O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
04.02.2020

SOHANI SANOAT DARAJASIGA KOTARIShIMIZ KERAK ...

Haqiqatan ham, dehqonchilik bir yilda, chorvachilik qirq yilda, quyonchilik qirq kunda daromad keltiradimi?

Bolalikdan quyonga mehrimiz boshqacha. Munchoqday ko‘zlarining jovdirab turishi, chaqqonligi, moynasining mayinligi jajji qalblarni sehrlaydi. Koplab multfilmlarda va ayniqsa, «Ha, senimi, shoshmay tur!» serialidagi topqir va quvnoq Quyonchaning Borini doimo dogda qoldirishi bolalarda yaxshilikning yomonlik ustidan galabasiga ishonch uygotadi...

Quyon boqish haqida gap ketganda esa aksar holda Ajoyib xayolparast badiiy filmidagi voqealar eslanadi. Film bosh qahramoni Hasanning asl kasbi shifokor bolsa-da, quyon boqish ortidan xayolan katta orzularga erishishni istaydi. Aslida uning orzulari orzuligicha qoladi, qaytanga yon-atrofdagilar uning bu yumushiga aqlli odamning ishi emas degan qabilda munosabatda bolishadi. Film otgan asrning 70-yillari oxirida suratga olinganini yodga olsak, unda osha davrga xos xususiyatlar oz ifodasini topganligi ham tabiiy hol.

Ayni kezda esa biz butunlay yangi jamiyatda, yangi tizimda yashayapmiz. Maqsad-marralar odamlarning yaxshi yashashiga, orzu-umidlari ushalishiga qaratilgan. Qat’iyatli, kasbiga oshufta, uning nufuzi va daromadini oshirishga sidqidildan bel boglagan ishbilarmonlar har bir jabhada, shu jumladan, quyonchilik sohasi uchun ham juda zarur. Chunki, uni rivojlantirish maqsadida davlat miqyosida chora-tadbirlar korilyapti, ixtisoslashgan uyushmalar, xizmat korsatish markazlari tuzilyapti. Tabiiyki, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi ham shunga yarasha bolishi kerak.

Yaqinda Ozbekiston quyonchilik xojaliklari Assotsiatsiyasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi tomonidan royxatdan otkazildi. Assotsiatsiya boshqaruvi raisi Abdurazzoq IBROHIMOV bilan suhbatimiz quyonchilikning foydali jihatlari, serdaromadligi omillari, sohani rivojlantirishning istiqbol imkoniyatlari va ularni ishga solishda Assotsiatsiya oldida turgan vazifalarga qaratildi.

Assotsiatsiya tuzilishi bilan mamlakatimizda quyonchilikni rivojlantirishga yonaltirilgan Assotsiatsiyalar ikkita boldi. Ular faoliyati qay jihatlari bilan farqlanadi? Yangi tuzilma oz oldiga qanday vazifalarni bajarishni maqsad qilib qoygan ?

Assotsiatsiyani tashkil etishdan maqsad birinchi navbatda, mamlakatimizdagi quyonchilik xojaliklarini birlashtirgan holda mazkur sohani yanada rivojlantirish, xalqimiz dasturxonida parhezbop, sifatli, arzon gosht mahsulotlarining hajmi va turlarini kopaytirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun ilgor tajriba va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda zamonaviy quyonchilik xojaliklarini tashkil qilish, shu bilan birga, chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini yolga qoyishimiz zarur boladi. Bir soz bilan aytganda, sohani sanoat darajasiga kotarishimiz kerak. Bu borada biz tadbirkorlik subyektlari, fermer xojaliklari va ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda ish olib boramiz. Buning natijasida esa hududlarda, eng avvalo, chekka qishloqlarda koplab yangi ish orinlari yuzaga keladi.

Assotsiatsiyamizdan biroz oldinroq ish boshlagan Naslli quyon yetishtiruvchilar Assotsiatsiyasi faoliyatida oz nomidan kelib chiqqan holda naslchilikni taraqqiy ettirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi vazifalar ustuvorlik qiladi. Ikki Assotsiatsiyaning ham asosiy maqsadi bitta, u ham bolsa, mamlakatimizda quyonchilik sohasini rivojlantirishga, uni serdaromad sohaga aylantirishga komaklashishdan iborat.

Oxirgi uch-ort yilga qadar quyonchilikni rivojlantirishga qaratilgan biron-bir muhim hujjat qabul qilingani yoki tadbir otkazilganini eslash mushkul. Shu jihatdan olganda, keyingi paytda quyonchilikni taraqqiy ettirish choralari hududiy dasturlardan orin olgani, banklar tomonidan milliardlab somlik kreditlar berilayotgani, seleksiya genetika markazi tashkil etilgani alohida etirofga loyiq. Yaqinda Vazirlar Mahkamasining Respublikada quyonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida gi qarori loyihasi muhokamaga qoyildi...

Haqiqatan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keyingi uch yilda chorvachilikning boshqa sohalari kabi quyonchilikka bolgan etibor ham, moddiy qollab-quvvatlash ham tubdan ozgardi. 2019 yil 28 martdagi Ozbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qomitasi faoliyatini tashkil etish togrisidagi qaror qabul qilinishi bunga yorqin misol bola oladi. Birgina Mikrokreditbank tomonidan otgan davr mobaynida yuridik va jismoniy shaxslardan iborat quyonchilik xojaliklariga 68,3 milliard som miqdorida kredit mablaglari ajratilgan.

Biz korsatilayotgan bunday katta etiborni amaliy ishimiz, qoshgan hissamiz bilan oqlashimiz zarur. Oldinda turgan ishlar kolami esa juda katta. Xususan, Prezidentimiz rahbarligida otkazilgan 2019 yilning 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishida quyonchilik bilan bogliq masalalar ham korib chiqilib, uni sanoat usulida boqishni rivojlantirish vazifalari belgilab berildi, Chunki, hisob-kitoblarga kora, naslli quyonni tabiiy usulda bir yilda 5 marta (5-6 ta bola), sanoat usulida esa 7 martagacha (6-8 ta) kopaytirish mumkin.

Shundan keyin kop otmay, Vazirlar Mahkamasining Respublikada quyonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida gi qarori loyihasi elon qilindi. Muhokamalar davomida hujjatda belgilangan bir qator bandlar yanada takomillashishi, ayrimlari ozgarishi mumkin. Lekin shunga qaramay, undan orin olgan chora-tadbirlarning ozi sohamiz vakillarini behad mamnun etmoqda. Negaki, unda bizni anchadan buyon oylantirib kelayotgan qator muammolar oz yechimini topmoqda, yangi imkoniyatlarni ishga solish hozirligini korishga undamoqda. Bir misol, qaror loyihasida shifoxona va shifo maskanlari, maktab va maktabgacha talim muassasalari hamda harbiy qismlarda istemol qilinadigan mahsulotlar tarkibiga parhez va foydali quyon goshtini 10 foizgacha qoshish, mazkur miqdor uchun mablag ajratilishi davlat byudjetidan moliyalashtirilishi kozda tutilmoqda. Bundan tashqari, quyonchilik bilan shugullanuvchi subyektlarga sanoat usulida quyon parvarishlashni yolga qoyishlari uchun yer maydonlari ajratish belgilanmoqda.

Ochigini aytish kerak, qaror loyihasida belgilangan choralarni bajarish oson kechmaydi. Qisqa fursatda quyonlar sonini millionlab boshga oshirish, minglab tonna sifatli gosht yetishtirish uchun boshqaruv tizimini tubdan ozgartirib, innovatsion loyiha va texnologiyalarni jadal ozlashtirish, sanoat usulida quyon boquvchi xojaliklarni har bir hududda tashkil etish, xorijning eng ilgor tajribalarini joriy etish uchun yeng shimarib ishlash kerak boladi. Oz navbatida bu vazifalarni amalga oshirish yuzlab malakali mutaxassislarga, ming-minglab ishchi-xodimlarga ehtiyoj tugdiradi.

Xorijning ilgor tajribalarini joriy etish zarurligini qayd etdingiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda dunyoda quyonchilik sohasi qanday rivojlanmoqda? Ularning qaysi jihatlarini yurtimizda tatbiq etish yaxshi samara beradi?

Xalqaro standartlarga nazar tashlaydigan bolsak, inson organizmi soglomligi uchun bir yilda 90 kilogrammgacha gosht istemol qilishi, shuning kamida 5 foizi quyon goshti bolishi zarurligi qayd etiladi. Dunyoda quyon goshtiga talab yiliga orta hisobda 25 foizga, ayrim mamlakatlarda 70 foizgacha osib bormoqda. Buning boisi nimada? Asosiy sabab quyon goshtining ekologik jihatdan tozaligi va parhezbopligidir. Masalan, Italiyada resurslar cheklanganiga qaramasdan bir yilda 300 ming tonna quyon goshti yetishtiriladi. Lekin uning biron tonnasi chet elga eksport qilinmaydi. Nega? Chunki, ichki bozorni taminlashga yetmaydi.

Assotsiatsiyamiz vakillari yaqinda Rossiyada bolishdi. Quyonchilik bilan bevosita shugullanuvchi tashkilot, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan otkazilgan uchrashuvlar samarali kechdi va bir qator kelishuvlarga erishdik. Bundan kozda tutilgan maqsad ularning innnovatsion ishlanmalarini yurtimizda tatbiq etish va bu boradagi ishlarni boshlab yubordik.

Tajribali tadbirkorlar bilan suhbatda soha haqida gap ketganda, dehqonchilik bir yilda, chorvachilik qirq yilda, quyonchilik qirq kunda daromad keltiradi, degan fikrni qayd etishni xush korishadi. Albatta, bu fikrda xalqimizning hazil-mutoyibaga moyilligiga xos biroz borttirish sezilib turadi. Aslida ham quyonchilik shunchalik foydali va serdaromad sohami?

Aslida bu iborada quyochilikka nisbatan olganda hech bir mubolaga yoq, deyish mumkin. Chunki, uy hayvonlari orasida quyon eng tez yetiladi. Agar tugilgan buzoqcha oz vaznini 47 kunda ikki barobarga oshirsa, quyon bolasi bunday natijaga 6 kunda erishadi. Bir oyligida quyonchaning vazni taxminan 10 barobarga oshadi. Tez yetiluvchan quyon zotlarining emizikli bolalari togri boqilsa, osish jadalligi jihatdan goshtga boqiladigan jojalardan ham ozib ketadi.

Yana bir jihati, bitta quyon yil davomida tabiiy uy sharoitida besh marta, har safar minimum besh-oltitadan bolalaydi. Bu ottiztaga kopaydi, degani. Yana bir tomoni, yil boshida tugilgan quyonchalar yil oxiriga kelib, ozlari ham bolalaydi. Xullas, shu vaqt ichida quyonlar soni qariyb 140 taga yetib, 300 kilogrammgacha gosht olish imkoniyati vujudga keladi. Quyon goshti ichki bozorimizda ortacha 40 ming som, jahon bozorida esa 5-6 dollar turishini, uning moynasiga ham talab yuqoriligini inobatga olsak, serdaromad soha ekanligiga amin bolamiz.

Quyonning 1 kilogramm momigidan 2000 metr sifatli ip olish mumkin. U issiqliqni saqlash xususiyatiga kora, qoy junidan on baobar ortiq bolgani holda toqimachilik, duxoba va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda ham ishlatiladi.

Tibbiy tomondan olganda, quyon zardobidan olinadigan 59 turdagi dori-darmonlar oshqozon-ichak, meda, ot-pufak, jigar, saraton kabi xastaliklarni davolashda ota samarali va qimmat vosita hisoblanadi, miyasidan olinadigan kukunning esa har bir kilogrammi jahon bozorida 30 000 AQSh dollari qiymatida baholanadi. Quyon yogi ham ekologik toza mahsulot sifatida kosmetologiya va farmatsevtikada ham foydalanish mumkin.

Buyuk mutafakkir bobomiz Burhonuddin Marginoniyning bundan toqqiz asr oldin yaratilgan Hidoya asarida Paygambarimiz s.a.v-ga qizartirib pishirilgan quyon goshti berilganida undan yeganlari va sahobalarga ham yeyishni aytganlari keltiriladi, u kiyik goshtiga qiyoslanadi. Quyon goshtining inson organizmi uchun yana qanday foydali xususiyatlari bor?

Mutaxassislarning fikricha, uning tarkibida yog va xolesterin moddasi juda kam. Inson organizmida tez hazm boladi va tolaqonli oqsil moddasiga ehtiyoji yuqori bolgan maktabgacha yoshdagi bolalar, osmirlar, emizikli ayollar, keksa yoshdagilar uchun juda foydalidir. Masalan, istemol qilingan 100 gramm qoramol goshtining 62 foizigina organizmimizda hazm bolsa, bu korsatkich quyon goshtida 90 foizni, xolestirin miqdori qoy yogi tarkibida 1,40 grammni, quyonnikida esa, atigi 0,4 grammni tashkil etadi.

Malumotlarga qaraganda, Ozbekistonda bugunga kelib 1 ming 250 ta quyonchilik fermasi mavjud, sanoat usulida 500 ming bosh quyon boqiladi. Albatta, bu miqdor juda kam, osib borayotgan talabni taminlash uchun soha faoliyatini tubdan ozgartirishni, innovatsion va samarador loyihalarni jadal amalga oshirishni taqozo etadi. Shunday bir kezda Ozbekiston quyonchilik xojaliklari assotsiatsiyasi qanday maqsadlarni kozlab ish olib borayapti?

Assotsiatsiyamiz tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan 2020-2024 yillarga moljallangan dastur ishlab chiqilgan. Ana shu vaqt mobaynida respublikamiz hududlarida 7 ta klaster tashkil etiladi. Ularda bir millionga yaqin zotdor urgochi quyonlar parvarishlash, 300000 tonnadan ortiq omixta yem ishlab chiqarishdan tortib, yiliga 28, 5 ming tonna sifatli quyon goshti va 38 million dona konserva tayyorlovchi zamonaviy majmualarni qamrab oladi. Mazkur majmualarning ozida quyon terisi, moynasi, momigi, zardobi va boshqa mahsulotlarni chuqur qayta ishlovchi hamda eksportga yonaltiruvchi korxonalarning faoliyat korsatishi ham kozda tutilgan. Ularning eksport salohiyati besh yil mobaynida 650 million dollarga yetishi moljallanmoqda.

Bundan tashqari, klasterlar atrofida shartnoma bilan ishlovchi 45000 ta shaxsiy tomorqa xojaliklari tashkil etilishi va buning natijasida minglab yangi ish orinlari yuzaga keltirilishi ham belgilab olingan. Dasturning toliq amalga oshirilishi natijasida jami 8 trilion 156 milliard somlik mahsulot ishlab chiqarish, jami soliqlar hisobidan bir trillion 970 milliard somlik tushum tushishi mumkin boladi.

Suhbatdosh:

Abdurauf QORJOVOV, iqtisodiy sharhlovchi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: