O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
04.02.2020

PREZIDENT MUROJAATNOMASI XALQIMIZNI DEMOKRATIK JAMIYaT BARPO ETIShGA RUHLANTIRMOQDA

AQShning o‘ttiz ikkinchi Prezidenti Franklin Ruzvelt, Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk, Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomalaridagi muhim jihatlar haqida…

— Tarixda millat oz taraqqiyotining mas’uliyatli bosqichiga kirar ekan, xalqni ortga qaytmas ijtimoiy-siyosiy ozgarishlar va islohotlar uchun safarbar qilish, uzoq muddatga moljallangan strategik vazifalar hamda bugungi kunda kechiktirib bolmaydigan taktik hamlalarni siyosiy elita hamda el-yurt (jamoatchilik)ga anglatish uchun siyosiy liderlar parlamentga, u orqali mamlakat aholisining barcha qatlamlariga Murojaat qilishi dunyo siyosiy madaniyatining ajralmas qismi bolib keldi.

Mamlakatimizda bu siyosiy anana 2017 yildan – Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan shakllana boshladi. Zero, Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga ilk Murojaatnomasida qayd etilganidek, “...dunyodagi kopchilik taraqqiy topgan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament azolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirish boyicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud. Davlat boshqaruvining bunday demokratik usuli bugun Ozbekistonda olib borilayotgan keng kolamli islohotlar, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga goyat uygun va hamohang bolib, bizning ish faoliyatimiz samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi...”

2020 yil 24 yanvarda yangi saylangan Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati azolariga xitoban sozlangan uchinchi Murojaatnoma ozining mazmun va mohiyati, butun mamlakat, millat va parlament oldiga qoyilgan vazifalar kolami jihatidan siyosiy madaniyatimizda yaqinda shakllana boshlagan bu ananani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Murojaatnoma Ozbekiston hayotida boshlangan yangilanish, ochiqlik, demokratik va liberal iqtisodiy islohotlar Prezident va hukumatning ichki va tashqi siyosatda tutuvchi ozgarmas va ortga qaytmas yoli ekanini namoyish qildi. Bu Murojaatnomada Shavkat Mirziyoyev alohida qayd etganidek, Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun Ozbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman: demokratik islohotlar yoli biz uchun yakkayu yagona va eng togri yoldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilgor tajribalarni chuqur organib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz.

Dunyo tarixiga koz tashlasak, mamlakat liderining parlamentga va xalqqa Murojaatnomalar bilan chiqishi ananasi oz yurtlarida beqiyos ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlarni amalga oshirgan, olkaning va jahon tarixida ochmas iz qoldirgan buyuk liderlarning siyosiy hayot yolidagi qiyinchiliklar va tosiqlarni yengishning bir usuli va ramzi bolganini koramiz. Xususan, AQShdagi 1929-33-yillarda roy bergan buyuk bohronni yengish va mamlakatni taraqqiyotning yangi bosqichiga olib chiqishda atoqli davlat arbobi Franklin Ruzvelt ozining 12 yillik Prezidentlik davrida (1933-1945) bir necha bor Kongressga va togridan-togri amerikaliklarga murojaat qilgan. U 1933 yil 4 martda Prezidentlik lavozimiga kirishar ekan, Amerika xalqiga birinchi bor murojaat qiladi hamda xonavayron bolgan fermerlarni va qishloq xojaligi tizimini, bankrotlik botqogiga botgan sanoatni, barbod bolgan banklarni jonlantirish orqali AQSh iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasini elon qiladi. Bu strategiyaga asosan dastlabki 100 kunda yangi yol deb nom olgan siyosatning asosiy parametrlari va uning huquqiy asosi yaratilgan. Franklin Ruzveltning yangi yol siyosati tufayli Amerika oz tarixidagi eng dahshatli buhronni yengani va 2-Jahon urushidan keyin dunyodagi eng qudratli davlatga aylangani rost. Franklin Ruzveltning Kongressga va amerikaliklarga qilgan Murojaatlaridagi quyidagi fikrlar muvaffaqiyatli bir siyosatchining hayotiy tajribasidan vujudga kelgan aforizmlarga aylangan:

Haqiqiy shaxsiy hurriyatni iqtisodiy xavfsizlik va mustaqilliksiz taminlash mumkin emas;

Muhtoj inson erkin bola olmaydi;

Dengiz jangida kemalarsiz galabaga erishib bolmaganidek, goyalar urushida kitoblarsiz zafar qozonish qiyin;

Siyosatda hech narsa oz-ozidan yuz bermaydi, agar biror narsa roy bersa, u avvaldan oylangan boladi;

Bizda taraqqiyotning darajasi boylarning yanada boyib ketishi emas, balki hech vaqosi bolmagan kambagallarni yetarlicha taminlash bilan olchanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomasida AQShning ottiz ikkinchi prezidenti Franklin Vuzveltning 1933 yil 4 martdagi Murojaatnomasi va undan keyingi davrda amerikaliklarga xitoblarida yaqqol namoyon bolgan holat butun xalq, davlat, siyosiy partiyalar, jamoatchilik, matbuot, nodavlat tashkilotlari birga, qolni-qolga bergandagina bugungi iqtisodiy qiyinchiliklarni yengish mumkinligi, xalq va jamiyat oz kelajagining ijodkori (Jamiyat islohotlar tashabbuskori) ekanligi goyasi olga igari surilgan: Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yol turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz oqib-organsak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, ozimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz ozgaradi.

Insoniyatning yaqin tarixida ozining izchil siyosiy strategiyasi va taktik dahosi bilan juda marakkab vaziyatlardan chiqishni uddalagan hamda millatini orqasidan ergashtirib, har taraflama siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, talim islohotlarini muvaffaqiyatli uddalagan yana bir ulug siyosatchi Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkdir. Mustafo Kamol Otaturk (1881-1938) Usmoniylar saltanati parokandalikka uchrab, mamlakat Garb davlatlari tomonidan ishgol etilgan bir davrda siyosat maydoniga chiqdi. U turk xalqining golibona ozodlik urushiga yetakchilik qildi va Usmoniylar saltanatining vayronalari ornida zamonaviy, dunyoviy-demokratik Turkiya Respublikasini barpo etdi.

Turkiya Buyuk Millat majlisi (TBMM) tashkil topgan 1920 yildan etiboran Otaturk har yili parlamentning yangi toplanma yili boshlanishida parlamentga xitoban nutq sozlagan. Ayniqsa, uning 1922 yil 1 martdagi ana shunday nutqi etiborga sazovordir.

Turk inqilobining yolboshchisi ushbu murojaatida yangi barpo etilayotgan turk davlatida ijtimoiy adolatni qaror toptirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taminlash va adolatli qonunlarga asoslangan sud-huquq tizimini barpo etishga alohida toxtaladi. Otaturkning osha nutqidagi quyidagi fikrlar etiborga sazovordir:

Hukumat mamlakatda qonunni ustuvor qilish, adolatning hukmron bolishini taminlashi lozim... Adliya tizimimizda erishiladigan maqsad avvalo xalqni charchatmasdan, togrilik va ishonchli tarzda haqiqatni joriy qilishdir. Ikkinchi vazifa esa davlat va jamoat tashkilotlarimiz butun dunyo bilan aloqalarini muttasil olib borishi tabiiy va zarurdir. Buning uchun adolatni taminlash saviyamizni butun madaniyatli olkalarning saviyasida tutishimiz kerak. Bu maqsadga erishmoq uchun ixtiyorimizdagi qonun va usullarni davomli ravishda tuzatish, yangilash va jonlantirish lozim.

Davlatimiz rahbari 2017, 2018 yillardagi Murojaatnomalarida ham aynan ana shu goyalar kuchli urgu bilan ifodalangan edi: Men bir fikrni takrorlashdan charchamayman: xalqimiz hamma narsadan ustun qoyadigan adolatni hayotimizda tom manoda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylanishi shart. Zero, ...ichki ishlar idoralari hali chinakam Xalqparvar ichki ishlar idoralariga aylangani yoq.

Prokuratura organlarining esa jamiyatda qonun ustuvorligini taminlash borasidagi faoliyati yetarli emas. Sud idoralari hali-hamon har qanday holatda adolat qaror topadigan maskanga aylangani yoq.

Ushbu murojaatnomalar parlament va xalqimiz tomonidan dasturilamal etib qabul qilingandan keyingi davrda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar togrisidagi va Davlat xavfsizlik xizmati togrisidagi qonunlarni ishlab chiqib va qabul etilishi jamiyatimizda qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni taminlashda muhim siljishlar yuz berdi, vakolatli organlar konstitutsion ramka doirasida ishlay boshladilar.

Mustafo Kamol Otaturk mamlakatni boshqargan yillarda Turkiya tipik bir agrar mamlakat, qishloq xojaligi va dehqonlar olkaning asosiy ishlab chiqarish kuchlari edi. Ana shu vaziyatda qishloq xojaligi va dehqonlarni qollab-quvvatlash iqtisodiy tanglikdan chiqishning yagona yoli ekanligini u ozining kopgina murojaatlarida takror-takror aytib otadi. Uning yuqoridagi murojaatnomasida quyidagi satrlarni oqiymiz:

Janoblar, millatimiz dehqonlardan iborat. Biz millatimizning dehqonchilikdagi ishlarini zamonaviy iqtisodiy choralar bilan eng yuqori saviyaga kotarishimiz lozim. Dehqon mehnatining natijalarini va mehnatining samarasini uning ozining foydasiga xizmat qilishini eng yuqori darajaga kotarish iqtisodiy siyosatimizning bosh tamoyilidir. Shu sababli, bir tarafdan dehqonning mehnati hajmi va mahsuldorligini oshiradigan bilim, vosita va ilmiy ishlarni avj oldirish va boshqa tarafdan pirovard natijada uni oz mehnatidan eng kop darajada manfaat korishini taminlash uchun harakat qilishimiz kerak.

Korinib turibdiki, Mustafo Kamol Otaturk jamiyatdagi islohotlar keng omma orasiga yoyilganda va mamlakatdagi aholi band bolgan iqtisod tarmogida realizatsiya qilinganidagina muvaffaqiyatga erishishiga ishora qilmoqda. Prezidentimizning shu yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida mamlakatimiz dehqonlarining oyogiga tushov va qishloq xojaligining tez suratli taraqqiyotiga gov bolayotgan galla va paxtaga davlat buyurtmasi kabi mamuriy-buyruqbozlik tizimi va uning zararli oqibatlarini tugatish xususidagi orinlar turk siyosatchisining bundan 100 yil oldin aytgan fikriga hamohangdir. Binobarin, murojaatnomada galla va paxtaga davlat buyurtmasining unsurini bekor qilish xususidagi korsatmalar dehqonga va dehqonchilikka berilayotgan yuksak etiborning namunasidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev kuyunchaklik bilan aytganidek, ...bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli ozgarish bolmaydi. Shu bois, paxta va galla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich otamiz. Agar bu yoldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bolmaydi, ular ozlari kutganlaridek manfaat kormaydi, hokimlarning esa ish uslubi ozgarmaydi.

Jamiyat taraqqiyotini talim va ilm-fansiz tasavvur qilmaydigan Mustafo Kamol Otaturk kabi uzoqni kora oladigan strategik tafakkur egalari talimni tez suratlar bilan taraqqiy etishning kaliti deb bilganlar. Mustafo Kamol Otaturk jumladan, bu xususda parlament azolariga quyidagicha murojaat etgan : ...mamlakatning haqiqiy egalari (turklar va qishloqdagi aholi nazarda tutilmoqda muallif) hozirgacha talimdan chetda tutib kelindi. Shu tufayli bizning talim siyosatimizning mohiyati avvalo bilimsizlikni yoq qilishdir. Tafsilotga kirmasdan londa qilib aytganda, butun xalqimizga oqish, yozishni orgatish, uni vatanini, millatini, dinini, dunyoni tanishiga komaklashadigan geografiya, tarix, din va axloq, matematika bilan aloqador bilimlarni berish talim dasturimizning birinchi va asosiy maqsadidir... Orta talimda talim-tarbiyani amaliyot bilan aloqali bolishini taminlash shartdir. Xotin-qizlarimizning talimning barcha bosqichlaridan otib, voyaga yetishlariga jiddiy etibor berilishi shartdir.

Prezidentimizning Murojaatnomasida ham Otaturkning yuqoridagi gaplariga hamohang fikrlar mavjud. Yani oradagi on yilliklar va hatto bir asr farq bolishiga qaramay, jahon hamjamiyatida oz ornini egallashga jazm qilgan xalq va jamiyat uchun talim va ilm-fan, bunda ayollarning ornini yuksaltirish goyasi ustuvor bolib qolishi tabiiy. Shu sababli Murojaatnomadagi ushbu fikrlar aslo va aslo tasodifiy emas: Oliy malumot olaman, oz ustimda ishlab, ilmli bolaman, degan, yuragida oti bor, joshqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy talim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz.

Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy talim qamrovini oshirish tolov kontraktiga bogliq bolib qolmasligi zarur. Shuni hisobga olib, oliy oquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar kopaytiramiz, desam, sizlar bu fikrga qanday qaraysiz?

Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qomitasi ushbu grantlar asosida oqitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerak.

Xullas, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari yangi Ozbekistonning XXI asrdagi tarixiga zarhal harflar bilan yozilajak fikr va goyalar bilan tolib-toshgan. Muhimi, bu goyalar xalqimizning qalbidan keng orin olmoqda, uni hur, erkin, adolatli, farovon va demokratik jamiyat barpo etishga ruhlantirmoqda.

Joliboy ELTAZAROV,

Samarqand davlat universiteti

filologiya fakulteti dekani, professor


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: