O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
01.01.2020

OZBEKISTON XALQIGA YaNGI YIL TABRIGI

Aziz vatandoshlar!

Mana shu quvonchli lahzalarda siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman!

Otib borayotgan yil mamlakatimiz uchun unutilmas voqealarga boy boldi. Turli qiyinchilik va sinovlarni ham boshimizdan kechirdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ulkan yutuqlarga erishdik. Mamlakatimiz salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yolida yangi qadamlar qoyildi.

Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari ishga tushirilmoqda.

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, mol hosil yetishtirdilar.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yol ochildi.

Yil davomida hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun koplab yangi ish orinlari yaratildi.

Davlat dasturlari asosida shahar va qishloqlarimiz, yurtimiz qiyofasi butunlay ozgarmoqda.

2019 yilda ming-minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga ega boldilar.

Ilm-fan, talim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi.

Yangi-yangi bogcha va maktablar, oliy oquv yurtlari, yetakchi xorijiy universitetlarning filiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.

Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygusi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda.

Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda.

Kuni kecha Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga bolib otgan saylovlar buni yaqqol tasdiqladi. Saylovlar Ozbekiston demokratik taraqqiyot yolidan ortga qaytmasligini yana bir bor isbotladi.

Mustaqilligimiz, osoyishta hayotimiz kafolati bolgan Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati mustahkamlanmoqda.

Tinchliksevar va amaliy tashqi siyosat olib borayotgan davlatimizning xalqaro maydondagi obro-etibori ortib bormoqda.

Muxtasar aytganda, 2019 yil yangi Ozbekiston tarixida har tomonlama yorqin iz qoldirmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qoymoqdamiz.

2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng kolamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz.

Xususiy mulk, tadbirkorlik va biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga, yangi ish orinlari tashkil etishga alohida ahamiyat qaratamiz. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, aholi real daromadlarini kopaytirish etiborimiz markazida boladi.

Odamlarimizning yashash sharoitini, kommunal-maishiy xizmat sifatini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish boyicha boshlagan ishlarimizni yanada kengaytiramiz.

Farzandlarimizga munosib talim va tarbiya berishga, ularning qobiliyat va istedodini royobga chiqarishga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Aholi salomatligini mustahkamlash, soglom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlarimiz yangi bosqichga kotariladi.

Nuroniy faxriylarimiz, munis opa-singillarimizga etibor va gamxorlikni yanada kuchaytiramiz.

Ijtimoiy himoya va komakka muhtoj yurtdoshlarimizni doimiy qollab-quvvatlashga birinchi darajali ahamiyat beramiz.

Tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimizda ozaro hurmat va ahillikni mustahkamlash asosiy vazifamiz bolib qoladi.

Bu borada dunyo hamjamiyati, avvalo, yon qoshnilarimiz bilan samarali hamkorlikni har tomonlama kuchaytiramiz.

Aziz yurtdoshlarim, qadrdonlarim!

2020 yil har bir oila, har qaysi xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!

Barcha ezgu maqsadlarimiz royobga chiqsin!

Jonajon Ozbekistonimiz gullab-yashnasin!

Yangi yil barchamizga muborak bolsin!

Shavkat MIRZIYoYeV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: