O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
23.12.2019

MAMLAKAT TARAQQIYoTI VA XALQ FAROVONLIGI UChUN OVOZ BERDIK

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga otkazilgan saylovlarda Ozbekiston Qahramonlari ham faol qatnashdi.

Azim LATIPOV, Shofirkon tumanidagi “Azim Shofirkon yulduzi” fermer xojaligi rahbari, senator, Ozbekiston Qahramoni:

— Hayot yanada rivojlanishni taqozo etadi. Bu demokratik yangilanishlarning muhim jihati hamdir. Men koplab saylovlarda ishtirok etganman. Ammo bu galgi siyosiy tadbir ulardan tubdan farq qildi. Uning demokratik talablarga har tomonlama hamohang yangi qonun hujjati asosida otgani quvonarli.

Islohotlarni chuqurlashtirish uning huquqiy asoslariga bogliq. Bunda esa vakillik organlariga tashabbuskor, fidoyi, byurokratik govlarga qarshi qat’iyat korsatadigan kishilar kelishi muhimdir. Saylovchilarning faolligi ularning jamiyatda kechayotgan jarayonlarga daxldorlik tuygusi oshib borayotganini korsatdi.

Abdimurod BOZOROV, senator, Ozbekiston Qahramoni:

Bizning yoshdagi odamlarda bir necha saylovlarni solishtirib korish imkoni bor. Bu galgi saylovni avvalgilari bilan taqqoslasak, katta farq sezilib turibdi. Saylov kodeksi qabul qilinishi naqadar hayotiy zarurat bolganini saylov chogida ovoz berish uchun kelgan odamlarning kayfiyatidan his qildim. Ochigi, senator sifatida kodeksning qabul qilinishida ishtirok etganimdan quvonib ketdim. Uchastkada ovoz berish jarayoni yuqori saviyada tashkil qilinibdi. Hech qanday ovoragarchiliksiz ozim tanlagan nomzodlarga ovoz berdim.

Lolaxon MUROTOVA, Oltiariq tumanidagi Nurli obod fermer xojaligi rahbari, Ozbekiston Qahramoni:

– Oltiariq tumani Qapchugay mahalla fuqarolar yiginidagi 853-saylov uchastkasiga kelib, ozim munosib deb bilgan nomzodlar uchun ovoz berdim.

Bu yil yangicha saylovlar boldi, 5 ta siyosiy partiyaning ishtirok etgani, ular ortasida raqobatning kuchaygani va xalqimizning bu jarayonga befarq emasligi ham buni korsatib turdi. Xalqimiz oz huquqidan foydalanib, ozi tanlagan, ozi munosib bilgan nomzod uchun ovoz berdi. Men ham ertangi kunimga befarq emasman. Yurtimizning tinchligi, xalqimizning farovonligi uchun ovoz berdim. Ozim ham ilk marta 1980 yilda viloyat kengashi deputatligiga nomzod sifatida korsatilib, saylanganman. Mustaqillikdan keyin ham 2 marta viloyat kengashi deputati boldim. Deputatlikning yuki nihoyatda ogir. Xalqning ishonchini oqlash uchun tinimsiz mehnat qilish kerak.

Mirzahmat ShAIMOV, senator, Ozbekiston Qahramoni:

Ertalabdan Shirin shahri saylovchilari ham ozlari tanlagan nomzodlarga ovoz berish uchun saylov uchastkalariga keldi. Barcha sharoitlar yaratilgani uchun saylovchilar bayramona kayfiyatda. Yangilanayotgan Ozbekiston uchun saylovchilar, xalqimiz oz nomzodlarini korsatishga masuliyat bilan yondashib, yurtimiz kelajagi uchun befarq emasligini namoyon etdi.

Men ham barcha oila azolarimiz bilan birga Shirin shahridagi 277-saylov uchastkasiga keldim. Ozim munosib korgan, ertangi kunimizni, yorqin hayotimiz va farovon turmushimizni taminlash yolida xalqchil qonunlarning yaratilishida xizmat korsatishga qodir bolgan nomzodlarga ovoz berdim.

Endi saylanayotgan nomzodlarimizga xalq xizmati yolida, muammo va kelajak masalalarini oqilona hal etilishida faol ishtirok etishini tilagan holda, milliy qadriyatlarimiz va hurriyatimiz uchun kurashda kuch-gayrat tilayman.

Hasan NORMURODOV, Nuroniy jamgarmasi Samarqand viloyati bolimi raisi, Ozbekiston Qahramoni:

Yangi Ozbekiston yangi saylovlar shiori ostida otkazilgan bu yilgi saylovlarga tayyorgarlik va ovoz berish jarayonlari har qachongidan ozgacha, yuqori saviyada otganini barchamiz kordik. Bu avvalo saylovning yangi qonunchilik, yani Ozbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida otgani bilan bogliq. Qolaversa, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar davlat va jamiyat hayotida, xalqimiz turmush tarzida ham oz aksini topmoqda. Buni saylovda ishtirok etgan nomzodlar va saylovchilar yurakdan his qildi.

Ozim ham 1956 yildan buyon saylovlarda ishtirok etaman. Bu borada 63 yillik tajribaga ega inson sifatida aytishim mumkinki, joriy yilgi saylovlar avvalgilardan tubdan farq qildi. Va bu saylov natijalari davlatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonaman.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: