O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
23.12.2019

OZBEKISTON OZARO MANFAATLI HAMKORLIK UChUN OChIQDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatda chop etiladigan “Nikkei” gazetasiga intervyu berdi.

1876 yilda asos solingan, dunyodagi yirik moliyaviy nashrlardan biri bolgan ushbu gazeta 3 milliondan ziyod nusxada chop etiladi. Quyida ushbu intervyuning tarjimasi berilmoqda.

– Muhtaram Prezident Janoblari, Siz Yaponiya bilan ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, iqtisodiyot sohasidagi ozaro hamkorlikning bugungi holatini qanday baholaysiz?

Yaponiya Ozbekiston uchun doimo vaqt sinovidan otgan, ishonchli va strategik sherik bolib kelgan va shunday bolib qoladi.

Yaponiya hukumatining komagida Rivojlanish uchun rasmiy yordam dasturi doirasida mamlakatimizda qiymati 4 milliard dollardan ziyod bolgan yirik loyihalar amalga oshirildi.

Iqtisodiy hamkorligimizning asosiy sohalari bu elektr energetikasi, neft-gaz, neft-kimyo va kimyo tarmoqlari, mashinasozlik va turizm hisoblanadi.

Ishonamanki, bolajak Ozbekiston Yaponiya sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat ortasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab, sheriklik aloqalarimizning yangi yonalishlarini belgilab beradi.

Yaponiyaga tashrifingiz doirasida qanday ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kozda tutilgan?

Tashrif davomida Yaponiya yetakchi kompaniyalarining togridan-togri investitsiyalarini nazarda tutadigan bir qator shartnomalarni imzolashni rejalashtirganmiz.

Amalga oshirilishi belgilangan qoshma investitsiyaviy loyihalarning umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

Yirik va muhim ahamiyatga molik loyihalar orasida qiymati qariyb 2 milliard dollar bolgan Navoiy issiqlik elektr stansiyasining uchinchi va tortinchi bug-gaz qurilmasini qurish boyicha ishlar davom ettirilishini alohida ta’kidlashni istardim. Yana bir muhim loyiha (qiymati 200 million dollar) meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, Ozbekistonda eksportga yonaltirilgan zamonaviy qishloq xojaligi klasterlarini tashkil etishga qaratilgan.

Ozbekiston iqtisodiyotining asosiy salohiyati va jozibador jihatlarini nimalarda korasiz?

Ozbekistonda songgi yillarda investitsiya muhitining yaxshilanishi natijasida xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 2 barobarga ortdi. Bugungi kunda ularning soni 10 mingni tashkil etmoqda.

Biz bu yil xorijiy investitsiyalarni uch barobar kop, yani 7 milliard dollardan kam bolmagan miqdorda ozlashtirishni moljallab turibmiz.

Ozbekiston ulkan mineral-xomashyo resurslariga ega bolib, oltin, uran, mis, kaliy tuzlari, fosforitlar kabi foydali qazilmalar zaxiralari boyicha dunyodagi onta yetakchi davlat qatorida qayd etiladi. Biz birgalikda ilgor yapon texnologiyalari yordamida ularni yanada chuqur qayta ishlash va yuqori qoshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni taminlashga erishishimiz mumkin.

Ozbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bolgan barcha davlatlar va kompaniyalarni qiziqtiradigan bir savol bilan murojaat qilishga ruxsat etsangiz: mamlakatda keng miqyosdagi islohotlar davom ettiriladimi, keyingi tarkibiy ozgarishlar qanday boladi?

Kop yillar davomida toplanib qolgan muammolarni hal qilish, xalqaro maydonda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini taminlash uchun 2017 yildan etiboran Ozbekiston Respublikasini rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish boyicha keng kolamli islohotlarni boshladik. Iqtisodiyotni liberallashtirish ishlari va mamuriy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etildi.

Biz raqobat va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilishning qatiy kafolatlari, mazkur sohada ochiqlik va shaffoflikni taminlash, biznes va sarmoya muhitini yaxshilashga muhim ahamiyat qaratmoqdamiz. Bularning barchasi, jumladan, Ozbekistonning JSTga azo bolishiga qaratilgan.

Biz xorijiy investorlarning qollab-quvvatlashidan umidvormiz. Hukumatimiz xorijiy investitsiyalarni imkon qadar himoya qilish va Ozbekistonga sarmoyalar oqimini kengaytirish maqsadida ishonchli ragbatlantirish omillarini taminlash uchun barcha zarur choralarni koradi.

Bugungi kunda Ozbekistondagi demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan darajada muqarrar tus oldi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor. Chunki bu islohotlar bizning milliy manfaatlarimizga, xalqimizning orzu-intilishlariga mos keladi.

2016 yilda mamlakat Prezidenti lavozimiga saylanganingizdan song Siz hokimiyatni demokratlashtirish va uning ochiqligini taminlash siyosatini amalga oshirishga kirishdingiz. Ushbu siyosat davom ettiriladimi va shu jihatdan qaraganda bolajak parlament saylovlarining ahamiyati nimalardan iborat?

Davlat rahbari sifatidagi faoliyatimning ilk kunlaridan boshlab jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatning yangilanishi va modernizatsiya qilinishiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelmoqdaman.

Bugungi kunda Ozbekistonda inson huquqlarini taminlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yonalishi hisoblanadi.

Shuni qayd etish kerakki, Ozbekiston viza rejimi eng liberal davlatlar royxatida MDH hududida ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi orinda turadi. Hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizga 86 ta davlat fuqarolari kirish vizasini olmasdan kelib-ketishi mumkin.

Bugun Ozbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Biz, albatta, yosh avlod haqida har tomonlama gamxorlik qilamiz.

Bolajak parlament saylovlari milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Ozbekistonning dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi yolidagi yana bir amaliy qadam boladi.

Ozbekiston tashqi siyosatda qanday tamoyillarga tayanadi?

Bizning maqsadimiz xalqaro maydonda, jumladan, jahon xojalik munosabatlarida munosib orin egallashdan iborat. Oz-ozidan ravshanki, tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yonalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. Songgi uch yil mobaynida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi, ozaro siyosiy ishonch sezilarli darajada ortdi, kooperatsion va gumanitar aloqalar faollashdi.

Mintaqamizda barqarorlikni taminlash qoshni Afgonistonda tinchlikka erishish bilan chambarchas bogliqdir.

Yevroosiyoning transport-tranzit va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarni qollab-quvvatlaymiz, mintaqamiz orqali Sharqdan Garbga va Shimoldan Janubga otadigan mavjud transport va iqtisodiy koridorlarni mustahkamlash va yangilarini yaratish tarafdorimiz.

Biz barcha sherik davlatlar Rossiya, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Yevropa davlatlari va musulmon dunyosi mamlakatlari bilan ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdormiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: