O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
23.12.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda Mirzo Ulugbek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 117-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Saylovda beshta – Ozbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi hamda Ozbekiston Ekologik partiyasi ishtirok etdi.

Bu muhim ijtimoiy-siyosiy voqea Yangi Ozbekiston yangi saylovlar shiori ostida, fuqarolarning siyosiy faolligi ortgan sharoitda hamda yangi saylov qonunchiligiga muvofiq otkazildi.

Ozbekiston tarixida ilk bor yagona Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylovga oid 21 qonun tizimlashtirildi. Saylovchilarning yagona elektron royxati joriy etildi. Kvota belgilash instituti bekor qilindi. Beshta siyosiy partiyaga, jumladan, yangi Ozbekiston ekologik partiyasiga soglom raqobat qilishi uchun teng shart-sharoit yaratildi. Siyosiy partiyalarning saylovoldi ochiq munozaralari jonli efirda yoritildi. Ularda jamiyatimizni oylantirayotgan otkir masalalar muhokama qilindi.

Oxirgi yillardagi ochiqlik, demokratik yangilanishlar natijasida jamiyatimiz ham ozgardi. Bu saylov jarayonida ham yaqqol namoyon boldi. Fuqarolar ishonch va mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi bilan saylov uchastkalariga kelib, kelajak uchun ovoz berdi.

Davlatimiz rahbari 162-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi, birgalikda suratga tushdi. Birinchi marta ovoz bergan yoshlar, ota-onasi bilan kelgan bolalarning oqishlariga rivoj tiladi.

Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga soglik-omonlik tilab duolar qildi.

Barcha saylov uchastkalarida qonunchiligimizda belgilangan sharoitlar yaratildi. Joylarda 6 ming 720 ta okrug va 10 ming 315 ta, jumladan, 38 mamlakatda 55 saylov uchastkasi tashkil etildi. Bundan tashqari, ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni otayotgan ota ogir jinoyatlarni sodir etmagan shaxslar ham saylovda ishtirok etish huquqiga ega boldi.

Saylov jarayonini kuzatishda MDH, ShHT, YeTTB, Xalqaro xususiy huquq boyicha Gaaga konferensiyasi, Turkiy kengash, TurkPA, shuningdek, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosining tolaqonli missiyasi tarkibida 700 nafardan ziyod xorijiy va xalqaro kuzatuvchi ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuksak saviyada otayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: