O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
21.01.2020

EGIZAKLAR HAQIDA nimalarni BILASIZ?

Bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshash egizaklarni korganda har qanday kishi hayratga tushishi tabiiy. Ba’zan ularni bir-biridan farqlash juda qiyin boladi. Lekin ularni ota-onasi juda oson ajratib olishadi. Malumotlarga qaraganda, yangi tugilgan chaqaloqlarning atigi ikki foizini egizaklar, uch nafar egizaklar tugilishi 1,5 foizni tashkil etar ekan. Orta hisobda har 8,5 ming tugruqqa bir egizak, har 6-8 ming tugruqqa biryola uch egizak togri kelishi kuzatilgan. Tort-besh va undan ziyod egizaklar juda kam uchraydi.

Tibbiyotda egizaklar ikki turga ajratiladi. Dizigotali (bir-biriga oxshash yoki ikki jinsli) egizaklar uruglangan ikki tuxumdan rivojlanadi. Ular ozicha rivojlanadi, embrionda joylashuvi ham alohida boladi. Qon guruhlari bir xil yoki har xil kuzatilgan. Shuningdek, monozitogali (bir-biriga juda oxshash) egizaklar bir tuxum hujayra va bir urug birikishidan yuzaga keladi. Kuzatuvlar shuni korsatadiki, monozigotali egizaklar dizigotalilarga qaraganda besh marotaba kamroq tugiladi.

Yana bir muhim jihati, ularning aksariyati ogil bolalar hisoblanadi. Egizaklarning tugilishida irsiyat, naslning ham ahamiyati katta. Masalan, deylik, naslida egizak qarindoshlari bolgan oilalarda egizaklarning tugilish ehtimoli koproq boladi. Ularning boyi, ogirligi juda kam farq qilishi mumkin. Bu qon aylanish tizimidan oziq moddalarning teng taqsimlanishiga bogliq.

Egizaklar homiladorlikning ikkinchi yarmida, ularning yuragi ura boshlaganidan keyin aniqlanadi. Ultratovush diagnostik apparatlar yordamida esa 3-5 haftada aniqlasa boladi. Homilasi egizak, deb topilgan ayollar boshqa ayollarga qaraganda koproq ginekolog nazoratida boladi. Ular 27-29 haftalik bolganida, profilaktik davolanishga otkaziladi.

Tibbiyotda egizaklarni organadigan maxsus fan mavjud bolib, u “gemellorogiya” deb ataladi. Manbalarda qayd etilishicha, yangi tugilgan godaklarning 90 holatiga bitta egizak togri kelarkan. Uchta egizak 8100 taga, tortta va undan ziyodi 5-6 milliontaga togri kelarkan. Eng qizigi, Nigeriyada tugiladigan 22 godakning bittasi egizaklar bolishi tabiiy hol hisoblanadi. Janubiy Afrikada yashovchi gerora qabilasida mabodo egizak tugiladigan bolsa, osha kuni bayramday nishonlanadi.

Qadim zamonlarda dunyoga kelgan egizaklar shoh saroyiga olib kelinib, tarbiyalangan. Ularni yaratganning inomi deb hisoblashgan va talim-tarbiyasiga alohida etibor qaratilgan.

Amira AMIRQULOVA,

OzJOKU talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: