O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
17.12.2019

OZBEKISTON BAGRIKENG DIYoR

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali yigilishda Prezidentimizning ma’ruzasini diqqat bilan tinglab, kopmillatli Ozbekistonimiz yaqin yillar ichida dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan joy olishiga amin boldim. Prezident Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan kora samarali vosita yoqligiga alohida urgu berdi.

Jamoatchilik qonun buzilishi holatlariga qarshi turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar, turli lavozimdagi mulozimlar faoliyati umum nazoratida bolmas ekan, yol qoyilgan xato va nuqsonlar oqibatida, islohotlar kutilgan natijani bermasligi aniq. Hozir xalqimiz ularning xatti-harakatiga bevosita baho bermoqda, oz fikrini erkin ifoda etishga harakat qilmoqda. Bugun jamoatchiligimiz tom manoda faollashdi, . Endilikda turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlar, OAV orqali tahlil qilinadi, munosib bahosini oladi, shubhasiz.

Maruzada jamoatchilikni kop yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar birma-bir sanab otildi, ularni bartaraf qilish, yechimlarini topish boyicha ham aniq fikrlar bildirildi. Masalan, hokimlarning qishloq xojaligiga moljallangan yerlarni olib qoyish boyicha vakolati deputatlar kengashiga berilishi, Ozbekiston tarixida ilk bor prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibining joriy etilishi, endilikda sud biror-bir mansabdor shaxsning qoli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yol qoyilmasligi kabi bir qator yangiliklarni anjumanda otirganlar qarsak bilan kutib oldilar.

Mamlakatimizda bugungi kunda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek tinch-totuv, inoq va dostlikda yashab kelmoqda. Albatta buning uchun Respublikada barcha millat va elat vakillariga ularning yashashi va faoliyati uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berilgan va ularning haq-huquqlari qonun bilan kafolatlangan. Jumladan, bugungi kunda Ozbekistonda 300 mingdan ziyod qirgiz millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Ular asosan Andijon, Fargona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Toshkent shahrida va boshqa hududlarda yashaydilar va Ozbekistonni oz Vatani deb biladi. Chunki inson bolasining tugilgan joyi vatan hisoblanadi.

Chunki bizlar shu diyorda tugildik, voyaga yetdik va hozirgi kunda ozbek xalqi bilan aka-uka, quda-anda, dost-birodar bolib yashaymiz. Bozorimiz ham, toylarimiz ham birga, bitta mahallada tinch-totuv, bir oilaning farzandlaridek yashab va mehnat qilib kelmoqdamiz.

Men Ozbekistonda tugildim, voyaga yetdim, unib-osib, farzand va nabiralar kordim. Ozbek ustozlarimdan ilm va bilim olib, yurt koriga yarab, ozbek dostlarim bilan birga umrguzaronlik qilib kelayotganimdan Ollohga ming qatla shukrlar qilaman.

2017 yilning 24 yanvarida Toshkent shahrining markazida joylashgan Bobur nomli istirohat bogi va uch qavatli hashamatli bino “Dostlik saroyi” deb ataldi va u Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalari qomitasi balansiga berildi. Bundan Milliy madaniy markazlar faollari juda mamnun boldi. Bu yerda Ozbekiston qirgiz milliy madaniy markazining faoliyat olib borishi uchun ham barcha shart-sharoit yaratilgan. Biz turli millat vakillari bilan birgalikda otkazilayotgan har bir bayram va tadbirlarda qatnashib kelmoqdamiz.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali yigilishda Prezidentimiz har doimgidek, Bizdan xalqimiz rozi bolishi kerak, degan sozlarni takror-takror qayd etdi. Biz albatta, oliyjanob va mehnatkash, kop millatli xalqimiz bilan birgalikda belimizni mahkam boglab, shu ona yurtga xizmat qilamiz.

Rahmatillo JABBOROV,

Ozbekiston qirgiz milliy madaniy markazi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: