O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
21.01.2020

Men Orolni sevaman, bu mening Vatanim

Orol dengizining uzunligi 426 km, eni 284 km, eng chuqur joyi esa 68 metrni tashkil etgan. Dengiz 68,9 ming kv. km maydonga yastangan bo‘lib, 1083 kub. km suv sigimiga ega bolgan. Otgan asrning 60 yillarigacha dengizdan yiliga 60 ming tonna baliq ovlangan. Albatta, bularning hammasi endilikda tarixda qoldi. Bugungi kungi Orol dengizi va uning atrofidagi hayot esa butunlay boshqacha qiyofaga kirgan.

Bir paytlar dengiz tolqinlarida baravj suzgan kemalar asta-sekin qum bagirlay boshlagan. Hozir ularning qoldiqlarini korib, goyo bu yerlar kemalar qabristonimi, deysiz. Atrof chang-tuzon, goh-goh dengiz tuzi va qumi osmon barobar kotarilib, endilikda biz tariflayotgan qator ekologik muammoni keltirib chiqarmoqda.

Ammo matonati kuchli xalq yorug kunlarga ishonib, umid bilan yashab kelmoqda. Va nihoyat ular orzu qilgan kunlar ham yetib keldi. Buni oz kozi bilan korishni istagan bir guruh yoshlarning quyidagi taassurotlaridan ham bilishimiz mumkin.

– Biz safarimiz davomida saksavul va boshqa osimliklarning uruglarini yigish va ularni ekish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik, — deydi «Nihol» mukofoti sovrindori Salamat Ayapov. Orol va Orol fojiasi oqibatlariga barham berish yolida sidqidildan mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning jasoratini oz kozimiz bilan korib, Orol taqdiriga befarq bolmagan haqiqiy fidoyi insonlar yonida turib mehnat qilgimiz keldi. Orol taqdirini biz, kelajak yoshlarining ham taqdiri, deb bilamiz.

“Birlashib kotargan yuk yengil”, deydi dono xalqimiz. Bugun dengiz tubida vatandoshlarimizning sidqidildan qilayotgan ishlari barchaga namuna boladi, desak mubolaga emas. Havoning sovuqligini pisand qilmasdan, saksovul ekishga kelgan insonlarga ta’zim qilsa arziydi.

Asli moynoqlik bolsam-da, dengizni kormaganman, uni korish orzuim edi. Barchamizga malum, Orol fojiasidan eng kop zarar korgan ham asli Moynoq aholisi, deydi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Sapura Qaypnazarova. Dengizning qurigan tubida saksovulzorlar barpo etilayotgani esa yuragimizga iliqlik bagishladi. Yoshlar bilan bu yerdagi joshqin mehnatga qoshilib, birgalikda traktor haydab, samolyotda dengiz oramini tomosha qildik. Imkoniyati bolsa, yurtimizning barcha yoshlari bir marta bolsa-da shu yerga kelishini xohlardim.

Malumotlarga kora, otgan yili 500 ming gektar yerga saksovul urugi sepilgan bolsa, bu yil 700 ming gektar maydon saksovulzorga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Bunday ishlarning tez suratlarda amalga oirilayotganini korib, tashkilotchilarga tahsin, aytasan kishi.

Orol boyi hududlarini kokalamzorlashtirish ishlariga juda kop texnikalar jalb qilingan. Shundan 4 ta samolyot bilan 120 ming gektar joyga saksovul urugini sepib chiqdik, deydi uchuvchi Viktor Zuyev. Biz osmonda uchib yurganimizda unda-bunda kozga tashlangan yashil qoplamalarni korib, mehnatimiz samarasidan quvonamiz. Joriy yilda yana 400 ming gektarga saksovul urugini sepmoqchimiz.

Orolni ormonga aylantirayotgan insonlarning nimalarga qodir ekanligini his etdik. Bu yerda izgirin sovuqda, qiyin sharoitda mehnat qilayotgan har bir vatandoshimizni bugungi zamon qahramonlari, deb atagimiz keldi. Ular bunga loyiqdirlar. Haqiqatan ham, ular bu yerda mojiza yaratmoqdalar.

Menimcha, Moynoqda mingta yaylov yaratish kerak. Oldin bunday imkoniyat yoq edi, chunki urug yetishmovchiligi bolar edi. Joriy yilda uruglar yigishtirib olinib, bu yunalishda katta ishlar olib borilmoqda, deydi qishloq xojaligi fanlari doktori, akademik Zinoviy Novitskiy. Biz hozirgi kungacha 80 gektar maydonda yaylov yaratdik va kelajakda ularning hududini 1000 gektarga kengaytirish rejalashtirilgan.

Prezidentimizning bevosita tashabbusi va etibori natijasida Orol dengizi tubida yangicha hayot boshlandi. Inson qadami tegmagan joylarda saksovul ekilib, buni barchamiz quvonch bilan etirof qilmoqdamiz. Bu esa yangi farovon hayot, har bir fuqaro uchun katta ilhom manbai bolishi, shubhasiz.

Nihol mukofoti sovrindori Shiraz Tursinbayev dengiz tubida traktorni boshqarib, ilhomlanib opera yonalishida kuylagan qoshigi butun Orol boylab yangradi.

Prezidentim n?zer salgan jas qalam,

Mine b?gin ayland bir bostanga.

Sh?h?r bold ?lgi yeter basqaga,

D?oran keldi keoildi nur jaynatqan,

Quyash k?lip, ?ur shashp tur Moynaqta

Orol dengizi qurib, chekingani bilan, insonlar chekinmaydi. Orol fojiasi oqibatlariga barham berish, dengizning shorlangan yerlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ekotizimni yaxshilash, Orolning qurigan qismida ormon barpo qilish, chorvachilikni rivojlantirish boyicha amaliy ishlar hademay oz natijasini beradi.

Ayjamal QALIBAYeVA,

Mnajatdin QUTLIMURATOV.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: