angliya, Belgiya, Shveytsariya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlaridan keltirilgan yangi texnologiyali zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda. Jumladan, SSM uskunasi dunyoda sanoqli hisoblanadi. Bu uskuna yordamida ikkilamchi mahsulot, yani yelim idishlar (baklajka) qayta ishlanib, undan poliestr ip kalavasi tayyorlanadi. Mahsulotlarimizning asosiy qismi ichki bozorda sotilayotgan bolsa-da, xorijdan ham buyurtmalar tushmoqda. Joriy yildan boshlab kovrolin mahsulotlarini keng miqyosda eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, korxonaga otgan yil Belgiyadan ikkita zamonaviy dastgoh keltirilib, mebel mahsulotlari va uy-rozgor buyumlari, korpacha uchun zarur baxmal (vilvit)mato ishlab chiqarish yolga qoyildi. Jamiyat masullarining aytishicha, shu paytgacha bu turdagi mahsulot xorijdan keltirilgan. Hozirda 100 xildan ziyod dizayndagi ushbu mahsulotga ichki bozorda talab yuqori. Ayniqsa, mebel ishlab chiqarish korxonalaridan katta miqdorda buyurtmalar kelib tushmoqda.

PAXTA KLASTERI XOMAShYoDAN TAYYoR MAHSULOTGAChA

Uchinchi safar SAMARKAND EURO ASIA TEXTILE masuliyati cheklangan jamiyatiga boldi.

Aslida SAMARKAND EURO ASIA TEXTILE masuliyati cheklangan jamiyati asosan erkaklar, bolalar koylaklari, shuningdek choyshab ishlab chiqarish bilan shugullanadi.

Asaka banki tomonidan 39,7 milliard som miqdorida kredit ajratildi, deydi masuliyati cheklangan jamiyat rahbari Shuhrat Maqsudov. Shuning hisobidan bugungi kunda xorijdan zamonaviy texnologiyalar keltirilib, xalqaro standrtlarga mos mahsulot ishlab chiqarmoqdamiz. Hozirda 300 nafarga yaqin ishchi mehnat qilayotgan korxonamizda yiliga 2 million dona koylak va 600 ming dona choyshab tayryorlanmoqda. Asosan paxta tolasidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi. Bu borada xorijiy davlatlardagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlaymiz. Shu paytgacha ortacha 1,5 million dollarlik mahsulot eksport qilgan bolsak, bu yil eksport korsatkichini 5 million dollarga yetkazishni moljallab turibmiz. Chunki, shu paytgacha matoni chetdan xarid qilgan bolsak, otgan yildan boshlab paxta klasteri tashkil etib, xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bolgan tizimni yolga qoydik. Yani paxtani yerga ekishdan boshlab, tayyor mahsulotgacha jarayonning barcha bosqichlarini ozimiz amalga oshiramiz. Bundan tashqari, korxonamiz qoshida tola toqish va boyash sexlari ishga tushirildi. Ushbu imkoniyat tufayli endi ishlab chiqarish hajmini ham yanada oshirishni rejalashtirganmiz. Qolaversa, kelajakda korxona faoliyatini yanada kengaytirib, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizning turini ham kopaytirmoqchimiz.

NARX EMAS, SIFAT BIRINChI ORINDA

Tortinchi manzil TONG masuliyati cheklangan jamiyati joylashgan korxona boldi.

Samarqanddagi ushbu masuliyati cheklangan jamiyat ham zamon talablariga mos faoliyat olib borayotir. U asosan poligrafiya, qadoqlash va reklama mahsulotlari tayyorlash bilan shugullanadi.

Bugungi kunda ushbu faoliyat bilan shugullanayotgan ishlab chiqarish subyektlari kopaygan bir paytda bozorda munosib orin egallash, doimiy mijozlar topish va ularning safini kengaytirish oson emas, deydi jamiyat rahbari Bahodir Lutfullayev. Bunday paytda kopchilik tadbirkorlar sifatga etibor bermay, narxni arzon qilish orqali oz mahsuloti, xizmatini taklif etishga harakat qiladi. Biz esa, aksincha, narxni emas, sifatni birinchi oringa qoyamiz. Avval boshidan eng zamonaviy texnologiyalardan, sifatli xom ashyodan foydalanib mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilganmiz. Otgan yil Samarqand shahridagi foydalanilmay bosh turgan binolardan biri 2 million yevro investitsiya kiritish va 20 dan ortiq yangi ish orni yaratish sharti bilan korxonaga berildi. Buning uchun Asaka banki tadbirkorga xorijdan zamonaviy uskuna xarid qilish uchun 1 million 845 ming yevro miqdorida kredit ajratdi. Yana shuni alohida aytib otishim lozimki, Asaka banki bilan hamkorlik qilish bizga faqat omad keltirgan. Bu gal ham bankning krediti va qisman oz mablagimiz hisobiga Germaniyadan zamonaviy poligrafiya uskunasi olib keldik. Binoni tamirlab, yangi joyda, yangicha faoliyat korsata boshladik. 22 kishini doimiy ish bilan taminladik. Ishlab chiqarish quvvatimiz ham oshdi.

Tadbir ishtirokchilari Asaka banki Samarqand filialida bolib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muxtasar qilib aytganda, bu kabi media-tur tadbirlari viloyatlarda faoliyat olib borayotgan yirik korxonalar bilan yaqindan tanishish va ularning faoliyatini xalqimizga yetkazishda dasturilamal bolib xizmat qiladi va bu kabi tadbirlar boshqa viloyatlarda ham otkaziladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: