O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
16.12.2019

DEMOKRATIK ISLOHOTLARNING HUQUQIY TAMALI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali anjumanda sozlagan nutqi mamlakatimiz va jahon ommaviy axborot vositalarida munosib sharhlanmoqda.

OAVda davlatimiz rahbari oz nutqida Ozbekiston keyingi 28 yil davomida bosib otgan goyat murakkab va sharafli yol hamda bugungi kunda keng kolamli islohotlarni samarali amalga oshirishda mamlakatning Asosiy Qonuni — Konstitutsiya asos va ilhom manbai bolayotganiga e’tibor qaratgani qayd etilmoqda.

Haqiqatan ham mamlakatimizda Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, inson huquqlarini taminlash hamda himoya qilish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning bosh huquqiy asosi Asosiy qonunimiz Konstitutsiyamizdir.

Asosiy Qonunimizning barcha bolim va moddalari mustaqil Vatanimizning milliy qadriyatlarini tiklashga, inson haq-huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga, milliy va diniy qadriyatlar hamda vijdon erkinligini taminlashga, oilada soglom va mustahkam muhitni taminlashga, xalqimizning asrlar davomida yaratgan boy manaviy va milliy-madaniy merosidan oqilona foydalanishini belgilab berishga, millatlar va elatlar, xalqlar ortasida ozaro hamkorlik va dostona munosabatlarni yaxshilashga va Konstitutsiyamizning pirovard maqsadi qilib qoyilgan boshqa ezgu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Maruzaning “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir” deb atalishining ozidayoq uning mazmun-mohiyati tola anglashiladi. Qayd etilganidek: Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega bolish, talim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, soz hamda etiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga kotardi.

Malumki, konstitutsionalizmning umumbashariy modelida erkinlikka eng ustuvor qadriyat sifatida qaralgan. Masalan, AQShning Mustaqillik deklaratsiyasida fuqarolik jamiyatining belgilovchi roli quyidagicha aks ettirilganini koramiz barcha insonlar yashash, erkinlik, mustaqillik, mulkka egalik, baxtli bolish va xavfsizlikka oid tabiiy huquqlarga egadirlar; xalq hokimiyat manbai va suverenitet unga tegishli, hukumat xalqning xizmatkoridir. Davlat hokimiyatining barcha organlari xalq manfaatlari yolida harakat qilishlari shart, agar ular xalq manfaatlarini poymol etsalar, ozlarining bevosita vazifalarini bajarmas hamda birinchi galda xalqning farovonligi haqida qaygurmas ekan, xalq uni saylovlar yoli bilan qayta tashkil etish huquqiga egadir.

Prezidentimiz oz nutqida ham aynan Konstitutsiyamiz asosiga qoyilgan umumbashariy konstitutsion normalarga ogishmay amal qilinishiga jiddiy etibor berish lozimligini uqtirib otdilar: Qonun ustuvorligi bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bolishi shart, deganidir... Shu boisdan ham barcha bogindagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro bolsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini togri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat azolari qatiy amal qilishi shart bolgan muhit yaratishimiz zarur. Takidlash lozimki, otgan 27 yillik tarixiy davrda Konstitutsiyamiz mamlakatimiz, xalqimiz hayotining barcha sohalarini tartibga solayotgan milliy huquqiy tizimimizning asosiy manbai bolib xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, ushbu hujjat keyingi uch yil ichida inson huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va himoya qilish kafolatlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bolgani va uning bu muhim tamoyillari hayotga ogishmay joriy qilinayotganini takidlash zarur. Zotan, qisqa vaqt ichida inson huquqlarini taminlash va huquq-tartibot sohasida yol qoyilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida etiborga molik ishlar amalga oshirildi, minglab insonlarning toptalgan taqdirlari va insoniy qadri-qimmati tiklandi.

Malumki, tarixda ijtimoiy ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining yuksalishi natijasida insoniyat faollashgan, miqdoriy jihatdan osgan, funksional jihatdan rang-baranglashgan va barqarorlashgan. Umumiy manfaat jamiyat azolarini boglab turuvchi kuchga aylangan.

Jamiyatimizda roy berayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid turli sohalarning vujudga kelishi, vatandoshlar faoliyatining rang-baranglashuvi va ijtimoiy munosabatlarning yangicha shakllari namoyon bolmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning turlichaligi hokimiyatga tobe bolmagan, balki uning bilan teng, oqilona davlat-xususiy mulkiy-moliyaviy munosabatlar ornatishni taqozo qiladi. Jamiyat hayotining malum bir bosqichida sheriklikning asosiy tamoyillari: xususiy sheriklikning davlat tomonidan tartibga solinishi, davlat-xususiy sherikligining taraflari, ularning huquq va majburiyatlari, davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish va tayyorlash, xususiy sherikni tanlash, xususiy sherik va kreditorning manfaatlarini himoya qilish, davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qollab-quvvatlash mexanizmlari ham shakllanadi. Konstitutsiyamizda kafolatlangan mulkiy va huquqiy tenglik davlat-xususiy sheriklik boyicha loyihalarini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Prezidentimiz oz maruzalarida bu xususda takidlaganlaridek, hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik boyicha loyihalarni amalga oshirish boshlandi. Ammo sogliqni saqlash, talim, transport, yol qurilishi, kommunal xojaligi kabi yonalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti. Davlat-xususiy sherikchilikning yangi-yangi shakllarini topish va uni sogliqni saqlash, talim, transport, yol qurilishi, kommunal xojaligi sohalarida amalda qollash boyicha barchamizning oldimizda ulkan vazifalar turibdi, jumladan, yuqorida aytib otilgan mulkichilik shaklida MTM, maktab va OTMlarni barpo etishdan chekinmaslik kerak. Shu orinda rivojlangan davlatlarda talim muassasalarining 30-40 foizi xususiy-davlat sherikchiligi asosida tashkil etilganini qayd etib otish joiz.

Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati ornatish va amalga oshirish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zaruriy shartlaridan biridir. Ayniqsa, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va texnologik jihatdan modernizatsiyalash, jamiyat hayotining barcha sohalarida liberallashtirish jarayonlarini jadallashtirish, qonunlar ijrosini taminlashda davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz takidlaganlaridek, Shuni aniq tushunib olish lozimki, jamoatchilik nazorati bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning ozini ozi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir. Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, talim, sogliqni saqlash, kommunal xojalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Yaqindagi qora sovuqlarda respublikamiz boyicha qisqa muddat ichida (Bosh prokuratura malumotlariga kora) 28 milliard somdan ziyod gaz-yoqilgi zaxiralarining talon-toroj qilinganligi jamoatchilik nazoratining har kunlik ehtiyojiga aylanib borayotganini korsatadi.

Har qanday jamiyatda ommaviy axborot vositalarining erkinligi kafolatlab qoyilgan bolsa, u oz navbatida, fuqarolarning axborot olish huquqi, erkin fikr bildirish huquqi, siyosiy plyuralizmning shakllanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bu masuliyat har qanday erkin matbuot jamiyat oldida masulligini har daqiqada his qilishi va jamoatchilikning nazorati ostida bolishini taqozo etadi. Hozirgi kunda elektron, bosma ommaviy axborot vositalaridan to ijtimoiy tarmoqlargacha nafaqat jamiyatni xabardor qilish, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasiga aylanib borayotgani va bu jamiyatimizda yuz berayotgan demokratiyalash va modernizatsiyalashning muhim korsatkichi sifatida ham ozligini namoyon qilmoqda. Binobarin, demokratik tamoyillar nuqtai nazaridan olib qaralganda ham soz erkinligi jamiyat azolari manfaatlarini himoya qilish hamda axborotning barcha qatlamlarga keng tarqalishida alohida orin tutishi kerak. Yurtboshimiz soz erkinligi masalasiga ushbu dasturiy nutqida ham keng toxtalgan: soz erkinligini taminlashga qaratilgan islohotlar otgan uch yilda jamiyatimiz hayotida tub burilish yasadi, albatta, bu bilan kifoyalanmaslik lozim, Prezidentimizning uqtirishlaricha ...ommaviy axborot vositalari qonuniylikni qaror toptirishda chinakam jamiyat kozgusiga aylanishi kerak.

Yurtboshimiz oz maruzasida fuqarolarning huquq va erkinliklari bilan birga, ularning burch va majburiyatlari xususida ham alohida toxtalgani bejizga emas. Malumki, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik juda keng tushunchalar bolib, ular bir necha omilni oz ichiga oladi. Jumladan, marifatli, huquqiy madaniyati yuksak inson qonunlarga itoatkor boladi, hamisha unga boysinadi va qonunlarga nisbatan hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan qoidalarga zid xatti-harakat qilmaydi, aksincha, boshqalarni ham shunga davat etadi. Ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro jamiyatda roy berayotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatda bolib, islohotlarga daxldorligini sezib, davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik masuliyatini his qilib yashaydi. Afsuski, hozirga qadar bu borada malum muammolar mavjud va ular sekinlik bilan bartaraf etilmoqda.Prezidentimizning maruzasida kuyunchaklik bilan qayd etilganidek, Yashirishning hojati yoq, oliy oquv yurtiga oqishga kirish, tadbirkorlikni boshlash uchun ruxsatnoma yoki litsenziya olish, soliq tolash kabi kop-kop kundalik hayotiy masalalarni hal etishda qonunni chetlab otish bizning sharoitimizda yomon bir odatga aylangan edi. Bu davr va bu illatlar orqada qolishi uchun esa Asosiy qonunimizda aniq belgilab qoyilgan. Fuqarolarning huquq va erkinliklari bilan birga, ularning burch va majburiyatlariga ham har birimiz qatiyan amal qilishimiz lozim.

Fikrlarimizni Prezidentimizning ushbu kotarinki ruhdagi jumlalari bilan yakunlashni istar edik: Ishonchim komil, biz mana shunday tinch va osoyishta hayotimizni qadrlab, ozaro hurmat va ahilligimizni asrab-avaylab, shukrona qilib yashasak, Yaratganimiz oz nematini xalqimizga yanada ziyoda qilib beradi.

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori, professor,

Juliboy ELTAZAROV,

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: