O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
07.01.2020

YaNGI ISh ORINLARI

yaratishning odamlar hayoti va taqdiridagi ahamiyati haqida mulohazalar

Yangi yilni orziqib kutish asnosida Prezidentimizning xalqimizga Yangi yil tabrigini diqqat va hayajon bilan tingladik.

Yangi yil tabrigi — bu dil so‘zlari, pokiza tilaklar, yaxshi niyatlar, Prezidentning xohish-irodasi, Yaratgandan oz xalqiga soraganlari...

Tabrikda 2019 yilda mamlakatimizning salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yolida yangi qadamlar qoyilgani aytildi. Mirishkor dehqon va fermerlarimiz murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan mol hosil yetishtirgani ta’kidlandi. Ming-minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, kam taminlangan oilalar shinam uy-joylarga ega bolgani qayd etildi.

Bu kabi ulkan yutuqlar, ezgu ishlar qisqa-qisqa aytildi, aslida ular zamirida katta mehnat, ming oylab, bir fikrga kelingan qarorlar yotibdi.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili sifatida tarixga aylangan 2019 yilda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz manfaatini kozlab amalga oshirilgan har bir ishning mano-mazmuni, ahamiyati haqida uzoq gapirish mumkin. Ulardan eng muhimlaridan biri tabrikda aytilganidek, yil davomida hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun yangi ish orinlari yaratilgani boldi. Etibor beryapsizmi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun, deb uqtirilmoqda. Nega bu masalaga alohida urgu berilyapti?

Men yaqinda Samarqand viloyati, Kattaqorgon tumanida saylovoldi uchrashuvlari otkazish uchun ondan ziyod qishloqda boldim, eng chekka hududlar Burgutomon, Moybuloq, Andoqda yashaydigan odamlar hayoti bilan yaqinroq tanishish imkoni boldi. Kattaqorgonliklar aytganidek, keyingi ikki yilda keng qamrovli ozgarishlar bolayapti, tuman markazi qiyofasi mutlaqo ozgarib boryapti, katta bunyodkorliklarga qol urilayapti, xitoylik investorlar zamonaviy, yirik issiqxonalar qurmoqda, mahalliy tadbirkorlar qollab-quvvatlanmoqda. Natijada yangi ish orinlari kopaymoqda.

Ammo bandlik masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Koplab qishloqlarda xotin-qizlar ishga muhtoj bolib yuribdi. Yoshlar orasida ish axtarib viloyat markazi yoki poytaxtimiz Toshkentga, hatto boshqa davlatlarga ketganlari oz emas. Uzoq yillar davomida ish orni yaratildi, deb soxta malumotlar tayyorlanib kelingani bugun oz oqibatini korsatmoqda. Masalan, har yili bir millionga yaqin ish orni yaratildi, deb axborotlar tarqatilardi. Har yili bir million ish orni yaratilgan bolsa, oylab koraylik, on-on besh yilda qancha ish orni yaratilardi?.. Ehtimol, ancha-muncha ish orinlari yaratilgandir, lekin har yili qancha ish orni yopilib ketayotgani hisobga olinmagan. Hayotdan yiroq raqamlar turli idoralar malumotlarida korsatib kelindi...

Bugun vaziyat ozgardi, birgina faol investitsiyalar hisobiga minglab ish orinlari yaratilmoqda. Poytaxtimiz misolida oladigan bolsak, Sergeli tumanidagi keng kolamli bunyodkorliklar, Toshkent siti, Olmazor siti kabi qurilishlar, yangi yollar, kopriklar, katta-kichik korxonalar yaratilayotgani bandlik muammosini hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish ham odamlarni ish bilan band etmoqda. Bunday misollarni mamlakatimizning barcha hududlaridan ham keltirish mumkin.

Biroq ochigini aytish kerak, bandlik muammosi boyicha kechiktirib bolmaydigan ishlarni amalga oshirishni hayot talab qilmoqda. Aynan ishsizlik koplab noxushlik va fojialarga sabab bolmoqda. Oilali, uch-tort farzandli ishsiz otaning ruhiy holatini tasavvur qilib koring. Ayoli va bolalarining koziga qarashga botina olmaydi u. Yoki ikki farzandi bilan yolgiz qolgan ishsiz ayolning ahvoli qanday bolishini tushunishga harakat qilaylik...

Ishsiz odam ozini kamsitilgandek sezadi, xorlangan his etadi. Ish topish ilinjida oilasi va farzandlarini tashlab boshqa shaharlarda yurgan otaga osonmi? Bolalarini otasiz tarbiyalayotgan ayolga osonmi? Bunday holatlar yangi, yanada ogir muammolarni keltirib chiqarmaydimi? Jamiyatga, davlatga katta tashvishlar keltirmaydimi?

Shuning uchun ham odamlarni ish bilan taminlash masalasi, tadbirkorlik qilmoqchi bolganlarni qollab-quvvatlash katta-yu kichik har bir rahbarning, siyosiy partiyalarning, xususan, deputatlarning doimiy etiborida turmogi lozim, deb oylayman.

Prezidentimizning Yangi yil tabrigida 2020 yilda tadbirkorlik va biznes uchun qulay muhit yaratishga, yangi ish orinlari tashkil etishga alohida ahamiyat qaratamiz, deb takidlanishi zamirida ham katta maqsad yotibdi, bandlik masalasi dolzarbligini isbotlab turibdi.

Ishli va ishsiz odamning bir-biridan farqi nimada? Ishsizlik odamni har baloga giriftor qiladi, ishsizning kongli yarimta boladi, jamiyatdan ajralib qoladi. Kimdandir, nimadandir alami boladi, norozi kayfiyatda yuradi.

Ishli odamning esa kongli tinch boladi, qaddi baland, chehrasi ochiq boladi. Ertangi kuniga ishonchi boladi, orzu-havasi boladi. Hayotdan rozi bolib yashaydi.

Bu inkor qilib bolmas ikki haqiqatni chuqur anglasak, ish orinlari yaratish, odamlarni ish bilan taminlash naqadar muhimligi ayon boladi. Ish orni oila butunligi, farzandlar salomatligi, tarbiyasi bilan bogliq masala. Jamiyatning tinchligini belgilaydigan muhim omillardan biridir.

Yangi yil tabrigida yangi ish orinlari yaratish bilan bogliq fikrlar shuning uchun qadrli va ahamiyatli. Ammo bu yaxshi niyatlar amalga oshishi har birimiz odamlar haqida qanchalik qaygurishimiz va burchimizga naqadar sadoqatli ekanimizga bogliq boladi.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: