O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
21.01.2020

OILA MUSTAHKAMLIGINI TAMINLAShGA BARChA MASUL

Bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan jamiki islohotlardan kozlangan asosiy maqsad — mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning baxtli yashashini ta’minlashdan iboratdir.

Oilalarning, ayniqsa, yosh oilalar baxtli yashashi uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususan, ularni uy-joy bilan taminlash, turli ijtimoiy yordam va imtiyozlar berish orqali qollab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ota muhim bolib, kelgusida oz ijobiy natijasini berishi shubhasiz.

Ammo takidlash kerakki, insonning baxtli yashashi faqat moddiy taminot bilangina olchanmaydi. Hayotiy misollar, tahlillarga suyanib aytadigan bolsak, baxtli yashashning yana bir eng muhim omili manaviyat, axloq masalasidir.

Zero, adib Tohir Malik qayd etganidek, «... baxt tushunchasining moddiy tomonidan kora manaviy tomoni ortiqroq»dir.

Darhaqiqat, oilasidan ajrashib, farzandlari mehr-muhabbatidan judo bolgan boy odamni baxtli deb bolmaganidek, kamxarjroq bolsa-da oilasi, farzandlari qobil, ozaro mehr-muhabbatli oila azolarini baxtsiz, deya olmaymiz.

Ayni paytda turmushda duppa-durust aka-uka, ota-bola yoki er-xotin ortasida turli nizolarning vujudga kelayotganini korib, hayron qolasan kishi. Hatto, ozaro nizolashuv natijasida biri ikkinchisining joniga qasd qilish, bir siqim pul evaziga oz farzandidan voz kechib, godagini tirik yetim qilish hollari ham odatga aylanib bormoqda. Bularning asl sababi nimada, nega bagrikenglikda olamga ibrat bolgan xalqimiz orasida bundaylar soni kundan-kunga kopayib bormoqda?!

Mulk ilinjida “boy ogil”ning oz otasini ruhiy kasallar shifoxonasiga joylashtirganini, shifoxonadan chiqqach, bir xonali uyda boshqa farzandi (qizi)ga korsatmasdan saqlaganiga yoki boshqa bir boy ogilning bir nechta uyi bola turib, oz onasini uydan haydab yuborganini qanday tushunish lozim? Bular aql bovar qilmaydigan ishlar, togrimi? Ammo, ming afsuski, bu kabi jirkanch hodisalarga kam bolsa-da duch kelyapmiz.

Yoki havas qilsa, arzigudek turmush ortogi, farzandlari bola turib, ularni tarbiyalash, yolga solish, uylantirish-uzatish kabi farahli tashvishlar bilan yashash orniga, oilasini sababsiz tashlab, ozi boshqasiga uylanib ketgan otaga, oilasiga xiyonat qilib, farzandlarini xoru zorlikka tashlab, boshqa erning etagini tutib ketayotgan, ona degan motabar nomga nomunosib ayolni kim deb atash mumkin?!

Nega oila azosi bolgan er-xotin yoki farzandlar oz joniga qasd qilish orqali hayotiga yakun yasamoqda? Oilaviy nizolarning bu kabi oqibatlariga nimalar sabab bolmoqda?

Ushbu savollarning birontasiga sabab moddiy tomonda deb javob bera olmaymiz va shuningdek, muammoni moddiy jihatdan, yani pul va boylik bilan hal etib ham bolmasligi barchaga ayon. Axir Ikkinchi jahon urushi yillarida, aholi och-nahor qolganida ham bu kabi qabihliklarga borilmagan edi-ku! Bularning bari omma orasida keng tarqalib borayotgan manaviy inqirozning oqibatlaridir.

Takror bolsa-da, takidlash lozim. Muammo boy ogilning manaviy qashshoqligi, yani uning oz vaqtida olmagan mehri va tarbiyasidagi boshliqda, ajrashayotgan ota-onaning masuliyatsizligida, bir soz bilan aytganda, bosh masala shaxs manaviyati va axloqi bilan bogliq ekanligidadir.

Hech kimga sir emas, jamiyatda malum bir masalada ozgarishga erishishda jamoatchilikning fikri, munosabati va say-harakati juda muhim omil hisoblanadi.

Oilalarda manaviy muhitni yaxshilash, ota-onalar masuliyati va oiladagi munosabatlar masalasiga, ayniqsa, muammoli, notinch oilalar bilan ishlashga xotin-qizlar qomitalari, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar tashkiloti vakillari – keng jamoatchilik tomoni-dan alohida etibor qaratilishi lozim.

Togri, bu birdan hal bolib qoladigan masalalar emas.

Shuning uchun fikrimizcha, birinchidan, mustahkam, risoladagidek oilalar vujudga kelishi masalasiga doimiy etibor qaratish, lozim bolsa, vaqtincha, aholi orasida ushbu masalada qatiy toxtamga kelingunga qadar xotin-qizlar qomitalari, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda mahalla faollari va boshqalar tomonidan jiddiy jamoat nazorati ornatilishi kerak.

Bunda asosiy etiborni maktab va Oliy oquv yurtlarida yoshlar manaviyatini shakllantirish hamda ularni oilaga tayyorlash masalasiga qaratib, ayni paytda bu borada olib borilayotgan ishlar, darslarni tahliliy organib, ularni takomillashtirish borasida tegishli choralar korish kerak.

Shuningdek, masalan, FXDYolarda oila qurish istagida murojaat qilgan yoshlar bilan ishlash tartibini yolga qoyish, kerak bolsa, buning uchun FXDYo masuliyatini oshirish, ularga qoshimcha vakolatlar berish, din idoralari vakillari ishtirokida yoshlarga amaldagi oila qonunchiligi talablari bilan birgalikda, shariat qoidalari, xususan, er-xotinlik, er-xotinning burchi, xotinning erdagi haqqi, erning xotindagi haqqi, ularning bolajak farzandlari oldidagi burchi masalalarini batafsil tushuntirish, turmush qurmoqchi bolgan yoshlar bu masalada biror toxtamga kelgandan song ularning nikoh toylariga oq yol tilash va bu borada duch kelinishi mumkin bolgan barcha qiyinchiliklarga hamjihatlik bilan barham berish lozim. Chunki oila hamon jamiyatning bir bolagi ekan, uning soglom bolishi ham jamiyat azolarining Vatan manfaati, millat taqdiri oldidagi muqaddas burchiga aylanishi kerak!

Ikkinchidan, omma orasida odob-axloq, nafs tarbiyasi, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savobning sifatlari hamda inson va uning masuliyati borasida tegishli mutaxassislar, adiblar, olim va faylasuflar, imom-xatiblar ishtirokida keng qamrovli va tizimli hamda tasirchan tarbiyaviy ish olib borish lozim korinadi va bunda ommaviy axborot vositalari, internet saytlari imkoniyatlaridan keng foydalanish kerak.

Tinch va ahil yashab, farzandlarini yaxshi tarbiyalab, umrguzaronlik qilib kelayotgan ota-onalar, ularning hayot yoli hamda boshqalar baxti uchun xolis yordam qolini chozayotgan insonlar togrisida malumotlar berib borilishi ham jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar manaviyati va axloqiga ijobiy tasir etuvchi muhim omil bolishi mumkin.

Shuning uchun bugun ommaviy axborot vositalari, internet saytlari orqali jamoatchilik sodir etilayotgan oilaviy nizo va jinoyatlardan xabardor qilib borilayotganligi kabi, oilalardagi ijobiy holatlarni ham yoritib borish lozim korinadi. Zero, oquvchi, xususan, yoshlarning masalaga munosabatini shakllantirishda birgina salbiy holatlarni korsatish emas, balki ornak oladigan holatlarni ham ular hukmiga havola qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda asosiy etiborni oila mustahkamligi nimaga olib kelishi, shuningdek, ajralishlar oqibati inson hayotiga qanday tasir etishini aniq misollarda, masalan, ajrashgan oila azolari, ota-ona va farzandlarning jinoyat kochasiga kirib ketganligi kabi holatlarni korsatish lozim va bu yaxshi samara berishi tabiiy.

Notinch, ajrashib yashayotgan oila azolari, ularning ota-onalari bilan Oliy sud va Xotin-qizlar qomitasi tomonidan ochiq muloqot otkazilib, ayollar va voyaga yetmagan bolalar jazo otash muassasasidan olingan videolavhalarni namoyish etish, ulardan ayrimlarining taqdirini bayon qilib, ajralish oiladagi barcha muammolar boshlanishi ekanligini tushuntirish orqali respublika boyicha minglab oilalarni tiklashga muvaffaq bolingani buning isbotidir.

Qachonki oila azolari ozaro totuv va inoq bolsa, ular ortasidagi munosabatlar azaliy qadriyatlarimizga asoslangan bolsa, u oila baxtli boladi va jamiyat tayanchiga aylanadi, baxtsiz, notinch-nosoglom oila jamiyat uchun muammolar manbaidir.

Muqaddas hadisda Mominlar bir-birlarini sevishda va bir-birlariga marhamat korsatishda bir tan bir jonga oxshaydilar. Tanning bir azosi xastalangan paytda boshqa azolar uni davolashga harakat qiladi, deb takidlanadi.

Oila baxti jamiyat baxti, oila muammosi jamiyat azolari, yani siz va bizning muammoimizdir!

Agarda har qanday oila muammosiga bu mening muammom emas, menga nima qabilida emas, aksincha, bu bizning muammomiz deb qarasak, birini aka, boshqa birini uka, opa-singlim desak, zarur manaviy komak bersak, oiladagi farzandlarni oz farzandimiz qatorida korsak va kimgadir moddiy va kimgadir manaviy komak qolimizni chozsak, adashganga togri yolni korsatsak yoki dalda bersak, natija ota ijobiy bolishi, yuqorida qayd etilgan, bugun ommaviy axborot vositalarida bot-bot yoritilayotgan oilaviy nizolar, bir-birini urib jarohatlash, joniga qasd qilish holatlari, qolaversa, butun jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatlar keskin kamayishiga olib kelishi shubhasiz.

Shuningdek, adib Tohir Malik: Zimmangizdagi insoniy vazifalarni ado eting baxtning ozi sizni izlab topadi. Insoniy vazifalarni ado etish uchun esa kuchli iroda talab etiladi. Ha, bizning baxtimiz oz hayotimizni iroda qiluvchi oz irodamizga bogliq. Shu bois baxtiyor bolishni istagan kimsa irodasini tarbiya qilishi shart deb uqdirganidek, har qanday inson oz irodasini tarbiya qilishi jamiyatimizdagi salbiy holatlarga barham berib, nafaqat ozining, balki butun jamiyat azolarining baxtli bolishiga olib keladi. Ana shundagina jamiyat azolarining baxtu saodati yolida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ulkan ishlarga hamohang ish olib borgan, jamiyat oldidagi burchimizni mukammal bajargan bolamiz.

Xolmomin YoDGOROV,

Oliy sud raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: