O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.02.2020

PEK MIN HYoN, KOICA VOLONTYoRI: OILA TALIMI NIMA?

2019 yilda Janubiy Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda mazkur mamlakatning «KBS» telekanali tomonidan Koreya xalqi madaniyati va tarixi bo‘yicha. otkazilgan Quiz on Korea — 2019 xalqaro tanlovda Ozbekiston, Germaniya, Angliya, Portugaliya, Rossiya va Turkiya kabi 20 davlatdan 30 yoshgacha bolgan koplab yigit-qizlar ishtirok etdi. Unda Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Hamida Qahramonova mutlaq goliblikni qolga kiritdi.

Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya fakultetida koreys tili yonalishida tahsil olayotgan talabalar interfaol usullar vositasida til organadilar. Talaba mustaqil ta’lim olishga ragbatlantiriladi hamda undan erkin fikrlash talab qilinadi. Bunda oqituvchi bilim beruvchi baholovchi sifatida emas, balki biror-bir jarayonning borishiga yaxshi tasir etuvchi unga mos shart-sharoitlar yaratib beruvchi sifatida namoyon boladi.

Darhaqiqat Ozbekiston davlat jahon tillari universitetida 1995 yildan buyon koreys tili ikkinchi chet tili sifatida oqitib kelinadi. Shu bois, Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari, xususan, Seul milliy pedagogika universiteti, Chung-Ang, Jongbu, Sunchon, Chonnam, Pusan chet tillari universitetlari bilan samarali hamkorlik qilinmoqda.

2017-2018 oquv yilidan boshlab filologiya fakultetida koreys tili yonalishi alohida mutaxassislik sifatida ochildi va bu yerda koreys tilini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Janubiy Koreyaning KOICA xalqaro tashkiloti tomonidan jalb qilingan volontyor oqituvchilar – Park Yong In, Pek Minxyon hamda mutaxassislar Pek Kim Nan, Sol Von Te, Jongbu universiteti amaliyotchisi Kim Dea Yong singari volontyor professor-oqituvchilar, shuningdek, Dilrabo Polatova, Parizod Azimova, Gulomjon Yoqubov, Kopaysin Jorayeva singari iqtidorli oqituvchilar talabalarga talim bermoqda.

Bizda talabalar koreys tilini mukammal organishi uchun barcha imkoniyatlar muhayyo, deydi fakultet dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sevara Ziyoyeva. Ikkinchi chet tili fanini oqitish jarayonida talimning zamonaviy uslublari, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Mashgulotlarda audio-video vositalari hamda komputer texnologiyalari yordamida taqdimotlar otkaziladi. Aqliy hujum, guruhli fikrlash, dialog, kommunikativ muloqot singari interfaol usullardan samarali foydalaniladi.

Universitetda Janubiy Koreyaning Ozbekistondagi elchixonasi hamda KOICA xalqaro tashkiloti tomonidan homiylik asosida koreys tilini organishga moslashtirilgan oquv xonalari eng songgi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va Koreya Respublikasida chop etilgan oquv adabiyotlari bilan taminlangan. Hozir mahalliy koreys tili professor-oqituvchilari tomonidan KOICA xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Koreys tili darsligi”ning 1-va 2-qismi jamlanib, nashrga tayyorlandi. Ozbek xalq ertaklari kitobi koreys tiliga tarjima qilindi. Shuningdek, KOICA xalqaro tashkiloti homiyligida zamonaviy sinxron tarjimaga moslashtirilgan xona hamda barcha qulayliklarga ega bolgan koreys tili markazi tashkil etildi.

Universitetda faoliyat korsatayotgan koreys tili professor-oqituvchilari KOICA xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturlarida qatnashib, Koreya Respublikasining nufuzli oliy talim muassasalarida malaka oshirib kelmoqdalar. KOICA xalqaro tashkiloti tomonidan talabalar uchun moljallangan dasturlarda OzDJTU talabalari ham faol ishtirok etib, Janubiy Koreya Respublikasining nufuzli OTMlari bir yillik kurslarning grantlarini qolga kiritmoqda. Hozirgi kunda Jahongir Yoqubov, Elyor Qodirov, Ibratbek Hojiyev, Nilufar Abdullayeva, Abdulaziz Hasanov kabi bitiruvchilar ham Janubiy Koreyada magistratura va doktorantura bosqichlarida oqishni davom ettirmoqda.

Koreya bilan ozbek madaniyati ortasida katta oila tizimi, yoshi kattalarni hurmat qilish madaniyati singari oxshash tomonlar anchagina, deydi KOICA volontyori Pek Min Hyon. Biroq Janubiy Koreyada sanoat rivojlanib borayotgani tufayli, madaniyat biroz oqsagan. Ozbekiston esa oz madaniyatini saqlab kelmoqda.

Janubiy Koreyada farzandlarga oila talimini bera olmaydigan holatlar kop uchraydi. Ozbekistonda oila talimi, maktab talimi, shuningdek, jamiyat talimi oz-ozidan birikib ketganiga guvoh bolmoqdamiz. Shuning uchun talim tizimi turli xil bolgani bois, unga mos keladigan usulni qidirib topish kerak. Masalan, Dasturxon atrofidagi talim degani bu ota-ona bilan birga taom tanovul qilib, shu joyda ota-onadan oladigan oila talimiga aytiladi. Bu ham biz uchun juda quvonarli hol, albatta. Qolaversa, ozbek talabalari juda tarbiyali. Ustozlarni hurmat qilishi oziga xos, dostlarning bir-biriga mehri baland. Shu jihati ham menga yoqadi.

Men Koreyada ozbekistonlik talabalarning koreys tilini qiziqish bilan organishlarini korib, Ozbekistonga kelishni maqsad qilgandim, deydi Janubiy Koreya Jongbu universiteti oqituvchisi Kim De Yong. Meni quvontirgani shuki, ozbek talabalari koreys tilini astoydil qiziqib organadi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali menga ozlarini qiziqtirgan savollarini berishadi, men bajonidil javob qaytaraman. Men ozbek yoshlari koreys tilini yanada koproq organishlarini istayman.

Anvar QOBILOV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: