O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
01.01.2020

DILDAGI GAPLAR

Yangi orzu niyatlar

Saydi UMIROV,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi, adabiyotshunos, publitsist.

— Odatda dekabr oyi adogida eski yilda qilingan ishlar, erishilgan natijalar sarhisob etiladi, yangi yil niyat-rejalari tuziladi, uddalay olinmagan vazifalarni uddalash, uzolmagan qarzlarni uzish tadorigi koriladi. Har bir insonning, har jamoaning, katta-kichik rahbarlarning fikri-zikri, oy-xayollari shunda boladi.

Mana, uch yildirki, Yangi yilni har qachongidan shod-xurram, ezgu niyatlarga tolib kutib olayotibmiz. Har sohada tarixiy ozgarish, yangilanish, tozarishlar, bunyodkorlik, obod-farovonlik yuz berayotibdi. Qay birini aytaylik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qutlug minbaridan muqaddas islom dini, ma’naviyat, yosh avlod, Orol, Orolboyi muammolari, Afgonistonda tinchlik masalasi dadil qoyilib, jahon jamoatchiligi etiboriga havola etilgani, dunyoning kop davlatlari bilan hamkorlik munosabatlari, bordi-keldilar ornatilgani, ayniqsa, azaldan yon qoshni-jon qoshni bolib kelgan mamlakatlar bilan qardoshlik rishtalarining mustahkamlangani, aloqalarning kuchaygani ... bular hazilakam masalalar emas.

Keling, eng muhim siyosiy voqealardan bazilarini xotirga olaylik. Ozarbayjonda otgan turkiy tilli mamlakatlar uyushmasiga Ozbekistonning azo bolishi, Orta Osiyo va Qozogiston respublikalari rahbarlarining Toshkentdagi maslahat kengashi qadimdan tutash tomirlarimizni mustahkamlash borasida ulug ish boldi. Prezidentimizning bir qator mamlakatlarga, xususan, Yaponiyaga rasmiy safari, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanishi, Oliy Majlis, viloyat, shahar, tuman Kengashlariga yaqinda otkazilgan saylovlar Vatan ravnaqi, millat taraqqiyoti yolidagi qutlug va nurli qadamlardir. Yurtimizda kechgan, kechayotgan ezgu soz, ezgu ish, ezgu amallardan qay birini esga solay. Obod qishloq, obod mahalla, obod manzillarnimi? Shahar ichra qad kotarayotgan shahar-sitilarnimi? Huzur qilib eshitadiganimiz sharqona kuy-taronalarnimi, baxshiyona doston, termalarnimi? Kop yillik orzusi ushalgan – yangi uyli-joyli bolgan oilalarning cheksiz baxtiyorliginimi, shu yurt fuqaroligi shahodatnomasi pasportini qolga olgan insonlarning behad minnatdorliginimi? Jahonning ne-ne shaxmat ustalarini maglub etib grossmeyster unvoniga musharraf bolgan navqiron yoshlarimiznimi? Birvarakay uch oliy oquv yurtiga imtihon topshirib, barisiga otib, qaysisini tanlasam ekan, deya xush-xursand oyga tolgan aziz farzandlarimiz, nevaralarimiznimi? Keling, kamina, ellik-oltmish yil davomida talim-tarbiya, ilm-marifatga daxldor kishi, ikki ijodiy uyushma azosi sifatida dilimda kechgan, quvontirgan, tashvishga solgan fikr-oylarim, bazi kuzatuvlarimni siz bilan baham korsam.

Mana, ikkinchi yildirki, kop oqigan, uqqan, bilim yiqqan ogil-qizlar oliy va maxsus oquv yurtlariga oz kuchlari bilan kirib ketishdi, ayrim pora, tamaga organib mazaxorak bolganlar boshini qashib, aylanma yol, tuynuk izlab qolishdi. Yangi ilm-talim maskanlari ochilgani, shart-sharoitlar yaxshilangani yorqin istedodlar soni ortishi, qita, jahon miqyosida fan olimpiadalari, yirik musiqiy tanlovlar goliblari soni yanada kopayishiga imkon yaratadi. Uzoq va yaqin otmishda adolatsizliklar sababli istedodini namoyon etolmay, guncha holida qolib ketganlar qanchadan qancha boldi.

Tilimizga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligini har qachongidan zor, tantanavor nishonladik... Ammo otgan davrda xotirjamlik, sustkashlikka yol qoyganimiz malum boldi. Ona tilimizga etiborsizlik oqibatida xato-kamchiliklar kopayib qoldi, ozga lisonlarga ortiqcha mahliyo bolib, ular tilida peshxatu lavhalar kopayib borayotganiga etibor bermabmiz. Prezidentimizning yangi qarori, farmoni, til sohasida kozda tutilgan ozgarishlar, Atamashunoslik komissiyasi ish bshlagani ayni muddao, zap kutilgan ish boldi.

Yozuvchilar uyushmamizga chorak asr davomidagi etibor bilan keyingi uch yil ichidagi gamxorlikni taqqoslab koraylik. Xorijlik hamkasblar kelib havas qilib ketayotgan muhtasham imorat, hafta sayin otib turadigan uchrashuv, taqdimot, kechalar, ijodkor adiblarga atalgan turar-joylar, Zomindagi shifobaxsh sihatgoh-ilhomgoh, Turon kutubxonasi uchun tiklangan muazzam koshona, mashhur adiblar nomidagi ijod maktablari, taniqli soz sanatkorlarining yubileylari, ayniqsa, Chingiz Aytmatovning 90, Abdulla Qodiriyning 125 yilligi havas qilgulik, ibrat olgulik darajada zor nishonlangani, Prezidentimiz otgan yilning ozida yozuvchilar bilan ikki-uch marta dildan, samimiy, oshkora suhbat qurganlari barining quvonchi, taassurotini soz bilan ifodalash qiyin. Yurtboshimiz xuddi shunday dilkash suhbatni kopsonli jurnalistlar faollari bilan ham otkazishlarini juda-juda istardik. Bu kop yillik orzuimiz-da. Istiqlol sharofati, nematlarini uluglash, islohotlar jarayoni, Harakatlar strategiyasi, besh tashabbus, saylovoldi harakatlarini, kundalik masalalarni tezkor yoritib borishda matbuot, radio, televideniye, fotografiya, kino, internet jurnalistlari, agentliklar, blogerlarning davr solnomachilarining xizmati ozmuncha emas. Aytadigan, maslahatlashadigan masala, muammolarimiz anchagina.

Istiqlol yollari, tiklanish, yuksalish jarayonlarini qadamba qadam yoritib kelayotgan, taraqqiyotga tosiq bolayotgan illatlarga, qarshi kurash olib borayotganlar kopsonli, kopjanrli axborot vositalari-ku, axir. Bunda hamma vazifani elektron vositalar, ijtimoiy tarmoqlargagina yuklab bolmaydi, kop ovozlar, tasvirlar vaqti-soati bilan ochib, unutilib ketishi mumkin, bosilgan narsa, yozuv, naqsh qoladi, tadqiqotchilarga boy material beradi.

Yaqindagina, yangicha otgan, kop kuzatuvchilar qatnashgan saylovlar haqida ikki ogiz. Yurtimiz istiqboli, xalqimiz farovonligi yolida sidqidil xizmat qilishga bel boglagan fidoyi insonlar deputat, degan yuksak maqomga sazovor bolishdi, ular ichida bir qancha ijodkorlar ham borligi quvonarli. Oz fikriga ega, dadil, vatanparvar deputatlar qancha kop bolsa shuncha yaxshida.

Eski yil adogida konglimdan shunday oy-fikrlar kechdi. Yangi yilingiz muborak bolsin, aziz vatandoshlar!



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: