O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
14.01.2020

ASKAR MAKTUBI

Chegarada turibman mag‘rur,

Ortda Vatan, ortda sen borsan.

Xayolimga bagishlaysan nur,

Yuragimdan ketmas bahorsan.

Bobolardan eshitganim bor,

Mard yigitlar elning shonidir.

Faqat shuni unutma, dildor,

Sevgi dilning hayot-jonidir.

Qolingdagi, yoq, maktub emas,

Urib turgan yuragim, axir,

Bu olamda Vatan muqaddas,

Bu olamda sevgi azizdir.

Nomalarim kechiksa goho,

Sen sabrning qollaridan tut.

Dilda tutib ishqni doimo,

Huzuringga borgaydirman, kut.

Askarda kuch, askarda toqat,

Vatan uchun har nega shayman.

Sen sevgimga ayla sadoqat,

Men sen uchun yurtni asrayman.

Gayrat MAJID


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: