O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
21.01.2020

BOLALAR OLAMIDAN KELGAN FARIShTA

...Kundaligimni varaqlab ko‘rsam, Tursunboy Adashboyev bilan 2017 yilning 28 fevralida suhbatlashgan ekanman. Undan oldin juda kop qongiroq qilib, tusholmadim, keyin qishloqqa ketgan bolsalar kerak, degan xayolda boldim. 28 fevral kuni nihoyat, qongirogim Tursunboy akaga yetib bordi – goshakni kotardilar.

Qancha vaqtdan buyon qongiroq qilib, sizga tusholmayotgan edim, qishloqqa ketganmidingiz? Uyingizga boray desam, taklifsiz qabul qilmaysiz, deb qorqaman, dedim.

Togri qilibsiz, anchadan buyon kasal edim, qishloqqa ketganim yoq, dedi Tursunboy aka. Kelmaganingiz durust boldi, odam kop kelaversa, men kasal yotganimdan besaranjom bolaman, mehmon kelganidan xijolat tortadi, shuning uchun hech kimga aytganim yoq...

Hozir ahvolingiz yaxshimi, korishga borsam boladimi?

Ha, tuzalib qoldim, hozir yana ozgina muolaja qolgan, qachon kelishingizni ozim aytaman...

Arzimagan, ozbeklarda tumov deydi, boshqa birida gripp deydi. Tumovning necha xil turi borligini bilasizmi?

Tumovning uch xil turi bor: yengil tumov, ortoq tumov, chatoq tumov. Men ana shu uchinchisiga yoliqqanman, olib ketadimi, devdim, yoq, tuzaldim chogi, hozir yaxshiman.

Yaxshi bolsangiz, telefonda bolsa ham ikki ogiz gaplashsam boladimi?

Nima masalada?

Mana, 8-mart kelayapti, xotin-qizlarga qanday tilaklaringiz bor, shuni yozib olmoqchi edim...

Yangangizning ismi Salomatxon edi, otganiga 12 yil bolayapti. Lekin shu yangangiz bolmaganida, men bunchalik katta yutuqlarga erishmasdim...

Tursunboy aka osha yillarni xotirlab, aytib turdi, men yozib oldim. Keyin bu gaplar «Ozbekiston ovozi» gazetasining 8 mart Xotin-qizlar bayramiga bagishlangan sonida chop etildi. Mana osha intervyu:

Tursunboy ADAShBOYeV,

bolalar shoiri:

— Men bahorni ayolga oxshataman. Uning tarovati, saxovati, beminnat ne’matlari, yurakka harorat baxsh etishi menga onamni eslatadi. Navroz gozalligini umr yoldoshimning mehriga, sabr-bardoshiga oxshataman.

Talabalik yillarida, ikki farzand, ikki qop kitob bilan ijarama-ijara yurgan paytlarimda ayolim Salomatxon bosmaxonada, men tahririyatlardan birida ishlardik. Mening oylik maoshim yuz som, Salomatxonning maoshi 700 som edi. Men kechalari bilan maqolalar yozardim, tarjimonlik bilan shugullanardim. Oshanda ayolimning qistovi bilan ishdan boshab, faqat ijod bilan shugullanganman.

Ana shuning natijasi olaroq, otgan yillar mobaynida 30 ga yaqin kitobim, yana shunchaga yaqin tarjimalarim chop etildi. Rus, qozoq, qirgiz, tojik va latish tillariga ogirilganlarini qoshsak, umumiy adadi ikki milliondan oshadi. 1990 yildan 2013 yilgacha 10 ta kitobim, 5 ta tarjima asarim yarim million nusxada bosildi. Korney Chukovskiy, Samuil Marshak va Jovanni Rabonining saylanmalari tarjimasi ikki-uch martadan chop etildi. Bularning hammasida rahmatli umr yoldoshim Salomatxonning beqiyos hissasi bor. Shuning uchun men 8-martni kutib otirmasdim iloji bolsa, har kuni konglini olishga harakat qilardim. Barcha yutuqlarim uchun hayotimning charogboni bolgan ayolimdan minnatdorman...

...Osha kuni Tursunboy aka bilan ancha suhbatlashdik. U kishi otalarining hech kimi bolmaganini, ozi ham oilada yakka-yu yolgiz farzand ekanini, Salomat yanga bilan ikki qiz, bir ogil korganini, sakkizta chevarasi borligini, ogli Murodjon kop savobli ishlar qilayotganini gapirib berdi. Tursunboy aka ijarama-ijara kochib yurgan yillari bir oila uchun kerak boladigan sovutgich, gaz plita singari rozgor buyumlarining deyarli hammasini kreditga olgan ekan. Hozir ogli Murodjon ularni yigib, muzey qilib qoyibdi.

Oshiq oynashda otamning oldiga tushadigani bolmagan ekan, deb eslagan edi Tursunboy aka oshanda. Uning dovrugi shunchalik bolgan ekanki, taklif etilgan katta-katta davralarda ham yutmasdan qoymas ekan. Lekin vaqti kelib, bir kunda oyinni bas qilibdi, oshiqlarini bir xumchaga solib, uyning paxsa devori ichiga komibdi. Bundan mening xabarim yoq, tarjima kitoblarimdan tushgan, yigib qoygan pullarni jamlab, uyni qaytadan qurmoqchi boldim. Ishga kirishgan edim, yoldan otib ketayotgan otamning ogaynilaridan biri meni korib: Devorni ehtiyot qilib buz, uning orasiga xumcha komilgan, qaytayotganimda ozim topib beraman, dedi. Men hayron boldim. Otam oshiq oyinidan yutgan hamma boyliklarini xumchaga bosib, devor orasiga yashirgan ekan-da, degan xayolga bordim. Otamning dosti bir sherigi bilan qaytib kelganidan keyin menga uyning ikki mehrobi orasini buzdirdi. Qay koz bilan korayki, paxsa ichidan sopol koza chiqdi! Mening xayolim boshqa yoqqa ketib qoldi, otamning dosti esa bamaylixotir xumchani oldi-da, ichidagisini yerga agdardi. Xumchadan turli xil ranglarga boyalgan, ichiga qorgoshin quyilgan 12 ta oshiq chiqdi!

Mana, otangning hamma boyligi, dedi u faxr bilan. Otang mardi maydon odam edi, qimordan yutgan pullarini uyga olib kelmasdi, beva-bechoralarga tarqatardi. Sen tugilganingdan keyin oyinni yigishtirdi, oshiqlarni xumchaga solib, shu joyga birga komganmiz. Keyin otamning dosti sherigi bilan oshiqlarni torttadan bolib oldi, menga ham torttasi tegdi. Haligacha shuni asrab olib yuraman...

Tursunboy aka birpas jim qoldi. Keyin qoshib qoydi. Uyni qaytadan qurib bitkazdim, kam-kostlarini tuzatdim. Lekin haligacha oylab qolaman: otam shu oshiqlar orniga oyindan topgan boyligini yigib-tugib, qoldirib ketishi mumkinmidi? Meni halol luqma bilan boqqan, togrisoz, rostgoylikka orgatgan otam boshqacha yol tutishi mumkin emasligini ana shunda tushunib yetganman. Shuning uchun bu oshiqlar menga barcha xazinalardan ham qimmatliroq...

Tursunboy akaning bolalar uchun yozgan sherlarini, shoirlarning sherlariga yozilgan beshafqat parodiyalarini yaxshi korardim, bazan yaxshigina taqlid ham qilardim. Lekin ozi bilan korishmagan, yaqiniga yolamagan edim. Bolalar uchun yozgan sherlarimni birorta ustoz shoirga korsatmaganman, togrirogi, birorta katta yoshdagi bolalar shoirining etagidan tutmaganman. Lekin redaksiyama-redaksiya qatnab, hammasiga sher olib borardim, qachon Guncha jurnaliga borsam, shoir Rauf Tolib birday otirardi, sherlarimni olib qolardi, undan Gulxanga otardim, keyin Lenin uchquni va hokazo... 1982 yilda Yosh gvardiya nashriyotiga qolyozma topshirdim, 1987 yilda Ozbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev muharrirligida ikkita hamqishlogining 15 ta sheri bilan qoshilib, Yulduzlar chaqnagan tun nomli kitobim bosilib chiqdi. 1991 yilda Yulduzcha nashriyotida Hamza Imonberdiyev muharrirligida Oroq Saidov sherlari bilan qoshilib Bahor raqsi nomli kitobim chop etildi.

2003 yilda Samarqandda ishlab yurgan paytimda Tursunboy Adashboyevning Ozbekiston adabiyoti va sanati gazetasida menga kattagina Ochiq xati elon qilindi. Xat Nurulloh, gazetachilikka kop mehr berma, nimaga ijod qilmayapsan? degan mazmunda edi. Keyin Tursunboy aka mening telefon raqamimni kimlardandir topib, uyga qongiroq qildi. Bir darslikka oquvchilar uchun Mirzo Ulugbek haqida sher kerak bolganini, shuni yozishga meni tavsiya qilganini aytib, qancha vaqtda yozib berishim mumkinligini soradi. Men bir soat vaqt soradim, lekin shaharlararo sozlashuv imkoni yoqligini bildirdim. Tursunboy akaning ozi menga telefon qilib turdi, bir soat deganda, telefon orqali sherni yozib oldi... Men hech kim bilmaydigan, tanimaydigan, lekin shoirchilikka davogarlik qilayotgan bir gor va noshud shogird sifatida ulug bir shoirning bunchalik gamxorligi va etiboridan, togrisi, juda uyaldim...

Bu hali hammasi emas. Tursunboy aka 2007-2008 yillarda Sharq nashriyotidan mening Tongga peshvoz chiqaylik nomli sheriy toplamimni besh ming nusxada, Qorqmas uloqcha nomli ikkinchi sheriy toplamimni on ming nusxada chop ettirdi... Demoqchimanki, ustozdan hamisha mehr korganman va hamisha uning ruhi oldida tazimdaman.

Tursunboy aka bolalik olamidan kelib qolgan farishtaga oxshardi. Sodda, samimiy, kongilchan, tasirchan, chehrasidan poklik, musaffolik ufurib turardi. Lekin shu bilan birga, ijod bobida oziga ham, boshqalarga ham juda beshafqat edi. Viloyatlardan istedodli ijodkorni ilgab qolsa bas, ularning sherlarini kotarib, ozi redaksiyalarga borardi, kitoblarini chiqartirardi. Ayniqsa, bolalar sheriyati atrofida goh ozini u yoqqa, goh bu yoqqa urib yurganlarni yoqtirmasdi, ularga yuzing-beting demasdan, konglidagi gapni shartta aytib qoyaqolardi.

Abdurahmon Akbar, Hamza Imonberdiyev, Xudoyberdi Komilov, Kavsar Turdiyeva, Mamur Qahhor, Dilshod Rajab, Qozi Ismoil, Erpolat Baxt kabi juda koplab pishiq-puxta yozadigan ijodkorlar Tursunboy akaning nazm ustaxonasida toblanib, sayqallanib yetishib chiqqan bolalar shoirlari va ustoz ular bilan chinakamiga faxrlanardi.

Bolalar yozuvchisi bolalar asari ustida ishlayotganda, osha asar tugagunicha bola bolib turishi kerak. Bolmasa, bu asarni hech kim oqimaydi, degan ekan Said Ahmad. Xudoyberdi Toxtaboyev: Bolalar dunyosiga kirish uchun bola kabi osmonga sakrab quvonishu hovliqib yiglash va hatto arazlashni ham bilishingiz kerak. Shu xususiyatlarni ozingizda saqlab qolsangiz, yozganingizni bola oqiydi, bolmasa yoq, deb yozadi. Anvar Obidjon: Ruhiyatimda bola tabiati saqlangan bolsa kerakki, ular uchun ijod qilyapman, deydi. Bularning hammasi togri.

Bolalar dunyosiga kirish bolaga aylanish bozor aylanish, degani gap emas. Bolalar shoiri bolish sinov ham emas, balki osha beguborlik olamida qolgan, yolgon gapirishni eplolmaydigan va aytilgan gapga aldanib qolaveradigan ijodkorga berilgan zaxmat. Uni kotargan-kotaradi, kotarolmagani har usulga yorgalab, arosatda yuraveradi, der edi Tursunboy aka.

Tursunboy Adashboyev insonni hayratlantiradigan darajadagi tasavvurlarini tabiat va nabotot olami uygunligida tasvirlaydigan, janr va mavzu jihatidan rang-barang, oziga xos sherlari bilan bolalarni fikrlashga, taqqoslashga, xulosa chiqarishga, gozallikni anglash darajasigacha yuksaltiradigan buyuk mutafakkir, kamtarin donishmand edi. Uning olmas asarlari bolalarni shodlantirib, tolqinlantirib, tarbiyalab shoirning ikkinchi umrini boqiylikkacha yuksaltiradi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: