O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
21.01.2020

Adliya vazirligida komputerlar ochirilmoqda. Nega?

Mehnat qonunchiligi, xususan, ish rejimi yuzasidan me’yorlar yillar davomidagi chuqur ilmiy va amaliy tadqiqotlar asosida inson ehtiyoji va imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllanib kelgan. Qolaversa, mehnat qonunchiligi sohasida yuqori standartlarning amal qilishi birdek millionlab ishchi va mehnatchilarning hayotiga tasir qiladi.

Shunday bo‘lsa-da, koplab mamlakatlarda, jumladan, xususiy tashkilotlarda uzoq ish rejimlarida ishlash muammosi mavjud. Hammaga malum, Yaponiya, Janubiy Koreya, MDH davlatlari va boshqalarda shu kabi muammolar insonlar hayotiga salbiy tasir qilayotgani yuzasidan koplab malumotlar va izlanishlar bor. Ozbekistonda ham ish vaqti muammosi mavjudligi sir emas, albatta.

Kuzatishlarga kora, ortiqcha ishlash qisqa muddatli rejalar uchun qandaydir xizmat qilsa ham, yuqori natijali samarali mehnat va sermazmun hayot faoliyatini yolga qoyish yolida, shuningdek, katta strategik maqsadlar uchun salbiy tasir korsatadi. Xususan:

• xodimlarning mehnat unumdorligi pasayishiga;

ish vaqtining notogri rejalashtirilishiga;

energiya resurslarning ortiqcha sarf bolishiga;

xodimning oilaviy muammolarga duch kelishiga va ijtimoiy konikmalariga salbiy tasir qilishiga olib keladi.

Shu sababli yuqoridagi jihatlarni inobatga olib, xorij tajribasini organgan holda, Adliya vazirligi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.

Ushbu dasturning bitta tadbiri sifatida xodimlarni kun mobaynida oz faoliyatini togri rejalashtirish yuzasidan tushuntirishlar berilib, taym menejmentning yangi zamonaviy modellaridan foydalanish ilgari surilmoqda.

Xodimlar ish vaqti tugagandan keyin oz faoliyatini tugatish talab etilmoqda. Eng keskin chora sifatida esa prinsipial yondashuv asosida ish kuni oxirida barcha xodimlarning xizmat komputerlari avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qoyilish tartibi ham kiritildi. Mazkur holatda xodim oz-ozidan ishini tugatishiga togri keladi.

Bundan tashqari, yakshanba kuni xodimlarni ishga chiqishi taqiqlangan. Bu talabning bajarilishi qatiy nazorat qilinmoqda. Yani, xodim korsatmaga amal qilmasdan ishga kelsa ham u binoga kiritilmaydi.

Mazkur choralar natijasida xodimlar ish vaqtidan unumli foydalanishga hamda mehnat jarayonini optimal rejalashtirishga majbur bolishmoqda va bu oz mevasini bermoqda. Oz vaqtida oilasi bagriga qaytgan, yetarlicha dam olib, pozitiv energiyaga ega bolgan xodimlarning mehnat samaradorligi ortib bormoqda.

Hozirda vazirlikda kadrlar bilan ishlashning zamonaviy KPI tizimi asosida ish tashkil etilib, har bir xodimning mehnat samaradorligi individual ravishda baholab borilmoqda. Bu ham oz navbatida ish jarayoniga ijobiy tasir korsatmoqda.

Maqsad samarali, zamonaviy va bexato ishlash tizimiga otishdan iborat.

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: