O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.12.2019

KATTAQORGON TUMANI: OZGARISh VA YaNGILANIShLARDAN ODAMLAR MAMNUN

Kattaqo‘rgon tumani hududidan oqib otadigan Qoradaryo va Oqdaryo boylaridagi ekin maydonlarida paxta, galla va boshqa turdagi qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Bu hududdagi mirishkor dehqonu sohibkorlarning gayrat-shijoati hamisha e’tirof etib kelinadi.

Tuman dalalariga bahor chogida tashrif buyursangiz, daraxtlari oppoq gullarga burkangan boladi. Yozu kuzda ular shigil mevalarini oftobda toblab jilolanadi. Kattaqorgonlik bobo-dehqonlar koklamu yozu kuzda ham, hatto qish faslida ham orom bilishmaydi. Bir qarasangiz ular ketmonini yelkasiga tashlab, dalasiga shoshilayotgan, gozasiga ishlov berayotgan, gallasini saranjomlayotgan, paxtasini terib olayotgan, yerini kelgusi yil hosili uchun tayyorlayotgan boladi.

Pishiqchilik vaqtida esa dehqonu sohibkorni atrofda bemalol yastanib yotgan mevazorlariga mamnun boqayotgan, hosilni yigishtirib olayotgan holda uchratasiz.

Xullas, Kattaqorgon dalalarida har faslning oz saxovati, odamlarining esa ajib xislatlari bor.

Tuman mehnatkashlarining mustaqillik davrida amalga oshirgan ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-marifiy sohalarda erishgan yutuqlari haqida koplab fikrlar bildirish mumkin. Biroq koplab qishloqlarda, hatto, tuman markazida etiborni tortadigan zamonaviy inshootlar, dam olish maskanlari, sport maydonlari va boshqa muassasalar sanoqli edi. Yollar ham tamirtalab bolib qolgandi. Bugun esa, bir paytlardagi eski, pastqam imoratlar ornini zamonaviy va shinam binolar egallamoqda. Yangi zamon talablariga mos maktablar, tibbiyot, maktabgacha talim muassasalari, mahalla markazlari, turli xizmat shoxobchalari qad rostlamoqda. Ayniqsa, tuman markazidagi ravon, keng yol, undagi tungi charogonlik, rang-barang nurlar kishiga zavq beradi.

Mustaqilikning dastlabki yillarida, hatto ikki minginchi yillar boshlarida ham bu yerda qoshma korxonalar barpo etish, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini jalb etish borasida biror bir ish qilinmagandi. Bugun esa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oshdi. Hattoki, xususiy korxonalar oz mahsulotlarini eksport qila boshladi.

Tuman aholisining asosiy mashguloti endi qishloq xojaligining bir necha sohalarigina emas. Bu hududda tadbirkorlikka keng yol ochilgani bois hunarmandchilik jadal rivojlandi, eng muhimi, aholi oz turmush farovonligini oz kuchi, aql-zakovoti bilan yaratish mumkinligiga amalda guvoh bolmoqda.

Pilla, galla, paxta, meva-sabzavot yetishtirish borasida tuman mehnatkashlari katta tajribaga ega. Bu sohalardagi belgilangan rejalar doimiy ortigi bilan bajarilib kelinayapti. Parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik sohalarida ham bir qator yutuqlarga erishilayapti. Qishloqlarda issiqxonalar kopaytirilib, qishda ham el dasturxoniga turli sabzavot, kokat va boshqa noz-nematlar yetkazib berilmoqda.

Jumladan, otgan yili tumanda 1886,3 tonna baliq yetishtirildi. Ayni paytda 82 ta baliqchilik fermer xojaligi faoliyat yuritmoqda. Ularga 436 gektar yer maydoni ajratilgan. Ana shu maydonning 332 gektarida havzalar yaratilgan. Bu havzalarda 4002 tonna baliq boqish rejalashtirilgan.

2019 yilda baliqchilik boyicha 9 ta loyiha amalga oshirildi. Tuman hokimining qarori bilan bu ishlar uchun 41 gektar yer ajratildi. Loyihalar tadbirkorlar va bank krediti hisobidan ishga tushirildi. Endilikda fermerlar bir necha baliq turini havzalarda parvarishlash ishini yolga qoyishgan.

Tumanda 18 gektar yer maydoni zamonaviy issiqxonalar barpo etishga bel boglagan tadbirkorlar ixtiyoriga berildi. Ishlab chiqilgan 7 million 329 ming dollarlik 5 ta loyiha ana shu maydonlarda joylashtirildi. Endilikda esa bu issiqxonalarda har yili ortacha 2000 tonna mahsulot yetishtiriladi. Ularda 110 ta yangi ish orni yaratilishini ham alohida takidlash orinli.

Zaynab BERDIYeVA,

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi, tumandagi 20-umumtalim maktabi direktori:

– Malumki, oqituvchining eng asosiy vazifasi talim sifatini yaxshilashdan iborat. Buning uchun esa pedagogning ozi bilimli, manaviyati yuksak, davr talabini yaxshi anglagan, tashabbuskor bolishi kerak. Davr bugun oqituvchidan tinimsiz izlanishni, bilim darajasini doimiy ravishda oshirib borishni taqozo qilmoqda. Sohada oqituvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilib berilgan bir paytda bu juda muhimdir.

2018 yilda maktabimiz uchun davlat dasturi asosida 120 orinli yangi zamonaviy bino quriladigan boldi. Buning uchun 1milliard 450 million som mablag ajratildi. Binoning poydevori qoyilayotgan bir paytda tumanimiz hokimi Azamxon Bahromov maktabimizga kelib, qurilish ishlari bilan tanishdi. Biz hokimga maktab faoliyati, yangi bino oquvchilarimiz uchun biroz torlik qilishi haqida gapirib berdik. Vaziyatni togri anglagan hokim maktab uchun quriladigan ushbu binoni imkon qadar kengaytirishga, buning uchun zarur bolgan qoshimcha xarajatlar mahalliy byudjet mablagi hisobidan qoplanishini aytdi. Hokimimizning bunday tashabbusini viloyat hokimi ham qollab-quvvatladi. Natijada mahalliy byudjetdan maktab qurilishiga yana 1,5 milliard som mablag ajratildi. Shu tariqa yangi zamonaviy, hamma sharoitlarga ega bolgan 340 orinli ikki qavatli bino qad rostladi.

Ayni paytda maktabimizda 655 nafar oquvchiga 45 nafar malakali oqituvchi talim-tarbiya bermoqda. Ahamiyatli jihati, maktabimizda barcha fanlar boyicha malakali oqituvchilarning yetarli ekanligidir.

Hamma talablarga javob beradigan 12x24 hajmdagi sport zaliga egamiz. U Bolalar sporti jamgarmasi mablagi hisobidan qurib berilgan edi. Shuningdek, maktabda bir necha yonalishda togaraklar ishlab turibdi. Ota-onalar takliflari asosida tashkil etilgan milliy kurash togaragi haqida alohida toxtalish lozim. Sababi, oquvchilarimiz sportning bu turi boyicha musobaqalarda muvaffaqiyat qozonmoqda. Ular yaqinda kurash boyicha viloyatda birinchilikni egallashdi. Hozir respublika bosqichida ishtirok etish uchun jiddiy tayyorgarlik korilmoqda.

Yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar oquvchilarimizning puxta bilim olishi, ularning tuman, viloyat miqyosidagi bir qator tadbirlarda, jumladan, fan olimpiadalarida goliblar safidan orin egallashlariga xizmat qilmoqda. 2018-2019-oquv yilida bilim dargohimizni bitirgan oquvchilarimizning 6 nafari respublikamiz oliy oquv yurtlari talabalariga aylandi.

Maryam NIYoZOVA,

"Kumush tola" xususiy korxonasi direktori, xalq deputatlari viloyat kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Ota-bobolarimiz ipak qurtini bejiz yetti xazinaning biri, deyishmagan. Pillachiliksiz toqimachilik sanoati rivojini tasavvur etish qiyin. Ipak mato toqimachiligi qadimiy soha. Asosiysi, Ozbekiston ipagiga ishtiyoqmand xorijlik xaridorlar soni yil sayin kopayib bormoqda.

Korxonamiz tomonidan bu yilgi pilla hisobidan hozirgacha 350 ming AQSh dollari miqdoridagi 14 tonna ipak momigi va 680 ming AQSh dollariga teng 17,9 tonna ipak tolasi Xitoy va Eron davlatlariga eksport qilindi.

Joriy yilda tumandagi 4626 xonadonda pilla yetishtirildi. Jami 338,7 tonna pilla xirmoni yaratildi. Ana shu xomashyoni tolaligicha oz korxonamizda qayta ishlash niyatidamiz. Bu esa shubhasiz, eksport salohiyatimizning yanada oshishi, ishchi-xizmatchilarimiz turmush tarzining farovonlashuviga xizmat qiladi.

Joriy yil boshida tumanda 369 gektar tutzor mavjud edi. Yil davomida yana 572 ming tup tut kochati ekildi. Kelgusi yilda esa yana 100 gektar tutzor barpo etishni rejalashtirganmiz. Bunday harakatlar sohani rivojlantirish borasida muhim orin tutadi, albatta.

Korxonamizda 100 dan ziyod ishchi zamonaviy dastgohlarda mehnat qiladi. Pilla mavsumida olingan xomashyoni ilgari boshqa respublikalarga jonatardik. Bugun esa uni toliq ozimizda qayta ishlayapmiz. Buning uchun yetarli imkoniyatga egamiz.

Yaqinda korxonamiz negizida sigimi 100 tonnali zamonaviy sovutgichli omborxona qurildi. Uning umumiy qiymati 780 million somni tashkil etdi. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi uchun zarur bolgan mablagni toligicha oz hisobimizdan sarfladik. Shu hisobdan 3 ta doimiy ish orni ochildi.

Olimjon XOJAMBERDIYeV, tuman tibbiyot birlashmasi boshligi, tibbiyot fanlari nomzodi:

Tuman aholisiga 330 orinli markaziy shifoxona, bir ish kunida 450 bemor qabul qilish quvvatiga ega bolgan kop tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 9 ta qishloq vrachlik punkti tibbiy xizmat korsatadi. Tibbiyot birlashmasi tizimidagi davolash profilaktika muassasalariga murojaat va qatnovlar elektron baza orqali amalga oshiriladi.

Kattaming va Moybuloq qishloq oilaviy poliklinikalarini kapital tamirlash uchun har biriga 600 million somdan mablag ajratilgandi. Lekin tuman hokimligi yordami bilan har bir muassasa uchun yana 100 million somdan qoshimcha mablag berildi. Natijada bu oilaviy poliklinikalar tamirlanibgina qolmay, toliq yangi jihozlar bilan taminlandi.

Suv hovuzi va Kattaming qishloq oilaviy poliklinikalari, Qirgiz, Qoradaryo, Yangiqorgoncha qishloq vrachlik punktlarida suv muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgandi. Yaqinda ana shu tibbiyot muassasalarida suv bilan taminlovchi quduqlar qazilib, mavjud muammolar hal etildi.

Moybuloq qishloq vrachlik punktida ham shunday muammoga chek qoyildi. Bu yerda 160 metr chuqurlikdan toza ichimlik suvi chiqarildi.

Suv hovuzi qishloq vrachlik punktiga qarashli Qorakolcha PAPida 70 million somlik, Zarafshon QVPsida 350 milion somlik joriy tamirlash ishlari yakunlandi. Choyanchi QVPda 24 million somlik zamonaviy issiqlik tizimi qaytadan tamirlandi, Oyjon QVPsida 40 million somlik tom qismi yopilib, 24 million somlik zamonaviy issiqlik tizimi qayta tamirlandi.

On yillardan buyon tibbiyot birlashmasining bolalar va terapiya bolimlarini qurish davlat dasturiga kiritilmay, “otangga bor, onangga bor” qabilida ish tutilayotgan edi. Tuman hokimligi say-harakati bilan bu bolimlar uchun Kadan qorgoni hududida 80 va 40 orinli yangi binolar barpo etildi. Buning uchun 4,5 milliard somlik ish bajarildi. Bolimlar 2 milliard somlik tibbiy jihozlar bilan taminlandi.

Tuguruq kompleksi, shoshilinch tibbiy yordam va bolimdagi jarrohlik stollari ham yangilandi.

Toshturdi ALQAROV,

tuman maktabgacha talim bolimining mudiri:

Tumanimiz qishloqlarida 2018 yilgacha 44 ta bolalar bogchasi mavjud edi. Bugun esa bunday talim muassasalari soni 58 taga yetdi. Ayni paytda davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy nodavlat talim muassasalari tashkil etish borasida ham bir qator ishlar olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 apreldagi Maktabgacha talim tizimini yanada ragbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi hamda 2018 yil 30 iyuldagi Oilaviy nodavlat maktabgacha talim muassasalarini tashkil etish togrisidagi qarorlari ijrosini taminlash borasidagi say-harakatlar qishloqlarimizdagi maktabgacha talim muassasalarining yanada kopayishiga, mavjudlarida esa kichkintoylar uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Joriy yil boshida Mittijon nomli 50 orinlik xususiy va yana bir 50 orinli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTT ishga tushirildi.

Nodavlat (xususiy) maktabgacha talim muassasasi tashkil etish istagida bolgan tadbirkor Ikrom Usmonov tomonidan otgan yilning oxirida Mirzo Ulugbek mahalla fuqarolar yigini hududida 50 orinli bogcha qurilishi, qiymati 1 milliard som bolgan MTT binosida bunyodkorlik ishlari qisqa muddatda nihoyasiga yetkazildi. Yaqinda Mittijon deb nomlangan ushbu bolajonlar maskanining tantanali ochilish marosimi bolib otdi. Unda tumanimiz hokimi Azamxon Bahromov, ishtirok etib, maktabgacha talim muassasalarini bunyod etish izchil davom etishini aytdi.

Darhaqiqat, bunday ishlarni davom ettirish hayot talabi, mamlakatimiz siyosatining bugungi talabi. Kattaqorgon tumanida boshqa sohalarda ham qilinadigan ishlar oz emas. Eng muhimi odamlar tumandagi bugungi ozgarish va yangilanishlardan mamnun, ertangi kundan umidlari yanada katta.

Abdurasul SATTOROV,

Jahongir SAFAROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: