O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
23.12.2019

XALQIMIZ MAMLAKAT TARAQQIYoTI, FAROVON HAYoTI UChUN OVOZ BERDI

22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bolib otdi.

Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan yangi Saylov kodeksi asosida mutlaqo yangicha ruhda otkazildi. Jumladan, saylovlarda 5 ta partiya ishtirok etdi. Ularga teng imkoniyatlar yaratildi. Oz navbatida, islohotlarimizga hamohang tarzda xalqimiz faolligi ham kuzatildi.

Saylovlarda vatandoshlarimiz qayerda bolishidan qat’i nazar, ozlarining konstitutsion huquqidan foydalanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berildi. Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari saylovchilar zich yashaydigan, ishlaydigan yoki oqiydigan joylarda kochma saylov qutilarida sayyor tartibda muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qildi.

Saylovchilarning yagona elektron royxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi ilk marotaba mamlakat miqyosida qollanildi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi saylovchilar hisobini yuritish va ularni avtomatik ravishda saylov uchastkalariga, uchastkalarni esa saylov okruglariga taqsimlash hamda “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyilini amalda tatbiq qilish hisoblanadi.

Bu yilgi saylovlarda har bir uchastkada kozi ojiz fuqarolar uchun birinchi marta Brayl yozuvida yozilgan byulletenlarda ovoz berish tashkil etildi. Bu kabi chora-tadbirlar amalga oshirilishi fuqarolarning saylov jarayonida faol va teng ishtirokini taminladi.

Saylov jarayonining borishi Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan brifinglarda tezkor yoritib borildi. Shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qator saylov uchastkalaridagi ovoz berish jarayoni onlayn translatsiya qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar mamlakatimizda soat 20:00 da yakunlandi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bergan dastlabki malumotga kora, saylovlarda Ozbekiston hududidagi 18 million 797 ming 810 saylovchidan 13 million 355 ming 911 nafari ishtirok etdi. Bu Saylovchilarning yagona elektron royxatiga kiritilgan fuqarolar umumiy sonining 71,1 foizini tashkil qildi.

Malumki, Ozbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasiga binoan saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan bolsa, haqiqiy va qonuniy, deb hisoblanadi. Shunga asosan, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarni bolib otgan, deb hisoblash mumkin.

Ovoz berish jarayonlari akkreditatsiyadan otgan 1155 mahalliy va xorijlik OAV vakillari tomonidan keng yoritildi. Saylovlar jarayonida 10 nufuzli xalqaro tashkilotdan, dunyoning 50 ga yaqin davlatidan yuzlab xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etdi. Bundan tashqari, saylovlarda deputatlikka nomzodlar korsatgan siyosiy partiyalardan va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlaridan 70 mingdan ziyod kuzatuvchi qatnashdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarning dastlabki natijalari 23 dekabr kuni bolib otadigan matbuot anjumanida elon qilinishi kutilmoqda.

Nurillo NASRIYeV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: