O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
06.01.2020

Muftiy Usmonxon Alimovga El-yurt hurmati ordeni topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70 yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

Davlatimiz rahbari Usmonxon Alimovning milliy va diniy qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, buyuk allomalar, mutafakkirlarning boy ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish hamda jamiyatda diniy bagʻrikenglikni mustahkamlashga bagʻishlangan faoliyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi rahbari nafaqat yurtimiz va Markaziy Osiyoda, balki dunyo miqyosida tan olingan nufuzli ulamolardan biri ekani, uning Islom olami uyushmasi taʼsis majlisi hamda Butun dunyo ulamolar kengashi aʼzosi etib saylangani, “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” roʻyxatidan munosib oʻrin egallagani butun Oʻzbekiston xalqiga ulkan faxr bagʻishlashi taʼkidlandi.

Biz muftiy hazratlarini Islom maʼrifatining tolmas targʻibotchisi sifatida bilamiz va qadrlaymiz. Tafsiri Irfon, Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni, Oilada farzand tarbiyasi kabi asarlaringiz xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan, — dedi davlatimiz rahbari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning mamlakatimizda Islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu gʻoyalarini, ulugʻ alloma va mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy merosini tadqiq etish va xalqaro miqyosda keng targʻib qilish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, bagʻrikenglik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyatining yuksak eʼtirof ramzi sifatida unga El-yurt hurmati ordenini topshirdi.

Muftiy Usmonxon Alimov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga yuksak mukofot uchun tashakkur bildirib, soʻnggi yillarda jamiyat hayotining barcha jabhalari qatori diniy-maʼrifiy sohada ham ulkan islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Muqaddas Islom dinini oʻrganish, ajdodlar merosini qayta tiklash va ularni kelajak avlodlarga yetkazish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarda bor kuch-gʻayratini safarbar qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligini taʼminlash, yosh avlodni insonparvarlik, bagʻrikenglik, tinchlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targʻibot ishlarida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va diniy soha vakillari faol ishtirok etishni oʻz burchi deb bilishi maʼlum qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan buyuk ajdodlarga munosib vorislarni tayyorlash, yurtimizda diniy taʼlim tizimini takomillashtirish, Islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran oʻrganish hamda targʻib etishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani xalqimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak eʼtirofga sazovor boʻlayotgani alohida taʼkidlandi.


380
Oʻz

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: