O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.01.2013

MASULIYAT VA FAOLLIK

susaygan joyda xalq ishonchini qozonib bo‘lmaydi

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida siyosiy partiyalarning ishtiroki va orni tobora kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan goyalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilayotgani, siyosiy partiyalarning oz dasturiy maqsadlarini amalga oshirishdagi faolligi ortishiga xizmat qilmoqda.

Buni Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2011-2014 yillarga moljallangan Harakat dasturi misolida ham korish mumkin. Unda partiya elektorati manfaatlariga daxldor vazifalardan tortib, mamlakat miqyosidagi muhim ijtimoiy masalalargacha qamrab olingan.

Harakat dasturiga kora, Quva tumanidagi «Kasb hunar kollejlari bitiruvchilarining egallagan mutaxassisliklari boyicha ishga joylashtirish» masalasini chuqur organish vazifasi tuman partiya kengashi hamda uning deputatlik guruhi zimmasiga yuklatilgan edi.

— Biz dastlab ishchi guruhi tuzib, unga partiya faollarini jalb etdik va bu boradagi yutuq hamda kamchiliklarni aniqladik, ularni deputatlik guruhida muhokama qildik, deydi OzXDP Quva tuman kengashi raisi Shoira Nazirova. Masala jiddiy edi. Yuzaga kelgan ayrim muammolarni xalq deputatlari tuman Kengashi vakolati doirasida hal qilish zarur, degan xulosaga keldik. Shundan song Ijtimoiy madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasining yigilishi kun tartibiga aynan shu masalani kiritdik.

Shuni aytish kerakki, OzXDP Quva tuman kengashi va uning deputatlik guruhi ilgari ham dolzarb masalalarni xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi, doimiy komissiyalari yigilishlari kun tartibiga kiritgan, muammolar yechimiga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilinishiga erishgan. Bu gal ham shunday boldi. Doimiy komissiya yigilishida deputatlik guruhi toliq tarkib bilan ishtirok etdi. Guruh rahbari deputat Sh.Jorayev axborot berar ekan, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda korxona, tashkilot, muassasalar bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomalar ijrosidagi ijobiy tajribani qollab-quvvatlab, hali bir qator kamchiliklar ham borligini aytdi. Jumladan, ayrim korxona, tashkilotlarda masalan, Quva Markaziy MTP, elektr tarmoqlari idorasida rejalashtirilgan ishchi orinlari yaratilmagani, bir necha tashkilotlarda uch tomonlama shartnomalar tuzish tugallanmagani kabi sabablar tufayli hali bitiruvchilarning 13,5 foizi ishga joylashtirilmagani haqida tahliliy axborot berdi. Quva don mahsulotlari korxonasida 10 nafar bitiruvchini shartnoma asosida ishga qabul qilish buyruqlari bolsa-da, ularning 8 nafari ish orni va ish haqi bilan ta’minlanmagan. Yoki tumandagi Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining bank ishi yonalishi boyicha 30 nafar, moliya yonalishi boyicha 60 nafar bitiruvchisiga tumanda ish orni yoqligi tufayli ularni boshqa kasblarga qoshimcha oqitish zarurati tugilgan.

Deputatlik guruhi azolari ishchi orni yaratishdagi kozboyamachilikka yol qoygan korxona rahbarlariga nisbatan murosasiz munosabat bildirdilar.

Doimiy komissiya yigilishida OzXDP deputatlik guruhi aniqlagan kamchiliklar birma-bir muhokama qilinib, har bir holat boyicha masala yechimini taminlashga qaratilgan va unga masul shaxslar biriktirilgan qaror qabul qilindi.

Biz ozimiz ham deputatlik guruhi naqadar katta tasirchan kuchga egaligini amalda his qildik, deydi guruh rahbari Sh.Jorayev. Agar tuman partiya kengashi, deputatlik guruhi, boshlangich tashkilotlar, partiya faollari birlashib harakat qilsak, haqiqatdan ham katta kuch va keng imkoniyatga ega bolamiz.

Shunday qilib OzXDP Markaziy Kengashi Harakat dasturidagi birgina vazifaning sidqidildan bajarilishi elektoratimizning qanchadan-qancha vakillari hayotiga bevosita tasir korsatdi. Ogil-qizlari ishli bolgan ota-onalar ham, muammoga daxldor tashkilot, korxona, muassasalar ham OzXDPning jamiyatda tasir kuchi oshib borayotganini etirof etmoqda.

Ammo Fargona viloyatining barcha shahar va tuman partiya kengashlari, deputatlik guruhlari ham Harakat dasturi ijrosiga birdek yondashyapti, deb bolmaydi. Aslida viloyat partiya tashkilotlari Harakat dasturi doirasida 15 ta masalani organishi kerak edi. Yil davomida uning 10 tasi boyicha muayyan ishlar olib borildi. Bogdod, Beshariq, Ozbekiston, Fargona, Uchkoprik tuman partiya tashkilotlari belgilangan vazifalar ijrosini toliq taminlamadi.

Hayotimiz har kuni yangilanib borayapti. Bunday sharoitda tizimli ishlash, zimmaga olgan vazifalarni vijdonan bajarib, yangilanishlar jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni oz vaqtida aniqlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish zarur. Bu borada yaxshi tajriba toplagan partiya tashkilotlari oz emas. Ularning tajribasini ommalashtirib, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar hayotiga bevosita tasir korsatadigan tashabbuslarni ilgari surish talab etilmoqda. Bugungi loqaydlik, nomigagina faoliyat yuritish ornini ertaga hech narsa bilan toldirib bolmaydi.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: