O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
01.01.2020

2020 YIL ORZU-UMIDLAR YILI

Men yarim asrdan ziyod mehnat faoliyatim davomida ilm-fan, olimu muallim bu darajada e’zozlanganini, sharaflanganini ko‘rganim yoq. Prezidentning ziyoli ahliga korsatayotgan gamxorligi keyingi ikki yil davomida qanday natijalarga olib keldi?

Gap shundaki, xalq manaviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan say-harakatlar, marifiy targibotlar samarasi olaroq bugungi kunda yoshlar ortasida ilm bilan shugullanishga intilayotganlar safi kengaymoqda.

Ochigini aytish kerak, otish davrida olimning na maoshi, na mavqei kotarildi. Yosh istedodlar ilmni tashlab kun korish uchun boshqa yumushlarning boshini tutib ketgani sir emas. Davlatimiz rahbari qisqa vaqt ichida barchamizni yana ilm yoliga qaytara oldi. Korsatilgan mana shu yol millatning dunyoga chiqish, tanilish yolini belgilab berdi. Bundan ikki yil oldin kimdir professor shunday katta maosh oladi, desa hech kim ishonmasdi. Amalda faoliyati deyarli tugatilgan OzRFA ga qayta hayot bagishlandi. Bugun ixtisoslashgan ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilaman, degan yoshlar navbat kutmoqda. Qisqa vaqt ichida ilm xalqimiz qadr-qimmatining, shanining yuksalishiga xizmat qildi.

2019 yilning songgi kunlarida Samarqand davlat universitetining rektori, professor, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan SamDUni turli yillarda tamomlab, bugungi kunda jahonning eng nufuzli oliy talim dargohlari ilmiy markazlarida faoliyat korsatayotgan olimlar assotsiatsiyasiga asos solindi. Maqsad ular bilan ilmiy hamkorlik qilish, kadrlar almashish yoli bilan tajriba almashish, oquv adabiyotlar laboratoriyalaridan hamkorlikda foydalanish, onlayn rejimida konferensiyalar otkazish, dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan mazkur tuzilma shugullanadi. Xudo xohlasa, ushbu uyushmaning dastlabki yigilishi 2020 yilda otkazilishi rejalashtirilgan. Dastlabki malumotlarga qaraganda, SamDU bitiruvchisi bolgan, bugungi kunda xalqaro miqyosda tanilgan olimlar soni 100 nafardan oshdi. Bu qanchalik katta mehnat va yaratilgan imkoniyat natijasi albatta. Bu boradagi ishlarimizni yana davom ettiramiz. Bugun Ozbekistonga ilm qaytgani, marifat qaytgani xalqimizga muborak bolsin. 2020 yil yangi kashfiyotlarga, ilmiy yutuqlarga boy yil bolsin...

Muslihiddin MUHIDDINOV,

Samarqand davlat universiteti professori, Ozbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: