O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
23.12.2019

OZBEKISTONDA QOZOGISTON YILI: BUYuK DOSTLIK RUHI BARDAVOM

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Ozbekistonda Qozogiston yilining rasmiy yopilish marosimi bolib otdi.

Qozogistonda Ozbekiston yili doirasida boshlangan madaniy-ma’rifiy, gumanitar, siyosiy, ilmiy aloqalar Ozbekistonda Qozogiston yili munosabati bilan otgan tadbirlarga ulanib ketdi. Bu tadbirlar ikki xalq, bir tanu bir jon bolib ketgan ellarimizni yanada yaqinlashtirdi. Hamkorlik tadbirlari xalqlarimiz ortasidagi azaliy dostlikni mustahkamlash va uluglashdek mushtarak maqsadlarga xizmat qildi.

Ozbekistonda Qozogiston yilining otkazilishi strategik sheriklik munosabatlari, ishonch va ozaro qollab-quvvatlash kuchayib borayotganidan darak. Bu xalqlarimiz ortasidagi abadiy va samimiy dostlik, madaniy va manaviy yaqinlikning namoyon bolishidir.

Ozbekistonda Qozogiston yili doirasida turizm, madaniy-gumanitar, iqtisod sohalarida koplab tadbirlar, marifiy uchrashuvlar, turli festival va ijodiy kechalar otkazildi. Ikki mamlakat sanat namoyandalarining ozaro tashriflari amalga oshirildi.

Termiz shahrida otkazilgan Xalqaro baxshichilik sanati festivalida qozogistonlik Uljan Baybusinova ishtirok etib, Gran-pri mukofotini qolga kiritdi, Ozbekiston davlat sanat muzeyida Qozogiston muzeylarining Buyuk dasht: tarix va madaniyat nomli korgazmasi, ikki tomondan 220 ga yaqin tadbirkor ishtirok etgan VI Ozbekiston – Qozogiston biznes-forumi otkazildi.

Qozogiston Ozbekiston: hamkorlikning yangi qirralari nomli kitob korgazmasi, Qozogiston talim kunlari, Qozogistonning Saltanat davlat raqs teatrining Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston davlat akademik Katta teatrida konserti va Astana opera teatri jamoasi tomonidan qoyilgan spektakl, Ozbekkino MA va Qozoqfilm AJ bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Qozogiston kinosi kunlari otkazilgani kopchilikda katta qiziqish uygotdi.

Yil davomida qozoq teatrlarining Ozbekistonga ijodiy safarlari uyushtirildi. Ozbek Milliy akademik drama teatrida Abay spektakli sahnalashtirilib, Qostonoy viloyati I.Omarov nomidagi qozoq teatrining Xan Kene va Ayman-Sholpan spektakllari namoyish etildi.

Margilon shahrida otkazilgan Xalqaro folklor musiqa festivalida Qozogistondan Astar jamoasi ishtirok etib, Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun nominatsiyasi bilan taqdirlangani ham esda qolarli, muhim tadbirlardan biri boldi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oliy talim tizimida hamkorlik mustahkam asoslarga ega. Mamlakatimizdagi maktablarda qozoq tili oqitiladi, oliy talim muassasalarida qozoq tili, matematika, fizika va boshqa fanlar boyicha pedagog kadrlar tayyorlanadi. Bir qator loyihalar asosida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

Mamlakatimizda Qozogiston adabiyoti va madaniyati markazining ochilishi esa mustahkam hamkorlik ifodasidir.

Ozbekistonda Qozogiston yiliga katta tayyorgarlik korildi. Ikki mamlakatning turli soha vakillariga ozaro manfaatli aloqalarni yolga qoyish, bilim va tajriba almashish uchun yangi yol ochildi.

Qozogiston yili doirasida amalga oshirilgan har bir loyiha, har bir yangi qadam kop tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega boldi.

...Tantanali tadbirda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Aziz Abduhakimov va Qozogiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aqtoti Raimqulova sozga chiqdi.

Aziz Abduhakimov mamlakatlarimiz ortasidagi dostona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash yolida ham muhim qadamlar qoyilgani takidlandi.

Bizning madaniyatimiz bir, dedi Qozogiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aqtoti Raimqulova. Biz ozbek xalqini oga-ini, dostu yor, birodar deb bilamiz. Ozbekistonda Qozogiston yilining keng nishonlanishi ikki el ortasidagi madaniyat, ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Koplab madaniy tadbirlar, ikki mamlakat sanat ustalari va teatr jamoalarining ijodiy safarlari tashkil etildi. Har tomonlama hamkorlik mustahkamlandi va dostligimiz bundan keyin ham davom etadi.

Tadbir katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Barno MELIQULOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: