O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
17.12.2019

AXBOROTNING OZGARAYoTGAN MAVQEI

Milliy Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada ma’ruza qilgan muhtaram Prezidentimiz koplab muhimdan-muhim muammolar qatori ommaviy axborot vositalari va ularning hozirgi kundagi holati hamda vazifalari haqida alohida toxtaldi. Takidlamoq kerakki, keyingi uch yil mobaynida milliy axborot maydonimiz “ob-havosi” yanada musaffolashish sari yuz tutdi. Jamiyatda axborot olish va uni emin-erkin tarqatish borasida jiddiy yangilanishlar kuzatilmoqda. Xususan, internet tolqinlarida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlar, tafsilotlar, suhbatlar va bahslar ham professional, ham havaskor jurnalistlar (jumladan, blogerlar)ning jamiyatimizning faol azolariga aylantirib bormoqda. Muhimi, jamiyatning har qanday qatlamida yuz berayotgan voqea-hodisalar, hatto u yoki bu vazir, hokim va hokazo rahbar shaxslar tomonidan aytilgan ikki ogiz jumla ham zumda jamoatchilik hukmiga havola etilmoqda. Jamoatchilik ham oz navbatida qarab otirmayapti – mulohaza, mushohada, munozara qizgin tus olmoqda.

Axborot erkin va ozod jamiyat uchun nihoyatda tabiiy holat bu. Togri, bunday fikr olishuvlarida axborot madaniyati, soz aytish, munozaraga kirishish odobi xususida turfa mulohazalar bildirish mumkin, lekin bulardan qati nazar, yaratilayotgan ommaviy muloqot imkoniyatlari jamiyatda fikr-munosabat aylanishini yolga qoymoqda, xalqimizning juda keng qatlami vakillarida daxldorlik tuygusini shakllantirmoqda.

Davlat organlarining har birida matbuot xizmati ish boshlagani, xususan, ularning maqomi oshirilgani har jihatdan inqilobiy ahamiyatga ega. Zero, yangiliklarni zudlik bilan jamoatchilik etiboriga yetkazish demokratik jamiyatning birlamchi shartlaridan hisoblanadi. Maruzada aytilganidek, endilikda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga organishi kerak.

Davlat xizmatchilari oldiga qoyilayotgan bu kabi vazifalar har qaysi rahbar xodimning zamon ozgarishlariga mutlaqo ozgacha yondashuvlari zarurligini taqozo etmoqda. Jamoatchilik bilan aloqa rahbar kadrlarning muloqot madaniyati, kerak bolsa, axborot madaniyati kozgusiga aylanmoqda.

Yana bir marta takrorlayman, — dedi davlatimiz rahbari, Ozbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq otkazishga yol qoyilmaydi.

Yuksak minbardan alohida takidlab aytilgan bu sozlar jamiyatimizda axborot oz tabiiy va qonuniy mavqeiga ega bolish yoliga otayotganidan dalolat sifatida uzoq olqishlarga sazovor boldi. Zero, axborotga munosabat ozgarishi muhitning, kayfiyatning ozgarishi, piravordida esa jamiyatning mutlaqo zamonaviy va mutaraqqiy yangilanishlarga yuz tutishi demakdir.

Togri, bu borada qilinadigan ishlar nihoyatda kop. Birinchi navbatda, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunchilikni zamon va davr talablari darajasiga kotarish, ularga muayyan zarur ozgarishlar kiritish talab etiladi. Qonun talablarining amaliy ijrosini taminlash ozini jurnalistman, matbuot xodimiman degan har bir qalamkash zimmasiga ulkan masuliyatlar yuklaydi. Sohada ozini ozi boshqarish tizimini yaratish va shu orqali matbuotni qudratli va tasirchan jamoatchilik nazoratchisiga aylantirishda bilim, tajriba, mahorat va har qachongidan uyushqoqlikni taqozo etadi. Soha jonkuyarlari bolmish jurnalistlar, tahririyat xodimlari, ijtimoiy tarmoqlarda faollik korsatayotgan qalam ahllari kasbimizga eng zamonaviy andozalar asosida yondashadigan davr keldi. Sozimizning qudrati xolisligi, ijodiy mahoratimiz samimiyligi bilan chinakam manodagi xalq etirofiga sazovor boladigan zamon keldi.

Xurshid DOSTMUHAMMAD,

adib.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: