O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
17.12.2019

NUKUSDA PREZIDENT MAKTABI OChILDI

Yurtimizda keng islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunda har sohadagi yangilanish va rivojlanishlarni ko‘rib kozimiz quvnaydi. Ayniqsa, ta’lim tizimida bolayotgan ozgarishlar, xalqaro ekspertlarning ham etiborini tortmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 20 fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish togrisida»gi qaroriga asosan tashkil etilgan Prezident maktabi iqtidorli yoshlar uchun oz quchogini ochmoqda. Joriy yil 11 dekabr kuni Nukus shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bolib otdi. Unda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi Raisi M.Erniyazov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi orinbosari A.Sadullaev, Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vaziri Sh.Shermatov, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori S.Babaxodjayev hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Marosimda sozga chiqqanlar tadbir ishtirokchilarini Nukus shahrida ham Prezident maktabining ochilgani bilan qizgin tabrikladi.

— Men ota-ona sifatida juda quvonchdaman. Oglim Mahmudov Alpams 5-sinfga oqishga qabul qilindi, deydi biz bilan suhbatda Alisher Qutlimuratov. Ozim ham oqituvchiman. Ularning zahmatli mehnatini yaxshi his etaman. Eng asosiysi, bitta oringa 89 kishi talabgor bolib, 24 oquvchi orasida oglimning bolganligidan gururlandim. Albatta, Nukus shahridagi 46-umumiy orta talim maktabi jamoasiga katta minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, oglimga Prezident maktabining dastlabki qongirogini chalish baxti nasb qilganligi bizning oilamiz hayotida tarixiy voqea bolib qoladi. Prezidentimizning mamlakatimiz chekka hududlaridagi yoshlarga qaratayotgan etibori uchun minnatdormiz.

Marosimda maktabning ramziy kaliti maktab direktoriga topshirildi va yangi oqish kunining birinchi qongirogi chalindi. Shundan song maktabning tantanali ochilish lentasi kesildi. Mehmonlar yangi ish boshlagan maktabning oquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oquv jarayonlari bilan tanishdi.

Men bu yerda informatika fanidan dars beraman, deydi Nurlibek Tatlmuratov. Prezident maktabida talim oladigan oquvchilar uchun juda katta imkoniyat mavjud. Maktab zamonaviy uslubda, jahon standartlariga muvofiq tarzda yuksak did bilan qurilgan. Ilm maskani markazida kattagina kutubxona bor. Oquv jarayoni STEAM talim dasturi (Science tabiiy fanlar, Technology texnologiyalar, Engineering texnik ijodkorlik, Art sanat, Mathematics matematika) boyicha olib boriladi, bu esa iqtidorli yoshlarning fikrlash qobiliyati, iroda, ijodiy salohiyati, moslashuvchanligini rivojlantirishga imkon beradi. Ushbu yonalishdagi darslar toliq ingliz tilida olib boriladi. Ayni paytda maktab STEAM metodologiyasi boyicha darslik va oquv qollanmalar bilan taminlangan.

Maktab 168 orinli bolib, 2 qavatli oquv binosi, oshxona, 3 qavatli yotoqxona, xorijlik oqituvchilar uchun 15 orinli mehmonxona mavjud. Har bir sinf xonada interaktiv doska va tablolar, Science xonalarida alohida laboratoriya xonalari mavjud. Joriy yilda mazkur maktabning 5-10 sinflariga hujjat topshirgan 7,5 ming nafardan ziyod oquvchidan 144 nafari qabul qilindi. Kelasi oquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga 24 nafar oquvchi qabul qilinadi.

Men Kegayli tumanidagi 2-son maktabidan kelganman, deydi suhbatdoshimiz maktabning 8-sinf oquvchisi Sherzod Pishenbayev. Bizlarga shunday sharoit yaratgan muhtaram Prezidentimga, davlat rahbarlariga minnatdorlik bildiraman. Nufuzli oquv maskanida iqtidorli oquvchilar qatorida bolishimga ota-onamning, ustozlarimning mehnatlari tufayli erishdim. Prezidentimizning bizga bolgan ishonchini oqlab, Vatanimga nafi tegadigan inson bolishga vada beraman.

Prezident maktabida darslar Kembrij universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oquv reja va dasturlari asosida olib boriladi. Maktabga 8 nafar xorijiy yuqori malakali mutaxassis hamda 23 nafar mahalliy oqituvchi jalb qilingan. Ular ham xalqaro talim talablari asosida maxsus imtihonlar orqali tanlab olingan.

Biz oquvchilarga xalqaro darajada darslar otishga harakat qilamiz, deydi biz bilan suhbatda Janubiy Afrikadan kelgan oqituvchi Lemoto Li. Avval Vetnam, Dubayda dars berganman. Prezident maktabida dars oladigan oquvchilarning imkoniyatlari katta. Men bilaman, ular ertaga albatta sizlarning ishonchingizni oqlaydi.

Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega boladi. Bu xorijiy oliy oquv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Shuningdek, Prezident maktabi internat tarmogiga ulangan holda faoliyat korsatadi. Oquvchilar haftaning 5 kunida maktab hududida ham oqib, ham yashaydi. Dam olish kunlari esa ota-onasi bagrida boladi. Mazkur dargohning boshqa maktablardan yana bir ustun tomoni shundaki, talim olayotgan oquvchilar maktab formasi, oquv qurollari, oziq-ovqat bilan toliq bepul taminlanadi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: