O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
17.12.2019

DEPUTATLIK IShONChNI OQLASh, DEGANI

«Nuroniy» jamg‘armasi tuman bolimi raisi Abdualim Azimovning xonadoni ham, ishxonasi eshigi ham murojaat etib keluvchilar uchun doimo ochiq. Sababi otaxon 3-Kattaqishloq saylov okrugidan Bulungur tuman kengashiga deputat etib saylangan.

Yetmish yoshni qoralab borayotgan el ogasi charchash nimaligini bilmaydi. Hali biron bir tobi qochgan nuroniy holidan xabar olish uchun, goho nizoli oilalar xonadoniga ularni yarashtirish uchun shoshib ketayotgan boladi. Yol-yolakay saylovchilari murojaati yuzasidan 3 va 20 – umumiy orta ta’lim maktablaridagi tamirlash ishlaridan xabar oladi. Asli kasbi quruvchi-muxandis bolgani uchun ham tumanda sohani u kishidan yaxshi biladigan odam yoq. Hammaning maslahatgoyi, ogasi. Vatanim, elim-yurtim deb holovat bilmay mehnat qilish shu kishiga xos.

Elparvarlik qon-qoniga singib ketgan otaxon tumanda noqonuniy faoliyat yuritayotgan mardikor bozorini tizimli tartibga olish yuzasidan 2017 yil noyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasiga taklif bilan deputat sorovi yubordi. Kelgan javobda bu taklif inobatga olinib, hukumat tasarrufiga yuborilgani, hal etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi haqidagi malumot bor edi.

Masala shu ediki, tuman partiya Kengashi jamoatchilik qabulxonasiga kelgan murojaatlardan birida markaziy madaniyat uyi binosi 1936 yilda bunyod etilgan bolib, hozirgi kun talablariga javob bermasligi takidlanib, yangi bino qurilishida yordam soralgandi. Mazkur muammoli masalaga ijobiy yechim topish masalasi deputat A.Azimovga topshirildi. Deputat masalani oz vakolati darajasida atroflicha organib, 2018 yilning dekabr oyida Respublika Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayevga deputatlik sorovi bilan murojaat qildi. Toshkentdan deputatga vazir orinbosari O. Nazarbekov imzosi bilan quvonchli xabar keldi. Yangi madaniyat markazi qurilishi uchun 4 mlrd. 500 mln. som mablag ajratilibdi. Shu kunlarda ikki qavatli zamonaviy binoning devorlari kotarilib, pardozlash ishlari davom etmoqda.

Abdualim Azimov keksa va tajribali rahbar hamda deputat sifatida partiyadan saylangan 7 nafar xalq deputatlari tuman kengashi deputatlariga ustozlik ham qiladi.

Yaqinda Samarqand viloyat transport boshqarmasi boshligi I.Hamrayevga deputat sorovi jonatib, xalq deputatlari viloyat kengashining joriy yil 27 fevralda bolib otgan 62-sessiyasida transport xizmati korsatish togrisidagi masala korilgani, ushbu sessiya qarorlarining ijrosi yuzasidan malumot berishini talab qildi. Ushbu sorovnomaga ham tegishli javob olishga muvaffaq boldi.

Deputatning yaxshi odatlaridan biri oz faoliyati, deputat sorovnomalarining mohiyati haqida tuman gazetasi sahifalarida ham tez-tez turkum maqolalari bilan chiqishlar qilib turadi. Otaxon uzoq yillardan buyon mehr qoyib, ardoqlab kelayotgan OzXDP partiyasi, uning siyosatini targib etib charchamaydi. Jamoatchilik yana bir bor ishonch bildirib, u kishining nomzodini xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga korsatishdi. Oylaymizki, elu yurt xizmatiga doimo shay bolajak deputatga saylovchilarimiz ishonch bilan ovoz beradi.

Mamasharif NEMATOV

Bulungur tumani.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: