O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.01.2020

OZBEKISTON IQTISODIYoTINI MODERNIZATSIYALAShDA

davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarining dolzarbligi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesning tajribasi va faolligi hamda xususiy moliyaviy jamg‘armalarni jalb qilmasdan turib, birgina davlatning sa’y-harakatlari bilan sezilarli natijalarga erishish oson emasligini xalqaro amaliyot tajribasida korishimiz mumkin.

Mamlakat iqtisodiyotini muttasil ravishda rivojlantirishga yonaltirilgan strategiya va dasturlarni amalga oshirishda faqat davlat byudjeti mablaglaridan foydalanishni nazarda tutish mavjud dolzarb muammolarni hal etishda tola qonli yechim bola olmaydi. Buning uchun ozaro manfaatli hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sherikligining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega.

Davlat-xususiy sherikchiligi –DXSh bu nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki ilm-fan sohalarida ham davlat va biznesning institutsional va tashkiliy ittifoqi hamda ularning konstruktiv hamkorligini ozida namoyon etadi.

Shuni alohida takidlash kerakki, davlat-xususiy sherikligini u yoki bu vazifalarni hal qilish uchun davlat tomonidan faqat tadbirkorlarning moliyaviy resurslarini jalb etish vositasi sifatida emas, balki mohiyatiga kora, ijtimoiy yonaltirilgan biznes va hokimiyat hamkorligi deb tushunish maqsadga muvofiq.

“Sherikchilik” sozining manosi huquqiy munosabatlarning dastlabki odimlaridan boshlab, hokimiyat vakillarining DXShda xususiy biznes bilan teng asosda ishtirok etishi lozimligini korsatadi va bu munosabatlar hech qanday majburiy xususiyatga ega bolmasligi kerak.

Jahon amaliyotida iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohasida DXShning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

davlat va biznes hamkorligining har qanday ozaro manfaatli shakllari;

davlat shartnomalari;

ijara munosabatlari;

moliyaviy ijara (lizing);

davlat-xususiy korxonalar;

mahsulot taqsimotiga oid bitimlar;

konsessiya bitimlari.

Bundan tashqari, davlat mulkida shunday obyektlar mavjudki, u yoki bu sabablarga kora, ularni xususiy tarmoqlarga topshirish maqsadga muvofiq emas.

DXShning asosiy modellari quyidagilardan iborat:

— institutsional model (loyihalanayotgan korxonaning ustav kapitalida ozaro ishtirok, boshqa ulushli ishtirok)

shartnomaviy model (obektlarni boshqarish, qurish, ishlatish, ijaraga berishga oid shartnomalar, ijara, konsessiya va boshqalar.)

DXShda quyidagilar davlat uchun ijobiy omillardir:

davlat byudjetiga yuklamani kamaytirish;

davlat xarajatlarining shaffofligini oshirish;

yangi texnologiyalarni jadal joriy etish;

istemolchilarning ehtiyojlariga xizmatlarning aniq yonaltirilishi;

moliyaviy sektor rivojlanishini ragbatlantirish, kichik va orta biznesni rivojlantirish.

Ozbekistonda Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi 2019 yil 10 mayda qabul qilingan qonun ikki yildan ortiq vaqt mobaynida olib borilgan tizimli ishlarning natijasi boldi. Bunga qadar, masalan, farmatsevtika, yol harakati, energetika, arxitektura, maktabgacha talim va boshqa koplab sohalardagi davlat-xususiy sherikligini tartibga soluvchi onlab normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan edi. Mazkur qonun xalqaro hamkorlar, jumladan, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan qollab-quvvatlangani, uning konsepsiyasi ishlab chiqilgani, jamoatchilik muhokamasiga komaklashgani, Ozbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirish nomli qoshma loyihasi ekspertlik komagida ishlab chiqilganini alohida takidlash kerak.

Qonunga kora, davlat-xususiy sherikligi biror loyihani amalga oshirish uchun oz resurslarini birlashtirishga asoslangan davlat va xususiy hamkorlikning muayyan muddatga qonuniy rasmiylashtirilishidir.

Ushbu hujjat qabul qilingandan song, tadbirkorlar turli loyihalarni amalga oshirishga ozlarining resurslari va bilimlarini yonaltirish uchun imkoniyatga ega boldilar. Avvalo, bu turli infratuzilma loyihalaridir. Qonun normalari mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligini etiborga olish lozim.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Agentligi ushbu sohadagi vakolatli davlat organi deb belgilandi.

Davlat tomoni tender natijalari yoki togridan-togri muzokaralar natijalari boyicha belgilanadigan xususiy sherik bilan DXSh togrisida bitim tuzadi. Tenderni otkazish mezonlari aniq bolishi, kamsituvchi qoidalarni nazarda tutmasligi kerak.

Tenderda ishtirok etish uchun xususiy sherik huquq layoqatiga ega bolishi, majburiyatlarni bajarish uchun zarur bolgan moliyaviy, texnik va mehnat resurslariga ega bolishi manfaatlar toqnashuviga olib kelishi mumkin bolgan holatlardan xoli bolishi lozim. Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi bitimning amal qilish muddati 49 yilgacha deb belgilanishi mumkin.

Shunday qilib, Ozbekistonda DXSh loyihalari uchun huquqiy asos yaratildi va hukumat, jamiyat va biznes hamjamiyati ortasidagi hamkorlikning yangi prinsipi joriy etildi. Qonun turli loyihalarni moliyalashtirishda yangi imkoniyatlar yaratadi va Ozbekistonga investorlar etibori tushishini taminlaydi, bu esa mamlakatdagi yirik investitsiya loyihalari sonini kopaytiradi.

Institutsional-huquqiy muhitni yanada jadallashtirish uchun DXSh shakllarini rivojlantirish boyicha yagona davlat strategiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, xususan, unda DXSh maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv tizimi, uning mexanizm va vositalari hamda qonunchilikni takomillashtirish masalalarini inobatga olish kerak.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishning yaxlitligi va samaradorligi kop jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning oqilona vositasi sifatida davlat va biznesning juda foydali hamkorligi davlat-xususiy sherikchiligining keyingi rivojlanish xususiyatini belgilaydi.

Dilorom KARAXODJAYeVA,

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori,

professor,

Leyla BURXANOVA,

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: