O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.02.2020

HALOLLIK VAKSINASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini qayta-qayta oqib, qator savollar ustida uzoq oylashga togri keldi.

Bugun Prezidentimiz nima uchun ilm-fan, ta’lim-tarbiya, manaviyat, marifat haqida takror va takror gapirmoqda, nima uchun talim sohasini isloh etishga bunchalik katta etibor qaratayapti? Nima uchun olimlar, akademiklar bilan tez-tez uchrashmoqda?..

Nima uchun otgan 2019 yilni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb elon qildi?

Bu savollar hammasi mantiqan bir-biriga chambarchas bogliq. Fan-talim rivojlanmasa, davlat rivojlanmaydi. Qaniydi kop emas, ikki-uch nafar olimimiz olamshumul bir kashfiyot yaratishsa, davlatga bir dunyo foyda keltirardi. Yoki paxta hosildorligini mamlakat miqyosida bir-ikki foiz oshirish imkoniyati qolga kiritilsa, daromad qancha boladi? Yoki asalning ozidan tortib, asaldan shirin mevalarimizni holu-quruq qadoqlab, eksportni kopaytira olsak qaniydi...

Bularning hammasiga ilm kerak, uquv kerak, hisob-kitob kerak, jahon bozorining har bir hududida nimaga ehtiyoj borligini puxta organish talab etiladi. Yodga olaylik, keyingi uch yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan yillar qanday, nomlandi? Yorqinroq taassurotga ega bolish uchun bu nomlarni yonma-yon qoyamiz:

2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili

2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

2020 yil Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

Qarang, innovatsiya yangilik, ilgor texnologiyalar degani. Prezidentimiz takidlaganidek, yangi fikr, yangi goyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.

Innovatsion goyalar va texnologiyalar degani ham fan yutuqlari degani. Yangi goyalar yangi texnologiyalar zahmatli ilmiy izlanishlar orqali yaratiladi.

2020 yilni Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb marrani yanada baland oldik. Bu nomlanish mano-mohiyatida yana bir katta falsafa mujassam. Yani ilm-fan, texnika boladimi, raqamli iqtisodiyot boladimi, jamiyatda marifat ham bab-baravar rivojlanishi kerak. Marifat yonida doimo madaniyat turadi.

Prezidentimiz ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, investitsiyalar yoniga nega marifatni ilgari surgani sababi haqida fikrlab korishimiz kerak boladi.

Inson yaxshi injener, vrach, arxitektor, oqituvchi yoki ishlab chiqarishni, tashkilotchilikni qoyil qiladigan rahbar bolishi mumkin. Ularning tarjimai holi yaxshi, suratlari ham kelishgan, afsuski, dunyoqarashi, manaviyati qanaqaligini bilish qiyin. Ularni miyasini rentgenga solib ham buni aniqlab bolmaydi.

Ularga ishonch bildirilib mansabga qoyilgach, kop otmay hunarlarini korsata boshlashadi. Ogirlik, talon-torojlik, korrupsiya harakatlari sezilib, kengayib, kopayib, oxiri jinoyat ishi qozgatiladi. Tabiiyki, madaniyatli, marifatli, manaviyatli rahbar hech qachon buzuq yolga kirmaydi, bu yoldan hazar qiladi, ozini asraydi.

Prezidentimiz murojaatnomasida belgilab berilgan yuksak marralarga yetish, dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoridan tezroq orin olish uchun bugun bizga avvalo nima kerak?

Birinchi navbatda ilm-fan suv bilan havodek zarur. Buni rivojlantirish juda ham keng qamrovli ishlar bajarilishini talab etadi. Bugun Prezidentimiz diqqat-etibori ana shu ota muhim masalalarga qaratilmoqda.

Ammo Murojaatnomadan korinib turibdiki, Prezidentni qiynayotgan masalalardan biri korrupsiyadir. Bu illat haqida Prezidentimiz faqat bugun gapirayotgani yoq. Aslida davlat rahbari bolgan birinchi kunlardan bu kasofatga qarshi kurash boshlagan edi, korrupsiyaga qarshi alohida qonun ham qabul qilindi. Tabiiyki, kurash kuchaytirildi, qatiy chora-tadbirlar korilmoqda. 2018 yili Oliy Majlisga Murojaatnomada korrupsiya holatlari otgan yilga nisbatan 33 foiz kamaygani aytilgandi.

Biroq hammamizga yaxshi malumkim, korrupsiya hamon keskinligicha turibdi, davlatga va jamiyatga katta ziyon yetkazmoqda. Kechagi Murojaatnomada Prezident bu xavf-xatarga yanada jiddiy etibor qaratdi. Katta tashvish bilan gapirdi:

...afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati ozining turli korinishlari bilan taraqqiyotimizga gov bolmoqda.

Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bolmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmogi rivojlanmaydi...

Qarang, korrupsiya yovuz balo deyilayapti. Uning oldini olmasak, hech narsaga erishaolmaymiz, ulug niyatlarimizga yetolmaymiz, deb ogohlantirilmoqda.

Korrupsiya, degani nima ozi? U osmondan tushadimi yoki yerdan chiqadimi? Quloqqa yoqimsiz, xunuk eshitiladigan korrupsiya, degan balo-qazoning turqi, rangi-royi qanaqa? U bir olov bolsaki, suv sepib ochirsak, ajdarho bolganda ham chorasini topish oson edi. Odam tanasida korinib turgan bir jarohat bolsa edi, kesib tashlab qutilardik. Lekin bu balo kozga korinmaydida, sharpasi ham sezilmaydi, yer tagida ilon qimirlasa bilish mumkin, lekin korrupsiya qayerdan, kimdan chiqishini oldindan aytish qiyin. Juda maxfiy harakatlanadi. Lekin bir narsa aniq: odamlar tanasidami, miyasidami, yuragidami, butun vujudidami yashaydi. Eng muammoli tomoni, bu yuqumli kasallikka chalinganni korrupsiyachini aniqlash qiyin. Dunyoda haligacha odamning konglida, miyasida nima borligini aniqlab beradigan uskuna yaratilmagan. Kimni kimligini bilmoqchi bolsak, tavsifnoma soraymiz. Tavsifnoma yoki tavsiyanoma berganga hech qanday masuliyat yuklanmagan. Yo tanish-bilishchilik qilinadi yo mendan nima ketdi, ke, bir yaxshilik qilay, deyiladi.

Tavsifnomada ishchan, halol, tashkilotchi, deb tarifi keltirilgan shaxs borgan joyida bir yilga yetar-etmay ozini badnom qilib ishdan ketadi yoki qamaladi. Uni maqtab tavsiya berganlar chetda qolib ketaveradi.

Shu tariqa begonalar, emas, ozimiz korrupsiyani yaratayapmiz. Bu harom ishlarni, yovuz ishlarni ozimizning oramizdagilar qilyapti. Bazan shunchalik tubanlikka borishadiki, pora bermaydigan bolsa, bir istedodli tadbirkorning ajoyib loyihasi qollab-quvvatlanmaydi, yaratiladigan ish orinlari yoqqa chiqadi, davlatga tegadigan foyda yoqoladi. Boyagi ochkoz, marifatsiz, insofsiz, diyonatsiz rahbarning parvoyi palak. Qayerdandir ortaga tanish tushib, til topishishsa, ish bir pastda bitadi. Ozimizning ham boshimizdan otgan, yaxshi taklif bilan hokimlar yoniga borganimizda xuddi dushmanni kutib olgandek ogrinib kutib olishgan.

Otgan yillar davomida poraxorlikdan, korrupsiyadan bir guruh nohalol odamlar boyidi. Ammo ular mamlakatga behisob ziyon-zahmat yetkazishadi.

Oylab koraylik, Xitoy 1 milliard 400 million aholisini qanday boqayapti? Davlat ularni boqmayapti. Ularga imkoniyat, sharoit yaratib berayapti, odamlar ozini ozi boqayapti. Agar otgan ottiz yilda tadbirkorlarimiz yoli tosilmaganda, xorijlik investorlar bezib ketmaganda, qolidan ish keladigan kishilar qollab-quvvatlanganda, Ozbekiston hozirgi holatidan uch barobar, ehtimol on barobar rivojlangan bolar edi. Ammo poraxor amaldorlar bunga yol qoyishmadi.

Bugunga kelib, Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashni kun tartibiga qatiy qoydi. Jumladan shunday dedi: Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha azolari, tabir joiz bolsa, halollik vaksinasi bilan emlanmas ekan, oz oldimizga qoyilgan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning oldini olishga otishimiz kerak.

Vazifa shu darajada qattiq qoyilayaptiki, faqat Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga masul boladigan alohida organ tashkil etish taklif etildi.

Bu mexanizm oz samarasini beradi, albatta. chunki, endi amaldorlarning jinoyatlari Prezidentdan yashirilmaydi, silliq axborotlar berilmaydi, hozirgi sharoitda biz uchun bu organ ota muhim ahamiyatga ega. Shu orinda ayrim mulohazalarni bildirib otmoqchiman. Korrupsiyaga qarshi kurashishga masul organ tarkibiga albatta, tajribali jurnalistlar, jamoat tashkilotlari vakillari ham jalb etilsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Ikkinchidan, bu mavzuga Ommaviy axborot vositalari hanuzgacha xotirjamroq munosabatda bolib kelmoqda. Yuz bergan korrupsiya holatlari haqida matbuot va televideniyeda pishiq, puxta, tahliliy materiallar izchil yoritib borilsa, kopchilikka saboq boladi, deb oylayman.

Prezidentimizning yana bir fikri bizni oylashga, xulosa chiqarishga undaydi. Aslida kop balo-qazolar joni ana shu masalaga bogliq.

Qarang, nima deyilayapti? ...jamiyatimizning barcha azolari, tabir joiz bolsa, halollik vaksinasi bilan emlanmas ekan, oz oldimizga qoygan yuksak marralarga erisha olmaymiz.

Bu fikrni tushinish ham oson, ham qiyin. Halollik vaksinasi, deyilganda nima nazarda tutilayapti? Bu dori dorixonalarda yoqligini bilamiz, ukoli ham yoq. Qaniydi, bor bolganida, ehtimol hammaga bittadan ukol yetarli bolardi.

Ayrim kasalliklarga qarshi chaqaloqlar turli vaksinalar bilan emlanadi. Boldi, u osha xavfli kasalga chalinmaydi. Bola oilada, maktabda, mahallada yaxshi tarbiya olsa, unda insoniy fazilatlar mustahkamlanib boradi.

Korrupsiya haqida kop bahs-munozaralar bolayapti. Yaqinda saylov oldi tashviqotlaridan birida siyosiy partiyalardan birining rahbari Biz korrupsiyani bir yilda yoqotamiz, dedi. Niyat yaxshi albatta... Boshqa bir bahsda yana bir partiya vakili jazoni kuchaytirish kerak, dedi. Togri, dunyo tajribasida bunday holatlar bor. Biz ham hozirgi sharoitda shunday yol tutishimiz kerakdir. Ammo qorqitish, jazolash bilan hech narsani ildizi bilan quritib bolmaydi. Korrupsiya goyo yovvoyi ot, osayapti, siz orib tashlayapsiz. U yana osaveradi...

Korrupsiyani ildizi bilan yoq qiladigan davo aynan halollik vaksiasidir. Alisher Navoiy bobomiz shunday tanbeh beradi: Nafsni tobe qilolsang odamsan. Aks holda, yuz ming kishi senga qaram bolsa ham hech qachon odam bololmaysan. Abdulla Avloniy insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir, deydi.

Xitoylik dunyoga mashhur donishmand Konfutsiy shunday, degan ekan: Olijanob inson mumtoz asarlarni keng organib, axloq qoidalari bilan ozini jilovlasa, u oz qarashlariga aslo xiyonat qilmaydi.

Demak, yaxshi kitoblarni oqish kishida yaxshi fazilatlarni tarbiyalaydi. Oz xalqi va Vataniga bolaligidan mehr-muhabbat uygotadi.

Imom Buxoriy, Abduxoliq Gijduvoniy, Hakim at Termiziy kabi ne-ne uluglarimiz qoldirgan bebaho xazinalar oltin sozlar, buyuk ogitlar, vasiyatlar aynan halollik vaksinasidir. Ular ilmli bolish, halollik, mardlik, diyonat, adolat, sabr-qanoat, shukronalik kishiga izzat-hurmat, baxt-saodat keltirishiga kafolat berishadi. Vatanni oylagan unga hech qachon isnod keltirmaydi, haromdan hazar qiladi. Birovning haqi buyurmaydi, deyishadi. Ilmsizlik, marifatsizlik, manaviyatsizlik, ongsizlik, ochkozlik kishini xudbin, pastkash odamga aylantiradi.

Biroq biz bugun qanday kitoblarni bolalarimizga oqitayotganimizni chuqurroq oylab koraylik, ozimiz nimani oqiyotganimizni ham.

Korrupsiya oz-ozidan paydo bolmaganidek, halollik vaksinasi ham birdaniga tasir qilmaydi, albatta. Qachonki, bolalikdan ongu-shuurimizga, yuragimizga singdirib borilsa, halollik vaksinasi bilan emlangan kishiga korrupsiya yaqin yolay olmaydi. Bunday odamlar qalbida mol-dunyoga hirs emas, hayotga havas, Vatanga muhabbat yashaydi. Ular ozlarining shaxsiy yutuqlaridan kora xalqining yutugidan koproq gururlanadi. Ular qalbida ardoqli, suyukli, vatanparvar shoiramiz Halima Xudoyberdiyevaning hayqirigi yashaydi:

Qancha qoning bolsa, Vatan uchun tok,

Qancha shoning bolsa, Vatanni kotar...

Safar OSTONOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

OzXDP fraksiyasi azosi


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: