O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
04.02.2020

OZBEKISTON PREZIDENTI AQSh DAVLAT KOTIBINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bolgan Amerika Qoshma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Richard Pompeoni qabul qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda barqaror, tizimli tus olgan va ozaro ishonchga asoslangan kop qirrali Ozbekiston – AQSh munosabatlari izchil rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergan 2018 yil may oyida AQShga oliy darajadagi tarixiy tashrif chogida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ozaro almashinuvlar faollashgani alohida ta’kidlandi.

Konstruktiv, jumladan, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar boyicha siyosiy muloqot yolga qoyildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy, agrar, energetik, talim, huquqni muhofaza qilish va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.

Keyingi bir necha yil davomida tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar kopaydi. AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Amerika investitsiyalarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Joriy oquv yilidan boshlab mamlakatimizda Vebster universitetining filiali oz ishini boshladi.

AQSh Davlat kotibi, oz navbatida, samimiy qabul uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda Prezident Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

AQSh tomoni Ozbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qollab-quvvatlashda qatiy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Maykl Pompeo Ozbekistonda olib borilayotgan demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yuksak baholadi.

Davlat departamenti rahbari, shuningdek, Ozbekistonning barqaror taraqqiyoti ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yolida mustahkam asos yaratayotganini takidladi.

Uchrashuvda mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga alohida etibor qaratildi. Davlat kotibi Toshkentda Markaziy Osiyo va AQSh tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli otkazilgani bilan tabrikladi.

Yangi Ozbekiston rahbarining siyosati tufayli mintaqada ishonch, sheriklik va yaxshi qoshnichilik muhitini shakllantirishda katta natijalarga erishilgani takidlandi. 2019 yil noyabr oyida poytaxtimizda otgan Markaziy Osiyo davlatlar rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari alohida qayd etildi.

Iqtisodiyot sohasida AQSh yetakchi kompaniyalarining Ozbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishni ozaro qollab-quvvatlash yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.

Maykl Pompeo bugungi kunda mamlakatimizda savdo-iqtisodiy hamkorlik kolamini bir necha on karra oshirish imkonini beradigan biznes tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini takidladi.

Bundan tashqari, AQSh mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonini jadallashtirishga har tomonlama komaklashishi qayd etildi.

Inson salohiyatini rivojlantirish, jumladan, fuqarolik jamiyatni rivojlantirishni qollab-quvvatlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini taminlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda konstruktiv hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Afgonistonda tinchlik ornatish, shuningdek, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Maykl Pompeo Ozbekistonning Afgonistonda tinchlik va barqarorlikka erishish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga doir aniq infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan faol say-harakatlarini qollab-quvvatladi.

Uchrashuv songgida tomonlarning Ozbekiston Respublikasi va Amerika Qoshma Shtatlari ortasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash borasidagi intilishlari qatiy ekani takidlandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: